Yogoch qurilish konstruktsiyalari va yogoch qipiqli plitalarning
XULOSA
«Maksam-Ammofos» OAJning fosforli azotli chiqindilarining epixlorgidrin bilan o‘zaro ta’sirini tizimli tadqiq qilish fosfor o‘z ichiga olgan olovdan himoya qiluvchi tarkiblarni sintez qilishning asosiy tamoyillari ishlab chiqildi va polikondensatsiya jarayonining asosiy qonuniyatlari aniqlandi.
Yog‘och qurilish konstruksiyalari va materiallarining yong‘in xavfini kamaytiruvchi eksperimental va nazariy tadqiqotlar tahlil qilinib, olovdan himoya qiluvchi tarkiblar bilan sirt qatlami va ichki himoya usulini o‘rganish tanlab olindi.
Olib borilgan eksperimental tadqiqotlar natijasida sintez qilin- gan polimer tabiatli olovbardosh tarkib sanoatda qo‘llaniladigan quyi molekulali antipirenlarga nisbatan samaradorligi yuqori ekanligi va ishlov berilgan yog‘och qurilish konstruksiyalarini olovbardosh G-2 guruhiga o‘tkazish imkonini berishi aniqlandi.
Sintez qilingan polimer tabiatli olovbardosh tarkib bilan ishlov berilgan karbamid-formaldegid yelimining xossalari chuqur o‘rganil- di, modifikatsiya qiluvchi texnologiya ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosida bog‘lovchi moddalarning fizik-mexanik, olovdan himoya qi- luvchi xususiyatlari va plita materiallarining fizik-mexanik ko‘rsat- kichlari oshadi. Bosish (presslash) rejimining plitalarning fizik- mexanik parametrlariga ta’sirini o‘rganish orqali optimal bosim re- jimlari o‘rnatildi: harorat 160 oS, bosim 3,5 MPa va preslash vaqti 7 daqiqa. Shu bilan birga, ishlov berilgan yog‘ochning fizik mexanik xossasi va olovbardoshligi 1,2 - 1,5 baravar ortishi aniqlandi.
Olovbardosh yog‘och qurilish konstruksiyalari, materiallari va yog‘och-qipiqli plitalarini yoqish jarayoni matematik modellashtiril- gan bo‘lib, texnologik jarayonlarning davomiyligini sezilarli daraja- da kamaytirish va yong‘in xosil bo‘lish jarayonida, salbiy xolatlarni oldini olish imkonini berishi aniqlandi.
Olovbardosh yog‘och qipiqli plitalarni ishlab chiqarishning optimal, arzon, ekologik toza texnologik jarayoni ishlab chiqildi. Natijada, olingan YoQPlarning yuqori olovbardosh, fizik mexanik, biologik, termik xossalari yuqori ekanligi, shuning sanoatda ishlab chiqariladigan YoQPlarga nisbatan ajralib chiqadigan erkin formal- degidning miqdari ruxsat etilgan me’yordan ancha past ekanligi
Toshkent davlat tibbiyot akademiyasining “Mikrobiologiya va viru- sologiya” maxsus laboratoriyasi tomonidan aniqlandi.
Ishlab chiqilgan olovbardosh yog‘och qurilish materiallari va YoQPlarni olish texnologiyasi Toshkent shahridagi bir necha korxonalarda ishlab chiqarishga tatbiq etilgan bo‘lib, “Famous in- vest group” XK, “INTERMEBEL” MChJ QK ko‘rsatkichlarni tax- lili shuni ko‘rsatadiki, yog‘och qipiqli YoQPlarni olishdan ko‘ra, g‘o‘za poya qipig‘i asosidagi YoQPlarni olishga nisbatan uchun 12
% arzon ekan, korxonaning iqtisodiy samaradorligi 42,4%ga ortar ekan. Sarmoyaning qoplanish muddati ilgarigi texnologiyaga (13,2 yil) qaraganda 3 yilga tushar ekan. Bundan tashqari ishlanmani qo‘llash, bog‘lovchi KFJni tejash, qotiruvchini ishlatish zarurati qol- maganligi, eng muximi, barcha kesim bo‘yicha bir xil olovbardosh YoQPlarni olish imkonini berar ekan.
Yangi taklif qilingan olovbardosh yog‘och qipiqli plitalarni olish texnologik yechim texnik-iqtisodiy samaradorligini bir korxo- na misolida hisoblangan tahlili shuni ko‘rsatadiki, olovbardosh yog‘och qipiqli YoQPlarni chet eldan katta valyutaga keltiriladi- gan sanoat antipireni qo‘shib olishdan ko‘ra, g‘o‘za poya qipig‘i va sanoat chiqindisi asosidagi YoQPlarni olish, karbamid-formalde- gid yelimini sarfini kamayishi, smolani qotiruvchi ammoniy xlorid qo‘shish zarurati yo‘qligi hisobiga korxona yillik iqtisodiy samara- dorlik 2640479,6 so‘mni tashkil etdi. Agarda foizlarda hisoblansa korxona yillik iqtisodiy samaradorligi 43,8 % teng bo‘ldi.