Montessori pedagogikasi


Usul – biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish tartibi. Faollik



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə38/40
tarix22.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#159834
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
montessori majmua

Usul – biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish tartibi.
Faollik – biror maqsad yo’lida aqliy, jismoniy va boshqa harakatlarni tez va unumli amalga oshirishga intilish.
Faoliyat – 1) ongli maqsad bilan boshqariladigan kishining ichki (ruhiy), tashqi (jismoniy) faolligi; 2) atrof-muhitning kishilar tomonidan maqsadga muvofiq qayta bunyod etilishi.
Fasilitator – dars samaradorligini oshirish maqsadida guruh ishini tashkil etuvchi, ko’makchi, yo’naltiruvchi, mashg’ulot uchun qulay sharoit va samarali ishlash muhitini yaratuvchi, jarayonga javob bermaydi, xulosa chiqarmaydi.
Fasilitatsiya – shaxslarning ta’siri, ishtirokida mehnat unumdorligini oshirish, natijaga erishishga yordam berish, yangiliklarni qo’llash orqali sifat va samaradorlikka erishish.
Shakl – dars jarayonini amalga oshirishning eng qulay usullari, vositalari, ketma-ketligi, ta’lim oluvchilar soni, sarflangan vaqt, joy qulayliklarini o’z ichiga oladi.
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, foydali faoliyat turi bilan shug’ullanadigan, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’la oladigan, o’ziga xos shaxsiy xususiyatlar, muayyan xulq-atvor, mustaqil fikr va dunyoqarashga ega bo’lgan inson.
Evristik – yo’naltiruvchi savollarni berib borishga asoslangan o’qitishtizimi, topqirlik, faollikni rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim, o’quvizlanishli, optimallashtirilgan (qulaylashtirilgan) tafakkurni rivojlantiradi.
Eksperiment – yaratilgan yangilik, gipoteza, g’oyalarni sinov- tajribadan o’tkazish metodi.
Ekspert – kuzatuvchi, tahlil qiluvchi, tekshiruvchi, xulosa chiqaruvchi, tavsiya beruvchi, taklif va mulohaza bildiruvchi shaxs.
Yangi axborot texnologiyalari – kommunikatsiya texnologiyalari asosida turli metod, vositalar asosida olingan axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash asosida ta’lim jarayoniga yo’naltirish.
O’zlashtirish – tushunish, o’rganish orqali axborotning mazmuni, undan foydalanish yoki harakatlarni bajarish tartibi to’g’risida bilim va ko’nikmalar hosil qilish, muayyan xatti-harakat va xulq-atvor usullarini egallash jarayoni.
O’rganish – axborotdan foydalanish va turli harakatlarni ko’rsatilgan tartibda mustaqil bajarish ko’nikmalarini egallash, takrorlay olish, faoliyatidan iborat jarayon.
O’rgatish – o’quvchilarda axborotdan foydalanish, xulq- atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantirish maqsadida amalga oshiriladigan harakat, turli vosita va usullarni qo’llab tushuntirish, amaliy mashqlar orqali ko’rsatish jarayoni.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin