8 O’lchash sharoitlarining o’zgarishiga bog’liq o’lchash hatoligi deganda –
Javob: bir kattalikning o’zini turli joylarda turli usullar, vositalar, operatorlar
bilan turli vaqtlarda
olingan, lekin bir xil o’lchash sharoitlariga (temperatura, bosim, namlik va b.) keltirilgan
o’lchash-lar natijalarining yaqinligi.
9 .................... deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o‘lchash
vositasiga aytiladi.
Javob: O‘lchov
10 Birgalikdagi o‘lchash -
Javob: Ikki va undan ortiq kattaliklar orasidagi munosabatni topish
uchun bir vaqtda
o‘tkaziladigan o’lchash.
11 Elektromexanik turidagi ko’rsatuvchi asboblarda standart bo’yicha quyidagi aniqliklar
ishlatiladi:
Javob: δa.k Œ{0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1; 1,5; 2,5; 4}
12 Mos kelish usuli -
Javob: O‘lchanadigan kattalik bilan o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi
belgilar yoki signallarning ustma-ust tushish usuli.
13 Majmuiy o‘lchash deb nimaga aytiladi?
Javob: Bir nechta nomdosh kattaliklarning birikmasini bir vaqtda bevosita o‘lchashdan kelib
chiqqan
tenglamalar tizimini yechib, izlanayotgan qiymatlarni topish.
14 O‘zbekistan Respublikasida «Standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risida» gi
Vazirlar Mahkamasining qarori nechanchi raqam bilan va qachon qabul qilingan?
Javob: №92, 29.11.92
15 Raqamli o‘lchash asboblari qanday o‘lchash usuliga asoslanadi?
Javob: Diskret o‘lchash usuliga
16 O’lchashning asbobiy hatoligi deganda –
Javob: qo’llaniladigan o’lchash vositasining hatoligiga bog’liq bo’lgan, o’lchash hatoligining
tashkil etuvchisi.
17 O’lchashning tasodifiy hatoligi deganda –
Javob: bir kattalikning o’zini bir xil sharoitlarda, bir xil puxtalik va usul
bilan bir xil vositalar
yordamida takror o’lchash natijalarining bir-biriga yaqinligi.
18 Nolga keltirish usuli -
Javob: O‘lchanadigan kattalikning taqqoslash asbobiga ta`siri natijasini nolga keltirish lozim.
19 Aprior so‘zi nima ma`noni anglatadi?
Javob: Boshlang‘ich, muayyan voqea, voqelik yoki tajribagacha bo‘lgan ma`lumotlar,
bilimlar
majmuini anglatadi.
20 Davriy hatoliklar deganda –
Javob: qiymati vaqt ga yoki o’lchash asbobi ko’rsatkichining siljishiga davriy bog’liq bo’lgan
xatoliklar
21 O‘lchash vositalarining statik xarakteristikasi deganda –
Javob: o‘lchash vositalarining statik ish rejimidagi parametrlari tushuniladi yoki boshqacha
aytganda, kirish kattaligi o‘lchash olib borilgan vaqt davomida o‘zgarmaydi.
22 Differensial usuli -
Javob: O‘lchanayotgan kattalikning va o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini o‘lchash
asbobiga ta`sir qilish usuli.
Dostları ilə paylaş: