285
kalkulatsiya tizimining usuli qo’llaniladigan ishlab chiqarish turlariga asosan
qurilish obyektlari, samolyot-kemasozlik, qog’oz, mebel sanoati,
ilmiy-izlanish,
konstruktorlik va ta’mirlash ishlari, auditorlik, konsalting xizmatlari va shunga
o’xshash yakka buyurtma yoki kichik guruhlardagi tovarlarni ishlab chiqarish
jarayonlari kiradi.
Buyurtmalar bo’yicha xarajatlarni umumlashtirilgan hisobi bir necha
variantlar bo’yicha quyidagilar yordamida tashkil etiladi: nazorat schyotlari;
alohida hisoblash va shartnoma bo’yicha tannarx kalkulatsiyasi.
Nazorat schyotlari- bu xarajatlar va ular bilan korrespondensiyada bo’ladigan
schyotlarni moliyaviy hisobning odatdagi tartibida ochilishini ko’zda
tutuvchi
schyotlar tizimi hisoblanadi. Хarajatlarning analitik schyotlari xarajatlar to’plami
kartochkalarida ko’rsatilgan- ularda to’g’ri xarajatlar umumlashtiriladi. Egri
xarajatlarni esa taqsimlash hisoblari bo’yicha hisobot davri tugagandan so’ng
kiritiladigan "buyurtmalar kartochkalari"da hisobga olib boriladi. Kartochka
buyurtmada ko’rsatilgan hamma ishlar bajarilgandan so’ng yopiladi. Hamma
buxgalterlik yozuvlar qaydnomalarga qayd qilinadi, natijalar bosh kitob
schyotlariga o’tkaziladi.
Alohida hisoblash- bu boshqaruv va moliyaviy hisobda schyotlarni alohida
ochishni ko’zlovchi hisob tizimi bo’lib, bu holda xarajatlar schyotlariga moliyaviy
muomalalar haqida yozuvlar qilinmaydi. Bu variant
yozuvlarni hisobning ikki
turida takrorlashni ko’zda tutadi.
Shartnoma bo’yicha tannarx kalkulatsiyasi- ishlab chiqarilishi uzoq siklli
bo’lgan yirik buyumlarni hisobga olish va kalkulatsiya qilish tizimi hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchiga qilingan ishlar uchun bosqichlar bo’yicha oraliq to’lovlar
shartnomada ko’zda tutilgan to’lovlar summasi buyurtmachi dalolatnoma bilan
tasdiqlangan realizatsiya qilingan ishlar qiymati bilan aniqlanadi. Тo’lovlarning
kelib tushishiga qarab mazkur davr uchun foyda hisoblash uchun realizatsiya
qilingan mahsulot tannarxiga kiritilishi kerak bo’lgan xarajatlar aniqlanadi. Shu
286
yerda vaqti o’tmagan xarajatlarning miqdori, ya’ni tugallanmagan va
buyurtmachiga topshirilmagan ishlarning tannarxi aniqlanadi.
Shartnoma bo’yicha kalkulatsiya tizimi qo’llanilganda
bu tizim uchun
o’rnatilgan prinsiplarga rioya qilish tavsiya etiladi, ya’ni:
shartnoma bajarilishining erta davrlarida foydani hisoblamaslik- bu
daromad va xarajatlarni baholashning past ishonchliligi;
ziyrak bo’lish- hisobot davrida aniqlangan zararlar shu davrda realizatsiya
qilingan ishlarning tannarxiga kiritilishi kerak. agar zararlar kutiladigan bo’lsa,
unda ularning summasi realizatsiya qilingan mahsulotning tannarxiga zararlar
ehtimoli aniqlangandan so’ng kiritiladi. Masalan, ta’til summalarini to’lash bilan
bog’liq ishchilar ta’tili va qo’shimchalarni to’lash uchun zaxira yaratiladi.
35-85% atrofida bajarilgan shartnomaga ketgan
anchagina xarajatlarga
ziyrak bo’lish kerak. Hisobot sanasiga bo’lgan foyda quyidagi formula bilan
hisoblanadi:
Foyda = Ko’zda
tutilgan
foydaning 2/3 qismi
x
Buyurtmachidan olingan summalar
Тopshirilgan ishlarning qiymati
Ko’zda
tutilgan foyda
= Тopshirilgan
ishlarning
qiymati
-
Тopshirilgan
ishlarning
tannarxi
- Ko’zda tutilmagan
xarajatlarning
zaxirasi
Misol. «Zenit» korxonasi buyurtmalar bo’yicha chang yutkich va kir yuvish
mashinasi ishlab chiqaradi. Buyurtmachilar tomonidan korxonaga 6ta chang
yutkich va 8ta kir yuvish mashinasiga buyurtma bеrilgan. Buyurtmalar bajarib
bo’lingan. Bir dona buyurtmaning haqiqiy tannarxini aniqlash zarur.
Buyurtmalar to’g’risida quyidagi ma'lumotlar mavjud:
1) Moddiy xarajatlar amalga oshirildi:
chang yutkich uchun - 288000 so’m;
287
kir yuvish mashinasi uchun - 768000 so’m.
2) Xodimlarga mеhnat haqi to’landi:
chang yutkich uchun - 153600 so’m;
kir yuvish mashinasi uchun - 409600 so’m.
3) Buyurtmalar b’oyicha umumishlab chiqarish xarajatlari hisoblandi.
chang yutkich uchun - 38400 so’m;
kir yuvish mashinasi uchun - 102400 so’m.
Ishlab chiqarish jarayoniga sarflangan jami xarajatlar:
chang yutkich uchun – 288000+153600+38400=480000 so’m;
kir yuvish mashinasi uchun – 768000+409600+102400=1280000 s’om.
Ushbu ma'lumotlar b’oyicha bir dona buyurtmaning
tannarxi quyidagicha
bo’ladi:
chang yutkich uchun - 480000 / 6 = 80000 so’m;
kir yuvish mashinasi uchun – 1280000 / 8 = 160000 so’m.
Shunday qilib, tannarxni buyurtma bo’yicha hisoblash va kalkulatsiya qilish
tizimi quyidagicha tavsiflanadi:
- sarflar haqidagi ma’lumotlar mahsulotning turlariga yoki tayyor
mahsulotning alohida seriyalariga o’tkazish bilan;
- xarajatlar hajmining oraliq vaqtda emas har bir tugallangan guruh (partiya)
bo’yicha o’zgarishi bilan;
- bosh kitobda debet qoldig’ida tugallanmagan ishlab chiqarishning hajmi
ko’rsatiladigan "Asosiy ishlab chiqarish" schyotini yuritish bilan.
Dostları ilə paylaş: