Money and banks


Islom taraqqiyot banki: maqsad va vazifalari



Yüklə 163,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix07.01.2024
ölçüsü163,26 Kb.
#201773
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
(Money and Banks) week 10 -International Financial Institutions

Islom taraqqiyot banki: maqsad va vazifalari.
Islom taraqqiyot banki (IsDB) - 
Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni) joylashgan xalqaro moliya instituti. U 1973-yil 18-
dekabrda Islom Tashkilotiga aʼzo mamlakatlar moliya vazirlarining birinchi 
konferensiyasida tashkil etilgan. O'z faoliyatini 1975 yil 20 oktyabrda boshlagan. Bank 
kapitali ta'sischi davlatlarning badallari hisobidan shakllantiriladi (
isdb.org).
Islom taraqqiyot banki BMT Bosh Assambleyasida kuzatuvchi (Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti Bosh Assambleyasi kuzatuvchisi) maqomiga ega. 
Hozirgi vaqtda Islom taraqqiyot banki guruhi tuzildi, uning tarkibiga quyidagi 
tashkilotlar kiradi: 

Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi;

Xususiy sektorni rivojlantirish korporatsiyasi; 

Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug'urtalash bo'yicha Islom 
korporatsiyasi; 

Islom tadqiqot va ta'lim institute; 

Xalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasi (
Абдурахманова, 2021,c. 
341). 


O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya academiyasi
Islom taraqqiyot banki guruhining vazifasi aʼzo mamlakatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanish loyihalarini moliyalashtirish orqali ishtirok etishdan iborat. Bank o‘z faoliyatini 
shariat qonunlari va tamoyillari asosida amalga oshiradi. Bankning pul birligi islom dinori 
bo'lib, bir SDRga teng.
Rasmiy til arab tili, lekin ingliz va frantsuz tillari ham ishchi til sifatida ishlatiladi. 
Bank a’zoligiga qabul qilishning asosiy talabi Islom hamkorlik tashkilotida ishtirok 
etish, bank kapitaliga a’zolik badali to‘lash hamda bank direktorlar kengashi tomonidan 
qabul qilingan qoidalar, tartiblar, shartlarga rioya qilish hisoblanadi. 
O‘zbekiston 2003 yilda Islom taraqqiyot banki a’zosiga aylandi. 
O‘zbekistondagi loyihalar uchun bir nechta kreditlarni ma’qulladi. Jumladan, Bank 
rahbariyati Surxondaryoda yangi kombinatsion issiqlik elektr stansiyasi loyihasiga 100,87 
million dollar ajratishga rozi bo‘ldi. Uning amalga oshirilishi eskirgan ishlab chiqarish 
quvvatlarini yanada samaraliroq bloklarga almashtirishga yordam berishi kutilmoqda. 
S
huningdek, ITB O‘zbekistonga transport loyihalarini moliyalashtirish uchun 106,7 million 
dollar miqdorida kredit berishi kulilmoqda. Uning maqsadi mahalliy ishlab 
chiqaruvchilarning bozorlarga kirish imkoniyatlarini yaxshilash, shuningdek, turizm 
imkoniyatlarini oshirishdan iborat (
spot.uz
). 

Yüklə 163,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin