Monoplacophora va Qorinoyoqlilar(Gastropoda) sinfi: bo’yicha dastlabki mulohazalar; tuzilishi evolyutsiyasi


Ikki pallali mollyuskalar (Bivalvia) sinfi



Yüklə 99,5 Kb.
səhifə7/9
tarix28.11.2023
ölçüsü99,5 Kb.
#166934
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Monoplacophora va Qorinoyoqlilar(Gastropoda)

Ikki pallali mollyuskalar (Bivalvia) sinfi.
Hozirgi paytda ikki pallali mollyuskalarni 8000 dan ortiq turi bo’lib shundan 1300 turi chuchuk suvlarda uchraydi. Kattaligi 2 mm dan tortib 1 m gacha bo’ladi. Ayrim turlari og’irligi 300 kg. Gigant tridakna Janubiy Afrika dengizlarida uchraydi.
Hammasi ikki tomoni yapaloqlashgan tarozi ikki pallasiga o‘xshash ikkita chig‘onoq bilan qoplangan, sodda bosh yo‘qolgan, mantiya bo‘shlig‘ida varaqchasimon jabralar bor (bu “sifon” deyiladi) bu tashqari bilan tutashadi. (Maxsus naycha)
Mazkur o‘zgarish – ikki pallalilarning hamma avlodlarini suv tubida yoki suv tubidagi biror narsaga yopishib yoki qum (balchiq) ni yorib kam harakat holda hayot kechirishi tufayli sodir bo‘lgan.
Bu hayvonlar okean, dengizlar, chuchuk suv havzalarining tubida yashashga layoqatlashgan. Ba’zilarining uzunligi 1,5 m (200 kg og‘irlikdagi) katta formalari bilan bir qatorda 1 sm li mayda turlari uchraydi. (10 – 15 sm ).
Chuchuk suv havzalarida ko‘p tarqalgan oddiy sadafdor – Anadonta tuzilishi va rivojlanishi bilan tanishamiz.
Oddiy sadafdor (baqachig‘onoq) – Anadonta Shimoliy yarim sharning sekin oqar daryolari ko‘llarda qum va balchiqda yarim botgan holda kam harakat qilib yashaydi.
Ikki pallali, tuxumsimon 15–20 sm bosh tomoni tumtoq, dum tomoni suyrilashgan, 1 ta muskul oyog‘i pallalar orasidan ko‘rinib turadi. Oziq, O2 yetarli bo‘lsa uzoq vaqt harakatsiz qoladi. Orqa tomonidan 2 ta naycha “sifonlar” chiqib turadi.
Pastki katta naycha suv kirish “sifoni” yelka kichik naycha suv chiqarish “sifoni” deb nomlangan. (Moddalar almashinuvi).
Bir xil kattalikdagi chig‘onoq pallalari asosan ohak (CaCO3) dan tuzilgan. Chig‘onoq sirtida yaxshi farqlanuvchi chiziqlarni ko‘rish mumkin. Bu chig‘onoqni yoshini bildiradi.
Pallalar maxsus muskullar orqali bir – biri bilan tutashib turadi.
Qorin tomonida katta muskulli ponasimon oyoq bo‘lib u chig‘onoq kengayganda chiqadi. Har ikki tomonida ikkitadan jabralar joylashgan.
Mantiya bo‘shlig‘ining oldingi (ust) tomonida og‘iz teshigi uning yon tomonida esa ikki juft og‘iz oldi paypaslagichlari joylashgan.

Yüklə 99,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin