Yogoch qurilish konstruktsiyalari va yogoch qipiqli plitalarning
I-BOB. YOG‘OCH QURILISH KONSTRUKSIYALARINING OLOVBARDOSHLIGINI OSHIRISH MUAMMOSINING DOLZARBLIGI
Qurilishda ishlatiladigan yog‘och ashyolari, turlari, xossalari va nuqsonlari
Yog‘och eng qadimgi qurilish materiali bo‘lib, yer sharida notekis tarqalgan. O‘rmon qayta tiklangani uchun yog‘och bitmas-tuganmas qurilish materiallari va buyumlari zaxirasidir [3; 8 b.].
Yog‘och tayyorlanadigan o‘rmonlar Rossiya, Xitoy, Ukraina, Kavkaz, Qozog‘iston kabi mamlakatlarda ko‘plab uchraydi.
Yog‘och yuqori mustahkamlik, qayishqoqlik, issiqlik izolyatsi- yalovchi, suv va organik erituvchilarga chidamlilik xususiyatlariga ega. Yog‘och oson qayta ishlanadi, yelimlash, mix qoqish mumkin. Ammo tolasimon tuzilishi tufayli xossalarining turliligi, namlikdan deformat- siyalanishi, yonuvchanligi, chirishi kabilar yog‘ochning kamchiligidir. Qurilishda yog‘och xari, taxta, shpal, brus, xollarida ishlatiladi. Yog‘och- ni qayta ishlaganda hosil bo‘lgan payraxa va qipiqdan fibrolit, arbolit, yog‘och tolali va yog‘och payraxali plitalar tayyorlash mumkin [3; 8 b]. Yog‘ochning sifati uning turiga bog‘liq. Yog‘och olinadigan daraxtlar igna bargli va keng bargli turlarga bo‘linadi. Igna bargli daraxtlarga qarag‘ay, qoraqarag‘ay, tilog‘och, oq qarag‘ay, kedr va boshqalar kiradi. Keng bargli daraxtlarga eman, oq qayin, qora qa-
yin, shumtol, arg‘uvon kabilar kiradi.
Markaziy Osiyo tog‘larida o‘sadigan archa va terak, ko‘k terak, chinor kabilar bino va inshootlar qurilishida to‘sin, ustun, pol, ship, muqarnas, karniz, eshik, rom kabi buyumlarni olishda ishlatiladi. Chinor, yong‘oq va nok daraxtidan shkaf, javon va turli o‘ymakor buyumlar ishlanadi.
Daraxt ildiz, tana va shox-shabba qismlaridan iborat bo‘lib, ularning ko‘lami daraxtning turiga bog‘liq bo‘ladi. Daraxtning tana qismi 60-90% tashkil etib, sanoatda qayta ishlash ahamiyatiga ega- dir. Yog‘ochning makrostrukturasini oddiy ko‘z yoki lupa yordami- da, mikrostrukturasini esa, faqat mikroskop yordamida o‘rganish mumkin [5; 6b].
Makrostrukturani tanani tangensial, radial va ko‘ndalang qirqim- lar yordamida o‘rganiladi.
Daraxt tanasi o‘zak, yog‘ochlik kambiy va po‘stloq qismidan iborat bo‘ladi.
O‘zak juda bo‘sh bog‘langan xujayralardan iborat bo‘lib, kichik mustahkamlikka ega va namlik ta’sirida tez chiriydi. Po‘stlog‘i tashqi qobiq va ichki lub qatlamlaridan tashkil topgan bo‘lib, da- raxtning tashqi muhit ta’siri va mexanik shkastlanishlardan saqlay- di. Lub qatlami orqali o‘sayotgan daraxt oziqlanadi. Lub qatlami ostida yupqa kambiy xujayra qatlami joylashgan. Har yili darax- tning o‘sish davrida kambiy po‘stloq va ichki tomonga yog‘och xujayralarini suradi va yog‘ochlik kengayib boradi. Shu sababli, daraxtning ko‘ndalang kesimida yillik xalqalar hosil bo‘ladi. Yillik xalqalar ikki qatlamdan iborat:
Bahorgi va yozgi yog‘och qatlamlari. Bahorgi yog‘och qatlami och rangli yirik yupqa xujayralardan iborat bo‘lib, yozgi qatlam esa to‘q rangli mayda pishiq xujayralardan tashkil topadi [6; 12 b].
Daraxtlar mag‘izli (qarag‘ay, eman, kedr) va mag‘izsiz (qa- yin, zarang, olxa) turlarga bo‘linadi. Mag‘izli daraxtlarda mag‘iz va po‘stloq osti qatlami, mag‘izsiz turlarida esa, faqat po‘stloqosti qatlami bo‘ladi. Ba’zi daraxtlarda (qora qarag‘ay, oq qarag‘ay, qora qayin) yog‘ochlikning markaziy qismi mag‘izning barcha xossala- riga ega bo‘lib, rangli chetki qismlari rangidan farq qilmaydi va yetilgan yog‘ochlik deyiladi [6; 6 b].
Daraxtda namlik va ozuqa o‘zak nurlari orqali ko‘ndalang ke- sim bo‘yicha tarqaladi. Igna bargli daraxtlarda ular juda tor bo‘lib, mikroskop ostida ko‘rish mumkin. Yog‘och o‘zak nurlaridan mex- anik ta’sirlar ostida tez sinadi va quritish davrida chetnashi mumkin. Tuzilishi va xossalari jixatidan yog‘och tabiiy kompozitsion ma-
terialdir.
Yog‘och tarkibi asosan sellyulozadan iborat bo‘lgani uchun un- ing zichligi o‘zgarmas bo‘lib, qiymat jihatidan 1,54 g/sm3 teng. Yog‘ochning o‘rtacha zichligi esa, uning turiga nisbatan o‘zga- ruvchan bo‘ladi. Xatto bir turdagi yog‘ochning o‘rtacha zichligi daraxtning o‘sgan joyi, ob-havosi, tuprog‘i tarkibiga qarab o‘zga- ruvchan bo‘lishi mumkin. Yog‘och namligining oshishi uning o‘rta- cha zichligining oshishiga olib keladi. Shuning uchun yog‘ochning
standart o‘rtacha zichligi nisbiy namligi 12 % bo‘lganda aniqlanadi [7; 4b].
Yog‘ochda gigroskopik namlik va kapillyar namlik bo‘ladi. Gig- roskopik namlik to‘qima devorlarida shimilgan holda, kapillyar namlik esa to‘qima bo‘shlig‘i va to‘qimalar aro bo‘shliqlarda bo‘la- di.
Gigroskopik namlik chegarasi 30 % atrofida bo‘ladi. Yog‘och- ning to‘liq namligi (gigroskopik va kapillyar namlik) 30% ortiq bo‘lib, yangi kesilgan yog‘och uchun 40-120 % oralig‘ida bo‘lishi mumkin. Yog‘och suvda uzoq muddat saqlanganda namligi massaga nisbatan 200 % gacha ortadi.
Yog‘ochning muvozanat namligi muhitning harorati va namli- giga bog‘liq bo‘ladi. Xonada saqlangan yog‘ochning namligi 8-12
%, quruq havoda saqlangan yog‘ochning namligi 15-18 % bo‘lishi mumkin.
Qurishi, shishishi va tob tashlashi muxit harorati va namligiga bog‘liq bo‘lib, yog‘ochdan tayyorlangan buyum va konstruksi- yalarning shakli va o‘lchamlarining o‘zgarishiga olib keladi.
Yog‘ochning namligi gigroskoplik chegarasidan kamayganda un- ing to‘qimalari bo‘shliqlaridagi namlikdan tashqari to‘qimalar de- vorlaridagi namlik ham chiqa boshlaydi. Bu esa yog‘ochning qoq qurishiga, xossalarning o‘zgarishiga va tob tashlashiga olib keladi [7; 19 b].
Yog‘och tolasimon tuzilishda bo‘lgani uchun qurishdan nisbiy kichrayish turlicha bo‘ladi: tolalari bo‘ylab-0,1 % (1m ga 1mm), radial yo‘nalish bo‘yicha-3-6 % (1m ga 3-6sm) va tangensial yo‘na- lish bo‘yicha - 6-12 % (1m ga 6-12 sm).
Yog‘ochni qoq qurishdan saqlash uchun lok-bo‘yoq moddalar bilan qoplash zarur.
Tekstura-yog‘ochning yillik xalqalari, nurlari, yog‘ochligidan iborat tabiiy chizgilardir. Dub, buk, yasen, chinor, nok, yong‘oq da- raxtlari teksturasi chiroyli hisoblanadi. Tropik yog‘ochlar-ebek qora, bakut qo‘ng‘ir rang, qizil va temir daraxtlari juda chiroyli tekstura- ga ega bo‘ladi. Zich yog‘ochlar qayta ishlaganda yaltiraydi, namlik ta’sirida chirish bu xususiyatni kamaytiradi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik yog‘ochning turiga, zichligiga, namligi- ga, bog‘liq bo‘ladi. Quruq holatdagi qarag‘ayning issiqlik o‘tkazuv-
chanligi tolalari bo‘ylab 0,34 Vt/(m0S), tolalariga perpendikulyar yo‘nalishda 0,17 Vt/(m0S), ga teng bo‘ladi [7; 34 b].
Elektr o‘tkazuvchanlik yog‘ochning namligiga bog‘liq. Quruq holatdagi qarag‘ayning elektr qarshiligi 75x107 Om.sm. Xo‘llan- ganda bu kattalik o‘nlab marta kamayib ketadi. Shu sababli elektr tizimida ishlatiladigan yog‘och quruq xolatda bo‘lishi shart.
Yog‘ochning tolasimon strukturasi uning xossalarini ta’sir etuv- chi kuchning yo‘nalishiga qarab turlicha bo‘lishiga olib keladi. Yog‘ochning tolalari bo‘ylab siqilishga mustahkamligi tolalariga ko‘ndalangiga nisbatan 4-6 marta ko‘p bo‘ladi. Yog‘ochning mexa- nik xossalari uning turiga, namligiga va nuqsonlariga bog‘liq bo‘la- di. Yog‘och egilishga va cho‘zilishga tolalari bo‘ylab, siqilishga esa tolalariga ko‘ndalang ravishda yaxshi ishlaydi (1.1-jadval).
Yog‘ochning namligi uning mustahkamligini kamaytiradi. Yog‘ochda uchraydigan ko‘zlar, qiyshiq qatlam, buralish, chirish kabi nuqsonlar uning mexanik hossalarini yomonlashtiradi. Yog‘och- ning agressiv muxitlarga chidamliligi uning turiga bog‘liq.
Igna bargli daraxtlar yog‘ochlari bargli daraxtlar yog‘ochlariga nisbatan agressiv muxitlarga chidamli bo‘ladi. Yog‘ochning agres- siv muxitlarda buzilish tezligi muxitning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Kuchsiz ishqorlar va mineral kislotalarda yog‘och material- lar uzoq muddat xizmat qiladi.