Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

12-BOB. MOLIYAVIY HISOBOT 
12.1. Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi 
Moliyaviy hisobot – xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot (ish 
va xizmat) lar sotish natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, u 
subyektning moliyaviy -xo’jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik) 
ga qiymat ko’rinishida aks etishidir. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot (ish va 
xizmat) lar, ishlab chiqarish xarajatlari, xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil 
topish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish hamda dividendlar 
to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. 
Hisobot ma’lumotlari bo’yicha korxona rahbari mulkdorlar, ta’sischilar, 
boshqaruv va nazorat tizimi, yuqori tashkilotlar oldida hisobot beradilar. 
Birinchi navbatda shuni aytish joizki, korxonalar majburiy tartibda quyidagi 
foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi: ta’sis hujjatlariga binoan 
mulkdorlarga; 
davlat 
soliq 
inspeksiyasiga; 
O’zbekiston 
Respublikasi 
qonunchiligiga binoan korxona faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish va 
tegishli hisobotni olish vazifalari yuklatilgan boshqa davlat organlariga. Amaldagi 
qonunga binoan:
51

barcha korxona va muassasalar uchun 1- yanvardan 31- dekabrgacha 
bo’lgan davr hisobot yili hisoblanadi;

yangi tashkil etilgan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili 
bo’lib, ular yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan shu yilning 31- dekabrigacha 
bo’lgan davr hisoblanadi. 1- oktabrdan keyin tashkil etilgan korxonalar uchun 
ularning yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan keyingi yilning 31- dekabrigacha 
bo’lgan davrni birinchi hisobot yili deb hisoblashga ruxsat beriladi; 

korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini O’zbekiston 
Respublikasi moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar. 
51
Ўзбекистон Республикасининг «Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида»ги Қонуни. 1996й. 


436 
Hisobot rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va korxonaning 
xo’jalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to’g’risidagi yillik 
buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lib matbulotda e’lon 
etilishi mumkin. E’lon qilingan hisobotning to’g’riligi mustaqil auditorlik 
tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi. 
Korxonaning 
yillik 
buxgalteriya 
hisoboti 
tegishli 
tashkilotlarga 
topshirilishidan oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va 
tasdiqlanadi. Qonunga muvofiq yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish 
nazarda tutilgan: 
1- «Korxona balansi»; 
2- «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»; 
3- «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»; 
4- «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»; 
5- «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot». 
Ushbu hisobotlarga qo’shimcha holda «Debitorlik va kreditorlik qarzlari 
to’g’risida ma’lumot» ham topshiriladi.
52
Shuningdek, hisobot shakllariga izohlar, 
hisob – kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi.
Balans chorak va yillik hisobot tarkibiga kiritiladi. Bu «netto» nomli balans 
bo’lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to’g’risida axborot 
beradi, chunki mulkning qiymati jami ko’rsatkichga quyidagi moddalar bo’yicha 
eskirishini chiqarib tashlab ko’rsatiladi: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va 
boshqalar, foyda summasi esa, jamiga faqat hisobot davrida taqsimlanmagan 
foyda hajmiga qo’shiladi. Lekin xo’jalik faoliyatini tahlil etish maqsadida 
balansda quyidagi ko’rsatkichlar saqlanib qolgan: dastlabki qiymat va ularning 
eskirishi, olingan foyda. 
Shu’ba korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega bo’lgan korxonalar 
konsolidallashgan moliyaviy hisobot tuzadi. Shu’ba korxonalarga qo’yilgan 
52
Ўз.Р. молия вазирлигининг 140-сонли буйруғи 2002 йил 27 декабрдаги 


437 
qo’yilmalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy qo’yilmalari 
sifatida aks ettiriladi. 
Yuridik shaxslar o’zlarining filiallari, vakilliklari va boshqa strukturoviy 
bo’linmalarini mustaqil balansga ajratishi mumkin, lekin ularning balansi va 
boshqa hisobot shakllari tegishli yuridik shaxsning konsolidallashgan hisobotiga 
albatta qo’shiladi. 
Konsolidallashgan hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti ilova 
qilinadi. Konsolidallashgan hisobot 8 –sonli milliy standartga binoan tuziladi.
53
Lekin vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlari bo’yicha tuziladigan yig’ma 
moliyaviy hisobotlar bundan mustasno. 
Yillik moliyaviy hisobot quyidagi hajmida topshiriladi: 

buxgalteriya balansi (1-shakl); 

moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl); 

asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot (3-shakl); 

pul oqimlari to’g’risida hisobot (4-shakl); 

xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl); 

debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli). 
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat quyidagi shakllardan iborat bo’lgan 
yillik moliyaviy hisobot topshiradi: 
a) buxgalteriya balansi (1-shakl); 
b) moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl); 
ye) debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli). 
Хo’jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi 
banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq hisoblanadi. 
Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlar, sug’urta kompaniyalar, banklar, fond va 
tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy muassasalar, hisobotda 
keltirilgan ma’lumotlar to’g’riligini auditorlar tomonidan tasdiqlangandan so’ng, 
53
Консолидаллашган ҳисобот 8 –сонли миллий стандартга


438 
yillik moliyaviy hisobotini hisobot yilidan keyingi yilning birinchi mayigacha 
albatta matbuotda e’lon qilinishi kerak. 
Хo’jalik yurituvchi subyekt tugatilganda tugatish bo’yicha moliyaviy hisobot 
tuzadi. Korxonani tugatilishi bo’yicha muomalalarning buxgalteriya hisobi, 
tugatish balansi va hisobotini tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash ishlari tugatish 
komissiyasiga yuklatiladi. Shubhasizsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga 
qo’shilmaydi. 
Тugatish balansida majburiyatlar ularning qaytarish vaqtiga hisoblangan 
foizlar bilan birga aks ettiriladi. Korxona balansining aktiv va majburiyat 
moddalari sinchiklab o’tkazilgan inventarizatsiya bilan asoslanishi kerak. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin