Metrologiya 10-11-12-test
1.Standartlashtirish deb nimaga aytiladi?
Javob: Standartlashtirish – bu mavjud va bo‘lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko‘p
marotaba tadbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada
tartiblashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyatdir
2.Standartlashtirish usuli –
Javob: Birxillashtirish, turlash, agregatlashtirish, o‘zaroalmashuvchanlik
3.ISO9000 seriyadagi standartlardan nima maqsadlarda foydalanish mumkin?
Javob: Korxonalarda sifat tizimini ishlab chiqish uchun
4.“O‘zstandart”ni qayta nomlanganligi to‘g‘risidagi VM qarorini ko‘rsating?
Javob: №342 03.10.2002
5.O‘zbekistan Respublikasida «Standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risida» gi
Vazirlar Mahkamasining qarori nechanchi raqam bilan va qachon qabul qilingan?
Javob: № 93, 02.03.92
6.Respublikada standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirishni qaysi
idoralar ta’minlaydi?
Javob: O‘zstandart” agentligi, Uz R Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zR Davlat
tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, O‘zR sog‘liqni saqlash Vazirligi.
7.ISO 9000 va ISO 14000 seriyalaridan standartlarni nima maqsadda foydalanish mumkin?
Javob: Korxonada sifat va ekologik boshqaruv tizimini ishlab chiqish uchun
8.Respublikada Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni qaysi
tashkilot muvofiqlashtirib turadi?
Javob: O‘zstandart" agentligi
9.O‘zbekiston davlat standart namunalari qanday belgilanadi?
Javob: O‘z DSt XXXX:XXXX
10.O‘zbekistonda standartlatirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlat nazoratini
qaysi tashkilot amalga oshiriladi?
Javob:« O‘zstandart» agentligi
11.ISO 14000 seriyali standartlardan nima maqsadlarda foydalanish mumkin?
Javob: Korxonalarda ekologik boshqaruv tizimlarini yaratish uchun
12.ISO 9000:2005 standarti bo‘yicha iste’molchilarning qanoatlanganligi – bu
Javob: ularning talablarini bajarilishi darajasiga iste’mol fikr
13.Milliy standart nima?
Javob: Bu standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan milliy idora tomonidan qabul qilingan va
istemolchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan standartdir
14.Standartlashtirish obyekti va parametrlariga mavjud variantlari ichidan ularni taqqoslash yo`li
bilan tanlanishi …. deyiladi.
Javob: Optimallash
15.Texnik reglament bu-
Javob: Mahsulot, jarayon yoki xizmatlarni havfsizligiga majburiy talablar o‘rnatuvchi, texnik
jihatdan tartibga solish sohasining me`yoriy xujjati
16.ISO 14000 seriyali standartlarning birinchi varianti qaysi yilda qabul qilingan?
Javob: 1996 yilda
17.O‘lchashlar biriligini ta’minlash va standartlash bo‘yicha davlat nazorati va tekshiruvi
o’bektlari qaysilar?
Javob :Me’yoriy hujjatlar, shu jumladan mahsulotga majburiy talabalarni o‘rnatadigan me’yoriy
xujjat, mahsulot
18.Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash (MGS)-
qachon tashkil topgan?
Javob: 1992 yilda
19...standartlashtirish faoliyatida barcha mamlakatlarning tegishli idoralari erkin holda ishtirok
etishi mumkin.
Javob:Xalqaro
20.O‘lchash vositalarini qiyoslash bo‘yicha asosiy qoidalar qaysi davlat standartida belgilangan?
Javob: O‘z DSt 8.003:2005
21... standartlashtirish deganda dunyo miqyosida birgina jug‘rofiy yoki iqtisodiy mintaqasiga
qarashli mamlakatlarning tegishli idoralari uchun erkin holda ishtirok etishlari mumkin bo‘lgan
standartlashtirish tushuniladi.
Javob: Mintaqaviy
22.Standartlarni ishlab chiqish qanday bosqichlardan iborat?
Javob: Zaruriyat tug‘ilganda standartni ishlab chiqishda texnikaviy topshiriq ishlab chiqiladi va
tasdiqlanadi, standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahriri) va uni fikr mulohazalar olish
uchun yuborish, fikr - mulohazalar ustida ishlash, standart loyihasini (oxirgi tahririni) ishlab
chiqish, kelishish va tasdiqlashga taqdim yetish, standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish.
23.Milliy standartlashtirish idorasining faoliyati
Javob: bu muayyan bir mamlakat doirasida o‘tkaziladigan standartlashtirish faoliyatidir
24.Kompleks standartlashtirish ob’eklarini tanlashdagi asosiy mezonlar nimalardan iborat?
Javob: hamma javoblar birgalikda to’g’ri
25.ISO 14001 seriyali standartga tegishli:
Javob: atrof muhitni himoya qilishni boshqarish
26.O`suvchan standartlashtirish qanday tasniflanadi?
Javob: javoblar birgalikda to`g`ri
27.Korxonaning realizatsiya qilinadigan mahsulotiga standartlari davlat ro‘yxatidan
o‘tkaziladimi?
Javob: O‘tkaziladi
28.ISO 9001:2008 seriyali standarti asosidagi korxonani sertifikatlashtirish shuni ko‘rsatadiki,
bunda:
Javob: barcha biznes-jarayonlar nazorat qilinadi
29.Standart qanday muddatga tasdiqlanadi?
Javob: muddati cheklanmagan yoki cheklangan tarzda
30.O‘zbekiston Respublikasida shtrix kod standartlarini qaysi vakolatli idora bajaradi?
Javob: Shtrix kodlash markazi
31.Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun standart necha nusxada topshirilishi lozim?
Javob: 4 nusxada: asl nusxasi, ikkinchi nusxasi va ikkita ko‘chirmasi.
32.“Standart” so‘zi qаndаy mа`nоni bildirаdi?
Javob: nemischа “Standarte” so‘zidаn оlinib, “namuna” dеgаn mа`nоni bildirаdi vа mе`yoriy
hujjаt nоmi bilаn yuritilаdi.
33.Qaysi standart halqaro toifaga mansub?
Javob ISO 9001
34.Standart tasdiqlanib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyinuning qaysi nusxalari ishlab
chiquvchiga qaytariladi?
Javob: asl nusxa va ko‘chirmaning ikkinchi nusxasi
35.Stаndаrtlаrni ishlаb chiqish bоsqichlаri ketma-ketligi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Javob: Zаruriyat tug‘ilgаndа stаndаrtni ishlаb chiqishdа tеxnikаviy tоpshiriq ishlаb chiqilаdi vа
tаsdiqlаnаdi, stаndаrt lоyihаsini ishlаb chiqish (birinchi tаhriri) vа uni fikr mulоhаzаlаr оlish
uchun yubоrish, fikr - mulоhаzаlаr ustidа ishlаsh, stаndаrt lоyihаsini (оxirgi tаhririni) ishlаb
chiqish, kеlishish vа tаsdiqlаshgа tаqdim etish, stаndаrtni tаsdiqlаsh.
36.ISO 9000:2005 standarti bo‘yicha rejalashtirilgan natijalarga erishish va rejalashtirilgan
faoliyatni amalga oshirish darajasi – bu:
Javob: Samaradorlik
37.Mahsulotga ma’muriy-xududiy standartlar davlat ruyxatidan o‘tkazilishi kerakmi?
Javob: o‘tkaziladi, albatta
38.O‘lchashlar biriligini ta’minlash va standartlar bo‘yicha davlat nazorati va tekshiruvida
qiyoslash natijalari bo‘yicha qanday xolatlarda maxsus usullar kiritildai?
Javob: ishlab chiqarishni to‘xtatish imkoni mavjud bo‘lmaganda va me’yoriy xujjatlarda tizimli
bo‘zilishlar bo‘lgan holatdarda
39.“Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul qilingan?
Javob: 1993 yil 28 dekabr
40.Standart loyihasi korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilganidan so‘ng o‘z fikr –
mulohazalarini tuzib, standartni ishlab chiquvchi tashkilotga qabul qilgan kundan boshlab ichida,
kechiktirmasdan yuboradilar.
Javob: 5 kun
41.Davlat nazoratini o‘tkazish uchun Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi buyrug‘i
qachon chiqariladi?
Javob: Davlat inspektorlari davlat nazorati sub’ektiga boradigan barcha hollarda
42.Qaysi standart davlatlararo toifaga ega?
Javob: GOST 16263-70
43.Standarlashtirishning xalq xo`jaligi taraqqiyotiga uchta asosiy faoliyatini aniqlang?
Javob: fan, yangi texnologiya, sifatli mahsulot
44.Standartlar va xo‘jalik sub’ektlarida o‘lchashlar vositalari ustidan davlat nazorati va
tekshiruvini o‘tkazish muddatlari qanaqa amalga oshiriladi?
Javob: ko‘pi bilan 30 kalendar kun
45.Tegishlicha belgilangan mahsulot, jarayon yoki xizmatlarning ma’lum standartga yoki boshqa
me’yoriy hujjatga mos kelishiga ishontiradigan hujjat nima deyiladi?
Javob: Muvofiqlik sertifikati
Dostları ilə paylaş: |