Morfema morfemika birlik sifatida


-bon: ot asosdan anglashilgan narsani saqlovchi, parvarishlovchi shaxs otini yasaydi: bog‘bon, qo‘ychibon\qo‘ychivon, darvozabon. -boz



Yüklə 359,5 Kb.
səhifə12/46
tarix15.06.2023
ölçüsü359,5 Kb.
#130740
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46
1-44

-bon: ot asosdan anglashilgan narsani saqlovchi, parvarishlovchi shaxs otini yasaydi: bog‘bon, qo‘ychibon\qo‘ychivon, darvozabon.
-boz: ot asosdan anglashilgan narsa, mashg‘ulot bilan shug‘ullanuv-chi otni yasaydi: dorboz, kaptarboz, nayrangboz, qilichboz.
-paz: ot anglatgan narsani pishiruvchi shaxs otini yasaydi: oshpaz, somsapaz, kabobpaz.
-dor: ot anglatgan narsaga ega bo‘lgan shaxs otini yasaydi: chorvador, mansabdor, puldor, amaldor. Bu affiks sifat yasovchi –dor bilan shakldoshdir: aydor, rangdor.
-shunos: biror soha bilan shug‘ullanuvchi shaxs otini yasaydi: tilshunos, tabiatshunos.
-xon: asosdan anglashilgan narsaning doimiy o‘quvchisi ma’nosi-dagi ot yasaydi: kitobxon, duoxon, gazetxon.
-soz: ot anglatgan narsaning tuzatuvchisi, yaratuvchisi ma’nosidagi ot yasaydi: soatsoz, mashinasoz, asbobsoz.
-do‘z: ot anglatgan narsani tayyorlovchi shaxs otini yasaydi: etikdo‘z, maxsido‘z, do‘ppido‘z

So'z yasash qolipi
Yasama so‘zlar lisoniy ham, sof nutqiy ham bo‘lishi mumkin. Misol sifatida quyidagi so‘zlarga murojaat qilamiz. Paxtakor, ishchi, kitobchi, domladosh, aqlli, daftarchi, sharsimon, uysimon. Bu so‘zlarni ikki guruhga bo‘lamiz:

  1. paxtakor, ishchi, aqlli, sharsimon;

  2. kitobchi, domladosh, daftarchi, uysimon.

Har ikkala guruh so‘zlari ham yasama so‘zlar hisoblanadi. Biroq ulardan birinchisi qulayligi, odatlanilganligi, keng iste’molligi bilan xarakterlansa, ikkinchi guruh so‘zlari unchalik qulay emasligi, kam iste’molliligi, favquloddaligi bilan birinchi guruh so‘zlaridan ajralib turadi.
Demak, birinchi guruh yasama so‘zlari ijtimoiy shartlanganlik xossasiga ega va shu boisdan yuqoridagi zikr etilgan belgilar ularning barchasi uchun umumiydir.
Ikkinchi guruh so‘zlari esa nutqiy hodisa ekanligi, endigina so‘z yasash qolipidan chiqqanligi bois, odatlanilmaganlik, favquloddalik kasb etgan.
Ko‘rinadiki, nutqiy yasama so‘zlarning ayrimlari nutq bosqichidagina mavjud bo‘lsa, ba’zilari o‘zlarini chiqargan qoliplardan uzoqlashib, bir butun holda lisoniy sathga ko‘tarilib ketadi.
Hosilalarining lison va nutqqa munosabati jihatidan so‘z yasash qoliplari ham farqlanadi. Biz ularni unumsiz (tarixiy) va unumli (zamonaviy) so‘z yasash qoliplari sifatida farqlaymiz.
Unumli so‘z yasash qoliplari deganda tilimiz tarixida ham, bugungi kunda ham cheksiz yangidan-yangi so‘zlar yasaydigan qoliplar tushuniladi. Masalan, [[aniq ot]+[chi]=ot anglatgan narsa predmet bilan shug‘ullanuvchi kishi] qolipi hosilalarini kuzataylik. Bu qolipdan ishchi, bo‘zchi, futbolchi, dasturxonchi, ovchi kabi bugungi kunda lisoniylashgan, leksemalashgan hosilalar bo‘lgan so‘zlar ham, noschi, daftarchi, telefonchi, pomidorchi kabi lisoniylashmagan, ma’lum bir nutq jarayonidagina yasalayotgan o‘tkinchi nutqiy hosilalar ham vujudga kelgan.
Unumli so‘z yasash qoliplari yasalish xususiyatiga ega bo‘lgan barcha so‘z turkumlarida mavjud. (Bu haqda «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kursining «So‘z yasalish» bo‘limida batafsil ma’lumot olasiz.)
Unumsiz (tarixiy) so‘z yasash qoliplari bugungi kunda hosila bermaydigan, so‘z yasash uchun xizmat qilmaydigan qolip-lardir. Masalan, keskin, to‘lqin, bosqin, uchqun, tuyg‘un so‘zlari [[fe’l ]+[gin]=ot] qolipi asosida hosil qilingan. Biroq ushbu qolipdan chiqqan hosilalar rang-barang bo‘lib, ulardan anglashilgan ma’nolarni qolipning tenglik belgisidan o‘ng tomondagi mazmuniy tomonidan keltirib chiqarib bo‘lmaydi. Chunki bu hosilalar tarixiy yasama so‘zlar bo‘lib, davrlar o‘tishi bilan ularning ma’noviy tabiatida ham, grammatik jihat-larida ham evolyutsiya jarayoni kechgan. Chunki qolip bugungi kunda ishlamaydigan, foydalanilmaydigan holga kelgan, ularning hosilalari esa qolipdan behad uzoqlashib, ma’nolarning ixtisoslashishi va bir-biridan uzoqlashishi yuz bergan. Natijada aslida bir qolipdan chiqqan hosilalar (yasama so‘zlar) mustaqil leksemalarga aylanib, bir-birinikiga yaqin va bog‘liq bo‘lmagan turli-tuman ma’nolarni anglatadi. Tadqiqotchilar o‘zbek tilidagi unumsiz (tarixiy) so‘z yasash qoliplarining yuzga yaqin ko‘rinishini ajratishadi.
2-§. Qo’shma, juft, takroriy so’z yasalish qolipi hosilalarida leksemalashish
Semamalarning nutqda «kichraygan» holda namoyon bo‘lishi yoxud (lisoniy sathda) sememalarning semalarga aylanishi qo‘shma, juft leksemalarda yoki so‘zlarda yanada yorqinroq ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Qo‘shma leksemalar tarixan ikki va undan ortiq o‘zak (lug‘aviy morfema) ning shakliy va mazmuniy butunlikka aylanishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, belbog‘, tezoqar, belkurak leksemalari. Bundagi, deylik, belbog‘ leksemasi sememasini quyidagicha tavsiflash mumkin: «belni bog‘lash uchun ishlatiladigan mato». Demak, semema «bel», «bog‘lash», «mato» semalaridan tashkil topgan. Sememadagi «bel» semasi bel leksemasi sememasining toraygan «semalashgan» ko‘rinishidir.
Juft leksemalarda ham bu holatni kuzatish mumkin. Masalan, ota-ona leksemasi sememasi tarkibida ota va ona leksemalari sememalari semalar sifatida ishtirok etgan.

Yüklə 359,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin