Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Хarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

 
8.6. Хarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya 
qilishning me’yoriy uslubi 
Хo’jalikni yuritishning samaradorligini oshirish mamlakat iqtisodiy 
rivojlanishining har qanday bosqichida asosiy va muhim masala hisoblanadi. Bu 


288 
boshqaruvning me’yoriy tizimini milliy xo’jalik tarmoqlari darajasida va bir 
subyekt ramkasida qo’llashni muhim qilib qo’yadi. 
Хarajatlarni boshqarishning me’yoriy tizimi o’zi bilan rejalashtirish, 
me’yorlash, materiallarni ishlab chiqarishga berish, ichki hisobot tuzish, mahsulot 
tannarxini kalkulatsiya qilish, xarajatlarning me’yori asosida iqtisodiy tahlil va 
nazoratni ro’yobga chiqarish bo’yicha muolajalarning jamlamini aks ettiradi.
Uning asosiy maqsadi bo’lib ishlab chiqarish omillarini to’liq ishlatish va 
xo’jalikni tejamli yuritish hisoblanadi. Bu tizimning mazmuni quyidagilardan 
iborat: 

subyektning oldiga qo’yilgan masalalarni yechishni ta’minlovchi me’yorlar 
asosida xarajatlarni rejalashtirish; 

me’yor va me’yorlashtirishlar bilan asoslangan ishlab chiqarish maqsadlari 
bo’yicha turli resurslarni ishlatish uchun ruxsatnomalar berish yo’li bilan 
xarajatlarni hujjatlashtirish; 

xarajatlarni buxgalteriya hisobining schyotlarida ularning me’yorlari va 
undan chetga chiqishlarni aks ettirish; 

chetga 
chiqishlar 
boshqaruvning 
chiziqli 
personali 
tomonidan 
boshqaruvning har bir darajasida tannarxning shakllanish jarayoniga tezkor 
aralashish maqsadida olib boriladi. 
Kalkulatsiya qilish xarajatlarning me’yoriga asoslanadi, me’yordan chiqib 
ketishlar ularning vujudga kelishi bo’yicha buxgalteriya hisobining schyotlarida 
ishlab chiqarish natijasining ko’payishi yoki kamayishi sifatida ko’rsatiladi. 
Ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlarni va mahsulotning tannarxini 
kalkulatsiya qilishni hisobini me’yoriy usuli boshqalardan ko’proq xarajatlarni 
boshqarishni me’yoriy tizimining talablariga javob beradi. O’zining universal 
xususiyati tufayli u xalq xo’jaligining hamma tarmoqlariga tatbiq etishga tavsiya 
qilingan. Me’yoriy boshqaruv hisobiga me’yoriy rejalashtirish va ishlab 
chiqarishga bo’lgan xarajatlarning tizimi sifatida qarash qabul qilingan. Bu 


289 
tizimning asosiy elementlari: mahsulotning ishlab chiqarish muddatlarini, uning 
tarkibi va sifatini me’yorlash; iste’mol, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni, 
shuningdek ishlab chiqarish vositalarini sarflash va ishlatishning me’yoriy 
asoslanishi; me’yor va me’yorlashtirishlar asosida iqtisodiy samaradorlikni 
rejalashtirish, hisoblash va baholash hisoblanadi. 
Birinchi element to’g’ridan-to’g’ri butun subyekt, asosiy ishlab chiqarish 
sexlari bo’yicha va brigadalarning ishlab chiqarish topshiriqlarini hisobga olgan 
holda mahsulot ishlab chiqarishni hajmli, kalendar va nomenklaturali rejalashtirish 
bilan bog’liq. Тizimning ikkinchi elementi ishlab chiqarish bo’linmalarining 
moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini hisoblash uchun, sarflash 
me’yorlari bo’lgan material va mehnatga haq to’lash me’yorlarini ishlatishni 
hisoblash uchun yagona me’yoriy asosning mavjudligini ko’zda tutadi. O’z 
navbatida ishlab chiqarishni hajmli, kalendar va nomenklaturali rejalashtirish 
iste’molni mehnatni me’yorlash bilan bog’liq ishlab chiqarish vositalarini 
me’yoriy asoslashsiz mumkin emas. 
Shunday qilib, tizimning ikkala elementi ham ishlab chiqarishni 
tayyorlashning konstruktorlik, texnologiya, tashkiliy va iqtisodiy bosqichlarini 
qamrab oladi. Ular chiqarishga rejalashtirilgan mahsulot nomenklaturasi bilan 
cheklangan, mehnatning tashqi va subyektning ichki kooperatsiyasiga asoslangan. 
Bu holat ishlab chiqarishning tabiiy asosini tarkib etuvchi rejalashtirish va 
hisobning ustuvorligi haqidagi xulosani yana bir marta ta’kidlaydi. 
Bir subyektda xarajatlarni hisobga olishning usulini tanlash ushbu 
subyektning tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Lekin 
umumiy taklif sifatida ushbu xarajatlarni hisobga olishning me’yoriy hisobini 
tashkil qilishning uchta turini ajratish mumkin: 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin