Mo’minova Risolat Xabibulla qizining


Kimiyoviy bog‘ energiyasi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə23/45
tarix02.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#44994
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
Muminova

Kimiyoviy bog‘ energiyasi.


Kovalent kimyoviy bog‘lanishning mustahkamligi, yadrolararo elektron bulutning zichligiga bog’liq bo’ladi. Yadrolararo elektron bulut qancha katta zichlikka ega bo’lsa, bog’lanish shuncha mustahkam bo’ladi. Binobarin, kimyoviy bog’lanishning mustahkamligi asosan:

  1. Elektron bulutlarning qoplanishidan qanday (-bog’, ) bog’lanish hosil bo’lishiga;

  2. Elektron bulutlar kovalentligining to’liq-to’liqmasligiga;

  3. Qanday ko’rinishdagi (qutbsiz yoki qutbli) bog’lanish hosil bo’lishiga bog’liq. Kimyoviy bog’lanishning eng muhim xususiyati uning mustahkamligini aniqlovchi bog‘lanish energiyasidir. Kimyoviy bog‘ hosil bo‘lganda energiya ajralib chiqadi, ya‘ni bog’ hosil bo’lishi sistema energiyasining kamayishi bilan sodir bo‘ladi. Bog’ hosil bo’lganda qancha energiya ajralib chiqsa, shu bog’ni uzish uchun ham shuncha energiya sarflanadi. Shuning uchun bog‘ energiyasi deganda- ayni bog‘ni uzish uchun kerak bo‘lgan energiya miqdori tushuniladi.

Bu energiya kj/mol yoki kkal/mollarda ifodalanadi. Masalan, 1 mol vodorodning bog’lanish energiyasi 435 kJ/mol ga teng. Bog’lanishning ajralish jarayonini termokimyoviy tenglama shaklida quyidagicha tasvirlash mumkin:

H—H= 2H– 435 kJ/mol

Albatta, alohida-alohida vodorod atomlaridan 1 mol vodorod hosil bo’lganida xuddi shuncha miqdor energiya ajralib chiqadi:

H+H=H2+ 435 kJ/mol

Yana shuni e‘tiborga olishimiz kerakki, reaksiyalarning termokimyoviy tenglamalarida keltirilgan energiyalarning son qiymatlari bitta molekulaga emas, balki 1 mol modda, ya‘ni 6,02·1023 ta molekulaga oiddir. Bitta molekulaga oid alohida bog’lanish energiyasini hisoblab chiqarish uchun 1 mol ga oid kilojoullar bilan ifodalangan bog’lanish energiyasini Avogadro doimiyligiga bo’lish kerak. Binobarin, bir molekuladagi H—H bog’lanish energiyasini topish uchun 435 kJ/molni 6,02·1023 ga bo’lish kerak. Bundan ko’ramizki, ayrim molekulalarga oid bog’lanish energiyalari juda kichik bog’ qiymatlari bilan xarakterlanadi, shu sababli amalda bog’lanish energiyasi bir molekula uchun emas, bir mol modda uchun ko’rsatiladi.

Molekulada bir xil bog’lardan bir nechta bog’ bo’lsa, (masalan, metanda 4 ta C – H bog’ mavjud), bitta bog’ energiyasini topish uchun molekulaning hosil bo’lish energiyasini yoki parchalanish energiyasini bog’lar soniga bo’lish zarur. Bog‘ hosl qilib turgan atomlarning elektromanfiyliklari bir-biridan qancha katta farq qilsa, bog‘ energiyasi ham shuncha yuqori bo`ladi. Qo`sh bog’ energiyasi oddiy bog’, uch bog’ energiyasi esa qo`sh bog` energiyasidan katta bo`ladi. Qo`sh bog` energiyasi ikkita oddiy bog’ energiyasidan kichik.



Bog`lanish energiyasi qancha katta bo‘lsa bog` shuncha mutsahkamdir. Agar oddiy, qo‘sh bog` va uch bog` solishtirilsa ularning ichida eng bog`lanish energiyasi yuqorisi va mutsahkami uch bog` hisoblanadi. Masalan, C-C, C=C, CC qatorida 486,2 kJ/moldan 945,3 kJ/molgacha o‘zgaradi. Bog`lanuvchi atomlarning turi o‘zgarishi bilan bog`ning barqarorligi ham o‘zgaradi12.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin