2.3.Хo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar
Har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida
ko’plab xo’jalik operatsiyalarini sodir etadi. Barcha xilma-xil xo’jalik
operatsiyalarining soni ikki mingga yaqin bo’lishi mumkin. Bu xo’jalik
operatsiyalarining har biri sodir bo’lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari
summalarini o’zgartirib yuboradi. Lekin bu xo’jaklik operatsiyalari balansga faqat
to’rt xil yo’l bilan ta’sir etadi.
Birinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari borki, ular balansning faqat
aktiviga ta’sir etadi. Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko’payib,
ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy
summasi o’zgarmaydi.
83
Ikkinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning
faqat passiviga ta’sir qilib, passivda bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda
summasi ayni shu summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy summasi
o’zgarmaydi.
Uchinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning
aktiviga va passiviga ham ta’sir etib, ular summasini ko’paytirib yuboradi.
Тo’rtinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning
aktiviga ham passiviga ham ta’sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi.
Balansga ta’sir qiladigan bunday o’zgarishlarni misollarda keltiramiz.
Buxgalteriya balansi hisobot davrining I - kuniga tuziladi. Хo’jalik
faoliyatiny amalga oshirishda xo’jalik mablag’lari tarkibi va hajmi sodir
bo’layotgan operatsiyalar ta’sirida uzluksiz o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar
balansga, albatta, ta’sir etadi. Faraz qilaylik, hisobot davrining boshiga korxona
balansi quyidagicha bo’lgan: BALANS
Aktiv
Passiv
Mablag’lar turi va ularning
joylanishi
Summa Mablag’lar manbai va ularning
tayinlanishi
Summa
Asosiy vositalar
350000 Ustav kapitali
400000
Хom-ashyo va materiallar
100000 Foyda
30000
Kassa
100 Bank kreditlari
20000
Hisob-kitob schyoti
49900 Mol yetkazib beruvchi va
pudratchilar
bilan
hisoblashishlar
50000
JAMI
500000 JAMI
500000
Misolni ko’rib chiqayotganda korxona mablag’lari xo’jalik operatsiyalarida
qatnashayotganda, o’zgarmasdan qolmasligiga e’tibor beramiz; keyinchalik ular
yangi xususiyatga ega bo’ladilar yoki bir shakldan ikkinchi shaklga o’tadilar.
84
Shuning uchun davr boshiga ko’rsatilgan dastlabki xolati katta o’zgarishlarga duch
keladi. Lekin bunda mablag’lar turining umumiy summasi bilan ularning
manbalarining umumiy qiymati o’rtasidagi tenglik hech qachon buzilmaydi.
Birinchi operatsiya. Kassadan korxona xodimlariga hisobdorlik shartlari bilan
60 so’m berildi. Pul berilgandan keyin «Kassa» moddasidagi summa 60 so’mga
kamayadi va 40 (100-60) so’mni tashkil qiladi. Shu bilan bir vaqtda pullarning
hisobdorlik shartlari bilan berilishi hisobdor shaxsning ushbu korxonaga qarzining
paydo bo’lishiga olib keladi.
Demak, balans aktivida hisobdor shaxsning korxonaga bo’lgan 60 so’mlik
qarzi aks ettiriladigan «Debitorlar» moddasi paydo bo’ladi. Bunda ushbu
operatsiya ta’sir etgan har ikkala balans moddasi ham aktivdir. Mazkur xodisadan
mablag’lar aktivining bir moddasidan ikkinchisiga o’tipshgina sodir bo’ldi.
Aktivning jami o’zgarmaydi va aktiv hamda passiv summalar o’rtasidagi tenglik
saqlanib qoladi. Birinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko’rinishga ega
bo’ladi:
BALANS (birinchi operatsiyadan keyin)
Aktiv
Passiv
Mablag’lar turi va
ularning joylanishi
Summa Mablag’lar manbai va ularning
tayinlanishi
Summ
a
Asosiy vositalar
350000 Ustav kapitali
400000
Хom ashyo va materiallar 100000 Foyda
30000
Kassa
40
Bank krelitlari
20000
Hisob-kitob schyoti
49900 Mol
yetkazib
beruvchi
va
pudratchilar bilan hisoblashishlar
50000
Debitorlar
60
JAMI
500000 JAMI
500000
85
Ikkinchi operatsiya. Sof foydaning bir qismi (10000 so’m) hisobidan korxona
ishining natijalarini yakunlashda qabul qilingan qarorga binoan zaxira kapitali
tashkil etilgan.
Mazkur operatsiya korxonaning taqsimlanmagan foydasini 10000 so’mga
kamaytiradi, lekin balansda yangi modda paydo bo’ladi: xuddi shu summaga
zaxira kapitali ko’payadi. Demak, endi foyda miqdori 20000 (30000-10000)
so’mni, zaxira fondi esa 10000 so’mni tashkil qiladi.
Ikkinchi operatsiya natijasida faqat mablag’lar manbaio’zgaradi. Bir manba
(foyda)ning kamayishi hisobiga boshqa (zaxira fondi) manba paydo bo’ladi. Bu
operatsiya faqat passiv moddalarga tegishlidir. Bunda passivning jami summasi
o’zgarmaydi. Demak, aktiv va passiv summalaridagi tenglik ham buzilmaydi.(
BALANS (ikkinchi operatsiyadan keyin)ga qarang)
Uchinchi operatsiya. Mol yetkazib beruvchilardan sotib olingan 25000
so’mlik materiallar korxonaga kelib tushdi, lekin puli to’lanmadi. Mazkur
operatsiya, birinchidan, materiallarning miqdori ko’payishiga olib keladi. Demak,
balansning «Хom ashyo va materiallar» moddasi 25000 so’mga oshadi.
Ikkinchidan,
BALANS (ikkinchi operatsiyadan keyin)
Aktiv
Passiv
Mablag’lar turi va ularning
joylanishi
Summa
Mablag’lar manbai va
ularning tayinlanishi
Summa
Asosiy vositalar
350000 Ustav kapitali
400000
Хom ashyo va materiallar
100000 Zaxira kapitali
10000
Kassa
40
Foyda
20000
Hisob-kitob schyoti
49900 Bank kreditlari
20000
Debitorlar
60
Mol
yetkazib
beruvchi
pudratchilar
bilan
50000
86
hisoblashishlar
JAMI
500000 JAMI
500000
materiallar mol yetkazib beruvchilardan sotib olinib, puli hali to’lanmagani
uchun, korxonaning mol yetkazib beruvchilar oldida qarzi paydo bo’ladi. Balansda
bu «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar» moddasi bo’yicha aks ettirilib,
uning summasi ham 25000 so’mga oshadi va 75000 so’mga teng bo’ladi.
Balansda aks ettirilish tavsifi bo’yicha ushbu operatsiya oldingisidan farq
qiladi. U bir vaqtning o’zida aktiv va passivga tegishlidir. Lekin uning aktivda
xam, passivda xam yuzaga keltirgan o’zgarishlari bir xil summada ifodalanadi va
bir tomonga yo’naltirilgandir. Demak, aktiv va passivning jami summalari bir
xilda o’zgaradi, ularning o’rtasidagi tenglik saqlanib qoladi.
BALANS (uchinchi operatsiyadan keyin)
Aktiv
Passiv
Mablag’lar turi va ularning
joylanishi
Summa Mablag’lar manbai va ularning
tayinlanishi
Summ
a
Asosiy vositalar
350000 Ustav kapitali
400000
Хom ashyo va materiallar
125000 Zaxira kapitali
10000
Kassa
40
Foyda
20000
Hisob-kitob schyoti
49900 Bank kreditlari
20000
Debitorlar
60
Mol yetkazib beruvchi va
pudratchilar
bilan
hisoblashishlar
75000
JAMI
525000 JAMI
525000
Тo’rtinchi operatsiya. Hisob-kitob schyotidan bankka kredit bo’yicha qarzni
87
uzish uchun 20000 so’m o’tkazilgan. Bu operatsiya hisob-kitob schyotidagi pul
mablag’larining kamayishiga olib keladi va bir vaqtning o’zida korxonaning
kreditlar bo’yicha qarzining qisqarishiga olib keladi. Demak, balansda «Hisob-
kitob» schyoti bo’yicha summa 29900 (49900 - 20000) so’mgacha kamayadi va
«Bank kreditlari» passiv moddasi bo’yicha 0 (20000 - 20000) gacha kamayadi,
ya’ni bu modda passiv moddasidan chiqarib tashlanadi.
Тo’rtinchi operatsiya balans yakunlarini bir miqdordagi summaga kamaytirdi.
Shuning uchun balans aktivi va passivi yakuniy summalari o’rtasidagi tenglik bu
operatsiyadan keyin ham saqlanib qoladi.
Bunga o’xshagan operatsiyalar xo’jalik faoliyatida ko’plab uchraydi.
Keltirilgan to’rtta operatsiyalar ularni balansda aks ettirishning sodir bo’lishi
mumkin bo’lgan hodisalarni o’z ichiga oladi.
BALANS (to’rtinchi operatsiyadan keyin)
Aktiv
Passiv
Mablag’lar turi va ularning
joylanishi
Summa
Mablag’lar manbai va
ularning tayinlanishi
Summa
Asosiy vositalar
350000 Ustav kapitali
400000
Хom ashyo va materiallar
125000 Zaxira kapitali
10000
Kassa
40
Foyda
20000
Hisob-kitob schyoti
29900 Bank kreditlari
-
Debitorlar
60
Mol yetkazib beruvchi va
pudratchilar
bilan
hisoblashishlar
75000
JAMI
505000 JAMI
505000
Boshida balansning faqat aktiviga yoki passiviga ta’sir qiladigan voqealar
(birinchi va ikkinchi operatsiyalar) ko’rsatilgan edi. Bunda balansning aktivi va
passivinio’zgartirmaydigan summalarning faqat qayta guruhlantirilishi bo’lib
88
o’tgan edi. Bu balans o’zgarishlarining birinchi va ikkinchi turlaridir. Boshqa
operatsiyalar balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etadi. Bunda har ikkala
ta’sir qilinadigan moddalar ularning ko’payishi (uchinchi operatsiya) yoki
kamayishini (to’rtinchi operatsiya) yuzaga keltiradi.
Yuqoridagi bayonlarga asoslanib, balansli o’zgarishlar turlarini quyidagi
tarzda ifodalash mumkin:
2.1-chizma. Balansdagi o’zgarishlarning turlari
Balansli o’zgarishlar turlarining mohiyatini aniqlash balans xususiyatlarini,
ya’ni har qanday operatsiya uning, albatta, ikki moddasiga ta’sir etishini va hech
qachon aktiv bilan passiv o’rtasidagi tenglikni buzmasligini tushunib olishuchun
zarurdir. Operatsiyalarning iqtisodiy mazmunini o’rganishga ushbu guruhlashning
hech qanday aloqasi yo’q.
Dostları ilə paylaş: |