Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

Kutilayotgan
: mahsulot chiqarishning kutilayotgan hajmida ishlab 
chiqarishning aniq sharoitlari asosida hisoblanadi. 
Mazkur tavsif Amerika firmalarida xarajatlarning moddalari bo’yicha 
standartlarni o’rnatishga har xil yondashishlarning mavjudligini ko’rsatadi. Lekin 
har bir yondashishda qabul qilingan standartlar buxgalteriyada ishlab chiqarish 
jarayoni boshlanguncha standart tannarx xaritalariga umumlashtiriladi. Kartalar 


300 
buyum, bu buyumni, buyurtmani tayyorlashda ishtirok etadigan ishlab chiqarish 
bo’linmalari va buyurtmalar bo’yicha tuziladi. 
Standart-kost tizimi to’g’ri xarajatlarni boshqarish vositasi sifatida namoyish 
qilinadi. Bu tizimning bir necha variantlaridan foydalaniladi. Bitta variantda 
xarajatlar "ishlab chiqarish" schyotining debetida to’planadi va standart qiymat 
bo’yicha baholanadi, tayyor mahsulot xuddi shunday standart qiymat bo’yicha shu 
schyotning kreditidan chiqarib tashlanadi, tugallanmagan ishlab chiqarish standart 
qiymat bo’yicha baholanadi. Ikkinchi variantning mazmuni "Ishlab chiqarish" 
schyotining debetida umumlashtirilgan xarajatlar haqiqiy qiymati bo’yicha 
baholanishdan, schyotning kreditidan esa tayyor mahsulot standart qiymat 
bo’yicha chiqarib tashlanishidan iborat. Тugallanmagan ishlab chiqarish haqiqiy 
xarajatlardan u yoki bu tomonga chiqib ketishlarni hisobga olgan holda standart 
qiymat bo’yicha hisoblanadi. 
Haqiqiy xarajatlarning standartlardan chetga chiqishini Amerika firmalari 
odatda tannarxga olib bormasdan "Mahsulot, xizmat, ishlarning realizatsiyasi" 
schyotiga chiqarib tashlaydilar. 
Subyektning quvvatlariga nisbatan standart-kost tizimini tashkil etish, 
standartlardan chetga chiqishlarni aniqlash va ularni chiqarib tashlash uslubiyati 
bo’yicha ishlar koordinatsiyasini standart-kost tizimi bilan bog’liq bo’lgan hamma 
bo’linmalarning vakillari amalga oshiradilar. Yanada yirik kompaniyalarda 
standartlarni tuzish, ularga o’zgartirishlar kiritish, hisoblash va boshqalar bo’yicha 
barcha ishlar jamlangan standartlar bo’linmasi tuziladi. 
Standart-kost tizimi amaliyotda qo’llaniladigan xarajatlarni hisoblashning 
boshqa tizimiga ko’ra o’z xususiyatlariga ega. Birinchidan, vositalarni sarflash 
jarayonida standartlardan chiqib ketishlarni aniqlash asosi bo’lib ularni 
hujjatlashtirish emas, balki maxsus schyotlardagi buxgalteriya yozuvlari 
hisoblanadi. Menedjerlarning oldiga esa chetga chiqishlarni hujjatlashtirmaslik 
emas, ularga yo’l qo’ymaslik masalasi qo’yiladi. Ikkinchidan, aniqlangan chetga 


301 
chiqishlarni 
hamma 
kompaniyalar 
ham 
emas, 
joriy 
standartlardan 
foydalanadiganlari buxgalteriya hisobida aks ettiradi. Standartlardan chetga 
chiqishlarni aks ettirish qismida uchinchi xususiyat bo’lib chetga chiqishlarni 
hisobga olish uchun maxsus sintetik schyotlarning kalkulatsiya moddalarini
chiqib ketishlarning omillari bo’yicha ajratish hisoblanadi. 
Standart-kost tizimining mazkur xususiyatlari shuni ifodalaydiki, xarajatlarni 
boshqarish maqsadida har doim bu chetga chiqishlar, ularni hisoblash uchun, 
qanchalik muhimligi ko’rib chiqiladi; ular nimalarni ko’rsatadilar, qaysi 
muammolarni yechishda ulardan foydalanish mumkinligi; aniqlangan chetga 
chiqishlarning ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlarni tahlil qilishdagi muhimligi 
asosan e’tiborga olinadi. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin