12.5. Pul oqimi to’g’risidagi hisobotni tuzish va uni to’ldirish
Pul oqimi to’g’risidagi hisobot ma’lum bir hisobot davrida korxonaning pul
mablag’lari holatiga operatsion, investitsiya va moliyaviy faoliyati ta’sirini aks
ettiradi va shu davr ichida pul mablag’lari o’zgarishini ko’rsatadi.
Pul oqimi to’g’risidagi hisobot ma’lumotlaridan foydalanish quyidagi
imkoniyatlarni beradi:
-
korxonaning pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarini ishlab topish
qobiliyatini, shuningdek shunga o’xshagan pul mablag’laridan foydalanishda
korxona ehtiyojini baholash;
-
korxonaning sof aktividagi o’zgarishlarni, moliyaviy tarkibi va uning
o’zgaruvchan vaziyat hamda imkoniyatlarga moslashish maqsadida pul
oqimlarining summalari, shuningdek, o’z vaqtida tushishiga ta’sir etish
qobiliyatini baholash;
-
turli korxonalarning operatsion faoliyati to’g’risidagi hisobotni taqqoslash.
Chunki bu xo’jalik faoliyatining bir xil muomala va vaqealari uchun buxgalteriya
hisobining turli usullaridan foydalanish oqibotlarini bartaraf etadi.
Pul oqimi to’g’risidagi hisobotda pul mablag’lari oqimi quyidagi faoliyatlar
bo’yicha tasniflanadi: operatsion faoliyati; investitsion faoliyati va moliyaviy
faoliyati.
Operatsion faoliyatidan olinadigan pul mablag’lari hajmi korxona faoliyati
samarasining hal etuvchi ko’rsatkichi hisoblanadi. Chunki u tashqi moliyalash
445
manbalarisiz ssudalarni qaytarish, mehnat unumdorlik darajasini saqlash,
dividendlar to’lash va yangi kapital qo’yilmalarni amalga oshirish imkoniyatini
beradi.
Operatsion faoliyatidan bo’lgan pul mablag’lari harakati birinchi navbatda
daromad olish bo’yicha asosiy faoliyat natijasi hisoblanadi.
Investitsion faoliyat – bu pul ekvivalentiga kirmaydigan uzoq muddatli
aktivlar va boshqa investitsiyalarni sotib olish va sotish, qaytariladigan kreditlarni
berish va olish. Bularga bino, asbob – uskuna, nomoddiy va boshqa aktivlarni
sotish va sotib olish, aksiya yoki boshqa qarz majburiyatlarini sotishdan tushgan
tushum va boshqa korxonalarning aksiyalari va qarz majburiyatlarini sotib olish,
fyuchers, forvard, opsion va svop – shartnoma bo’yicha tushumlar va ular
bo’yicha to’lovlar kiradi. Fyuchers shartnoma – ma’lum miqdordagi moliyaviy
instrumentlarni yoki belgilangan miqdordagi tovarni erkin savdo birjasida
kelishilgan narxda oldi – sotdi to’g’risidagi shartnoma.
Forvard kontrakti – tovar yoki moliyaviy instrumentlarni kelajakda jo’natish
va hisob – kitob qilish bo’yicha oldi – sotdi to’g’risidagi bitim.
Opsion kontrakt (mukofatli bitim) – bu ma’lum miqdordagi moliyaviy
instrumentlar yoki tovarlarni kelishilgan muddat ichida belgilangan miqdorda
mukofat to’lash evaziga qayd etilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi.
Moliyaviy faoliyat – bu shunday faoliyat turiki, uning natijasida korxonaning
xususiy kapitali va qarzlari hajmi va tuzilishida o’zgarish hosil bo’ladi. Quyidagi
pul mablag’larining harakati bunga misol bo’ladi:
Pul mablag’larini tushumi
Pul mablag’larining chiqimi
Aksiyalar
chiqarishdan
olinadigan tushumlar
Хususiy aksiyalarni sotib olish bo’yicha
to’lanmalar
Qarzga
olingan
mablag’lar Qarzlarning qaytarilishi
446
tushumi
Aksionerlarga dividendlar to’lash va
kapitalning
boshqa
ko’rinishdagi
taqsimlanishi
Moliyalashtiriladigan ijara bilan bog’liq
bo’lgan majburiyatlar bo’yicha to’lovlar
Pul oqimlari to’grisidagi hisobotda quyidagi moddalar o’z aksini topadi:
«Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan kelib tushgan pul mablag’lari»
(010–satr.) moddasida yuklab yuborilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) lar uchun
hisobot davrida korxonaning bankdagi hisob – kitob schyotiga va kassasiga
tushgan mablag’lar ko’rsatiladi.
«Material, tovar va xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to’langan pul
mablag’lari» (020-satr.)moddasida uzoq muddatli aktivlarni sotib olish uchun
to’lanmalardan tashqari, materiallar, tovarlar, ish va xizmatlar uchun mol yetkazib
beruvchilarga to’langan pul mablag’lari summasi ko’rsatiladi
«Хodimlarga va ular nomidan to’langan pul mablag’lari» (030–satr.)
moddasida pul mablag’larining quyidagi maqsadlar uchun sarflanishi ko’rsatiladi:
xodimlarga to’langan mehnat haqi, mukofotlar, maqsadli davlat fondlariga
to’lanmalar, budjetga daromad solig’i to’lash; kasaba uyushmasiga ajratmalar,
aliment to’lovlari, turar joy fondiga to’lovlar, xodimlarga berilgan bank kreditlari
bo’yicha to’lovlar va shunga o’xshagan xodimlarga va xodimlar nomidan
kassadan va bankdagi schyotlardan to’lanadigan boshqa pul mablag’lari aks
ettiriladi.
«Operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to’lovlari» (040-satr.)
moddasining «chiqim» degan xonasida olingan royalti, turli rag’batlantirishlar va
boshqa daromadlar, savdo korxonalari bilan tuziladigan bitimlar bo’yicha olingan
komission yig’imlar aks ettiriladi.
447
«Jami operatsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi» (050-satr.) modd. Plus,
minus, alomatlariga qarab 010,020,030,040-satrlar yig’indisi ko’rsatiladi.
«Asosiy vositalarni sotib olish va sotish» (060-satr.) moddasining «Kirim»
ustunida turli asosiy vositalarni sotishdan tushgan mablag’lar summasi, «Chiqim»
ustunida mol yetkazib beruvchilarga xarid qilingan asosiy vositalar uchun
to’langan summa ko’rsatiladi.
«Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish» (070-satr.) moddasining
«Chiqim» ustunida mol yetkazib beruvchilarga xarid qilingan nomoddiy aktivlar
uchun to’langan summasi, «Kirim» ustunida nomoddiy aktivlarni sotishdan
tushgan mablag’lar summasi ko’rsatiladi.
Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish va sotish» (080-satr.)
moddasining «Chiqim» ustunida birjada to’langan komission xarajatlar va foizlar
qo’shilgan holda qimmatli qog’ozlar va boshqa investitsiya instrumentlarini sotib
olish uchun to’langan pul mablag’lari summasi, «Kirim» ustunida qimmatli
qog’ozlar va boshqa investitsiya instrumentlarini sotishdan tushgan pul
mablag’lari aks ettiriladi.
«Investitsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to’lovlari» (090-satr.)
moddasining «Chiqim» ustunida boshqa investitsion faoliyat bo’yicha to’langan
summa, «Kirim» ustunida – olingan pul mablag’lari ko’rsatiladi.
«Jami investitsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi» (100-satr.) moddasida
060, 070, 080, 090-satrlarning plus bilan yozilgan summalarini jamlab «Kirim»
ustunida, minus bilan yozilgan summalarini jamlab «Chiqim» ustunida
ko’rsatiladi.
«Olingan va to’langan foizlar» (110-satr.) moddasining «Kirim» ustunida
olingan, «Chiqim» ustunida to’langan foizlar summasi ko’rsatiladi.
«Olingan va to’langan dividendlar» (120-satr.) moddasining «Kirim»
ustunida olingan, «Chiqim» ustunida to’langan dividendlar summasi aks ettiriladi.
448
Aksiyalarni chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bog’liq boshqa
instrumayentlardan kelgan pul tushumlari» (130-satr.) moddasida xususiy kapital
bilan bog’liq hisobot davrida chiqarilgan (sotilgan) aksiyalar yoki boshqa
instrumentlar bo’yicha aksionerlardan tushgan pul mablag’lari summasi aks
ettiriladi.
«Хususiy aksiyalar sotib olingandagi pul to’lovlari» (140-satr.) moddasida
keyinchalik tarqatish yoki bekor qilish uchun korxonada turgan xususiy aksiyalar
bo’yicha egalariga to’langan pul mablag’lari summasi ko’rsatiladi
«Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar bo’yicha pul tushumlari va
to’lovlari» (150-satr.) moddasining «Kirim» ustunida hisobot davrida tushgan
kreditlar va qarzlar, «Chiqim» ustunida to’langan kreditlar va qarzlar ko’rsatiladi.
«Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo’yicha pul tushumlari va
to’lovlari» (160-satr.) moddasining «Chiqim» ustunida ijara (lizing) ga beruvchiga
to’langan summa, «Kirim» ustunida – ijara (lizing) ga oluvchidan tushgan pul
mablag’lari summasi ko’rsatiladi
«Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va to’lovlari» (170-satr.)
moddasining «Chiqim» ustunida boshqa moliyaviy faoliyat bo’yicha to’langan,
«Kirim» ustunida olingan pul mablag’lari ko’rsatiladi
«Jami: moliyaviy faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi» (180-satr.) moddasida
110, 120, 130, 140, 150, 160, 170-satrlarning plyus bilan yozilgan summalarini
jamlab «Kirim» ustunida, minus bilan yozilgan summalarini jamlab «Chiqim»
ustunida ko’rsatiladi.
«Тo’langan daromad (foyda) solig’i» (190-satr.) moddasida to’langan
daromad (foyda) solig’i summasi ko’rsatiladi.
«Тo’langan boshqa soliqlar» (200-satr.) moddasida daromad (foyda)
soliYoidan tashqari to’langan soliqlar, boj to’lovlari va ularga tenglashtirilgan
yig’im va ajratmalar summasi ko’rsatiladi.
449
«Jami to’langan soliqlar» (210-satr.) moddasida 190 va 200 satrlar summasi
aks ettiriladi.
«Jami moliyaviy–xo’jalik faoliyatining sof pul kirimi/chiqimi» (220-satr.)
moddasida 050, 100, 180, 210-satrlarning plyus bilan yozilgan summalarini
jamlab «Kirim» ustunida, minus bilan yozilgan summalarini jamlab «Chiqim»
ustunida ko’rsatiladi.
«Yil boshidagi pul mablag’lari» (230-satr.) moddasida korxona balansining
320-satr 3-ustunida ko’rsatilgan pul mablag’larini hisobga oladigan (5000, 5100,
5200, 5500, 5600, 5700) schyotlarning qoldiq summalari aks ettiriladi.
«Yil oxiridagi pul mablag’lari» (240-satr.) moddasida korxona balanstning
320-satr 4-ustunida ko’rsatilgan pul mablag’larini hisobga oladigan (5000, 5100,
5200, 5500, 5600, 5700) schyotlarining qoldiq summalari aks ettiriladi.
«Chet el valutasidagi pul mablag’larining harakati to’g’risida ma’lumot»
bo’limida hisobot davrida korxonaning valuta mablag’larini harakati ko’rsatiladi.
Valuta mablag’lari muomalalar sodir bo’lgan paytda, valuta mablag’larining
qoldiqlari esa hisobot davrining oxirgi sanasiga O’zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining belgilagan kursi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi milliy
valutasida aks ettiriladi.
«Yil boshiga qoldiq» (250-satr) moddasida korxonaning valuta schyoti va
kassasida hisobot davri boshiga qolgan valuta mablag’lari ko’rsatiladi.
«Jami valuta mablag’larining tushumi» (260-satr) moddasida 261, 262, 263,
264-satrlarda ko’rsatilgan valuta mablag’larining hisobot davridagi umumiy
tushumi aks ettiriladi.
«Jami sarflangan valuta mablag’lari» (270-satr) moddasida 271 dan273-gacha
satrlarda ko’rsatilgan korxona tomonidan turli maqsadlarga sarflangan valuta
mablag’larining umumiy summasi aks ettiriladi.
450
«Yil oxiridagi qoldiq» (280-satr) moddasida 250+260-270 satrlarning
ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadigan hisobot yili oxiriga qolgan korxonaning
valuta schyotlarida va kassasida turgan valuta mablag’lari summasi aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: |