298
"Standart"- mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan moddiy
va mehnat xarajatlarining
miqdori yoki mahsulot, xizmat, ish birligini ishlab
chiqarish uchun oldindan hisoblab chiqilgan moddiy va mehnat xarajatlarini;
"kost"- mahsulot birligini tayyorlash uchun ishlab chiqarish
xarajatlarining pul
ko’rinishini aks ettiradi.
Amerika adabiyotida standart-kost tizimiga har-xil tushunchalar beriladi, bu
tushunchaga har-xil mazmun kiritiladi. Lekin hamma hollarda ham bu tizim ishlab
chiqarishning to’g’ri xarajatlarini tartibga solishga qaratilgan nazorat instrumenti
sifatida tavsif qilinadi. Standart-kost tizimining ustunliklari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarish va buyumlarning realizatsiyasi bo’yicha
kutiladigan
xarajatlar haqidagi ma’lumot bilan ta’minlash;
mahsulot birligining oldindan hisoblab chiqilgan tannarxi asosida narxni
o’rnatish;
me’yorlardan chetga chiqishlar va ularning vujudga kelish sabablarini
ko’rsatib daromad va sarflar haqidagi hisobotni tuzish.
Kutiladigan xarajatlar firma ichida hisoblab chiqilgan
standartlar asosida
aniqlanadi. Bu standartlar tizim funksiyalanishining asosi bo’ladi va uning
mazmunini ochadi. Standartlarning butun yig’imi quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1.
Hisobga olinadigan baholarning darajasiga muvofiq.
Ideal
: materiallar, xizmatlarga bo’lgan
tariflar, mehnatga haq to’lashga
bo’lgan stavkalarni va ustama sarflarning smeta stavkalariga bo’lgan eng ma’qul
narxlarni ko’zlaydi.
Dostları ilə paylaş: