1.Xo‘jalik hisobi to‘g‘risida tushuncha va uning turlari, ahamiyati hamda ularda qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi o‘z navbatida, mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirib, uni xalqaro me’yorlar va standartlarga moslashtirib borishni taqozo qiladi.
Buxgalteriya hisobi – bu ichki boshqaruv va tashqi iste’molchilar uchun joriy, yakuniy ma’lumotlarni tayyorlash, taqdim qilish maqsadida ularga uzluksiz hamda o‘zaro bog‘liq kuzatishlar, o‘lchovlar, ro‘yxatga olish, ma’lumotlarni qayta ishlash va korxonalar, birlashmalar, muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish tizimidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllari turli xil bo‘lgan subyektlarning tashkil topish jarayonida ularni boshqarish, faoliyatini nazorat va tahlil qilish; ma’muriyat tomonidan tezkor qarorlarning qabul qilinishiga asos bo‘ladigan zarur ma’lumotlarni asosan buxgalteriya hisobi takdim etadi.
Shu bilan birga bu fan boshqa mamlakatlar buxgalteriya hisobini yuritish usullarining ilg‘or shakllarini iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish yo‘llarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etishga tavsiya etadi.
Kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida ham iqtisodiyotdagi hisob turlariga talab mavjud bo‘lgan. Chunki xalq xo‘jalik hisobi insoniyat uchun zarur bo‘lgan iste’mol buyumlari, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalarni ishlab chiqarish, taqsimlashni hisobga olish demakdir. Har bir jamiyatning ham asosiy maqsadi zaruriy buyumlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlashdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun kishilar ijtimoiy hayotida sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni kuzatish, jamiyatda mavjud bo‘lgan mehnat buyumlari, mehnat qurollarini, hamda mehnat jarayonlarini hisobga olib borish zarur bo‘ladi. Xuddi shu vazifani esa xalq xo‘jalik hisobi bajaradi.
Tovar ayirboshlash davrida xalq xo‘jalik hisobi ahamiyati ko‘paydi, chunki tovar ayirboshlash uchun umumiy ekvivalent talab etiladi. Umumiy ekvivalentga esa faqat hisob-kitobni tahlil etish, to‘g‘ri yurgizish orqaligina ega bo‘lish mumkin, ya’ni almashtiriladigan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat miqdorini aniqlash kerak bo‘ladi. Ishlab chiqarish kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini o‘sishi natijasida xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish murakkablashgan va moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kelgan xalq xo‘jalik hisobi ahamiyati oshgan, jamiyat hamma sohalarida mulklarni hisobga olish borasidagi, iqtisodiy faoliyatini boshqarishdagi roli oshib borgan.
Iqtisodiy faoliyatini boshqarish xalq xo‘jalik hisobi orqali olingan ma’lumotlar asosida olib boriladi va tegishli qaror hamda qonun-qoidalar qabul qilinib, shular asosida butun iqtisodiyot faoliyati boshqariladi.
Xo‘jalik hisobi asosan qo‘yidagi funksiyalarni bajaradi:
a) iqtisodiyot tarmoqlarida sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib borish;
b) kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash;
v) korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlarini kuzatish nati-jalarini maxsus hujjatlarda qayd etish;
g) maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish hamda ularga ta’sir etish.
Xo‘jalik hisobining yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa, tashkilot va umuman butun iqtisodiyotning iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va kelgusidagi reja ko‘rsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishini ustidan nazorat olib borishda muhim ahamiyatga kasb etadi.
Iqtisodiy jarayonlarni kuzatish, tashkil qilish tegishli manbalarni o‘zgarishiga olib kelish bilan birga ularga bo‘lgan talabni o‘rganish imkonini beradi. Bu imkoniyatni faqat hisob yuritish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin. Ishlab chiqarishni o‘sib borishi tovar ayirboshlashni kuchayishiga olib keladi. Tovar ayirboshlashni o‘sib borishi hisobni tashkil topishida alohida o‘rin tutadi.
Iqtisodiy o‘zgarishlarni o‘rganishda, mulkiy munosabatlarni tartibga solishda hisobning o‘rni alohida bo‘lib, uning yordamida korxona mablag‘larini to‘liqligi, boshqaruv tizimini takomillashtirishda hisob ko‘rsatkichlaridan to‘g‘ri foydalanish, korxona harajatlarini kamaytirishga, mablag‘lardan samarali foydalanishga olib keladi.
Hisobni takomillashib borishiga birinchidan, ishlab chiqarishni o‘sib borishi o‘z ta’sirini o‘tkazib borsa, ikkinchidan, boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar ham hisobni rivojlanib borishiga asos yaratadi.
Hisob yordamida turli mulkchilikka asoslangan korxona va tashkilotlarda amalga oshirilgan iqtisodiy jarayonlar (o‘zgarishlar) kuzatiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot omillari turlicha bo‘lib, ular bevosita mablag‘lar harakatini tartibga solish, kuzatish va umumlashtirish tartibi bilan bir-biridan farq qiladi. Amalga oshirilgan iqtisodiy o‘zgarishlarni tartibga solishda hisob turlarini tanlash va ulardan foydalanishga alohida ahamiyat talab qilinadi.
Xo‘jalik hisobning turlarini quyidagi chizmada ko‘rishimiz mumkin: