Differensial usuli -O‘lchanayotgan kattalikning va o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning
ayirmasini o‘lchash asbobiga ta`sir qilish usuli.
Majmuiy o‘lchash deb nimaga aytiladi ? Bir nechta nomdosh kattaliklarning birikmasini bir
vaqtda bevosita o‘lchashdan kelib chiqqan tenglamalar tizimini yechib, izlanayotgan qiymatlarni
topish.
O‘lchash vositasining ishonchliligi deganda nimani tushunasiz ?O‘lchash vositasining
ma`lum o‘lchash sharoitida, belgilangan vaqt mobaynida o‘z metrologik xususiyatlarini saqlashi
va bo‘zilmasdan ishlash ehtimolligini baholash
standartlashtirish deganda dunyo miqyosida birgina jug‘rofiy yoki iqtisodiy mintaqasiga qarashli mamlakatlarning tegishli idoralari uchun erkin holda ishtirok etishlari mumkin bo‘lgan standartlashtirish tushuniladi .Mintaqaviy
O’lchashlar natijasi hatoligining ishonchli chegaralari –o’lchashlar hatoligining eng katta va
eng kichik qiymatlari bo’libular chegaralagan oraliqda o’lchashlar natijasi hato-ligining
izlanayotgan qiymati berilgan ehtimollik bilan joylashadi.
Asbobning xususiy energii sarfi nima va nimaga bog‘liq? Bu asbobning zanjirdan iste`mol
qiluvchi quvvati bo‘lib, o‘lchash asbobining tizimiga va konstruktiv ishlanishiga bog‘liq
Bilvosita o‘lchash -Bevosita o‘lchangan kattaliklar bilan o‘lchana-yotgan katalik orasida
bo‘lgan ma`lum bog‘lanish asosida kattalikning qiymatini topish.
Mos kelish usuli - O‘lchanadigan kattalik bilan o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning
ayirmasini shkaladagi belgilar yoki signallarning ustma-ust tushish usuli.
Quyida ko‘rsatilgan oddiy ta`riflarning qaysi biri “Kattalikning xaqiqiy qiymati” tushunchasiga mos keladi? Tajriba orqali topilgan qiymat chin qiymatga shu darajada yaqinki,
berilgan o‘lchash masalasida buning o‘rnida foydalanish mumkin.