Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Sof aylanma mablag’lar yoki kapital = Aylanma aktivlar - Qisqa



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

Sof aylanma mablag’lar yoki kapital = Aylanma aktivlar - Qisqa 
muddatli majburiyatlar

Sof aylanma mablag’lar yoki kapital hajmi korxona tomonidan o’z qarzini 
to’lagandan so’ng uning potensial rivojlanish qobilyatini ta’riflaydi. Sof aylanma 
mablag’lari yoki kapitalining koeffitsiyenti quyidagicha topiladi: 
Sof aylanma = Mahsulot ishlab chiqarish / Sof aylanma kapital 
Bu koeffitsiyent bir so’mlik sof aylanma kapitaliga necha pullik hali ishlab 
chiqarishga sarflanmagan moddiy zahiralar to’g’ri kelishini ta’riflaydi. Bunday 
ma’lumotlarga asosan korxona menedjerlari korxona holatini rivojlantirish 
bo’yicha tegishli qarorlarni qabul qilishadi. 
Balans ma’lumotlaridan foydalanadigan tashqi qiziquvchilar uchun korxona 
kapitalining tuzilishi ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. 
Kapitalning tuzilishi ko’rsatkichlari korxonaga uzoq muddatli qo’yilmalar 
qo’ygan investorlar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish darajasini 
ta’riflaydi. Ular korxonaning uzoq muddatli qarzlarini to’lash qobiliyatini aks 
ettiradi. 
Mulk koeffitsiyenti (yoki xususiy kapitalni konsentratsiyalash koeffitsiyenti) 
quyidagicha topiladi: 
Mk = Xususiy kapital / Aktivlarning o’rtacha yillik qiymati 
Bu koeffitsiyent bir birlikka teng yoki undan ortiq bo’lishi mumkin. U 
korxona egalarining korxonaga qo’yilgan mablag’lari umumiy summasidagi 
ulushini ko’rsatadi. Korxona egalarining ulushi qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik 


442 
korxona moliyaviy barqaror, iqtisodiy mustahkam bo’ladi va tashqi kreditorlarga 
qaram bo’lmaydi. 
Korxonaning moliyaviy qaramlik (Kmq) koeffitsiyenti quyidagicha 
aniqlanadi: 
Kmq = Qarz kapitali / Xususiy kapital 
 
Ushbu koeffitsiyent 0,5 dan kam bo’lishi, lekin ko’p bo’lsa, 1 dan oshmasligi 
kerak. Bu korxonani tashqi qarz beruvchilardan moliyaviy qaramligini ta’riflaydi 
va uning o’sish dinamikasi korxonani moliyalashtirishda qarzga olingan 
mablag’lar ulushini ko’payib borayotganini ko’rsatadi. 
 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin