Morfema morfemika birlik sifatida


Yasama so'z taraqqiyotida ixtisoslashish soddalashish va tublashish hodisasi



Yüklə 359,5 Kb.
səhifə10/46
tarix15.06.2023
ölçüsü359,5 Kb.
#130740
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46
1-44

Yasama so'z taraqqiyotida ixtisoslashish soddalashish va tublashish hodisasi
Til haqidagi fanlar sistemasida so‘z yasalishi nazariyasining o‘rni masalasi uzoq vaqtlardan beri barcha tilshunoslar uchun bahsli munoza manbai bo‘lib kelmoqda. So‘z yasalishi tilshunoslar tomonidan goh morfologiya sohasiga, goh leksikologiya sohasiga kiritilib kelgan.
Tilshunoslikda so‘z yasalishining o‘rni haqida V.V.Vinogradov tomonidan aytilgan fikr ibratlidir. Unga ko‘ra, so‘z yasalishi tilshunoslik fanida salmoqli ahamiyat kasb etar ekan, u leksikologiya - tilning lug‘at tarkibi haqidagi fan bilan, o‘z o‘rnida grammatika bilan yaqinlashar ekan - shakl yasash ta’limoti hamda so‘z birikmasi sintaksisi bilan ham bo‘g‘liqdir. Bunday nuqtai nazarni qo‘llab-quvvalovchilar soni kun sayin ortib bormoqda.
Hozirgi paytda so‘z yasalishi nazariyasini mustaqil fan sifatida rasmiylashtirish jarayoni bu sohadagi ba’zi tushunchalarga yangicha yondashish, ba’zi so‘z yasovchi vositalarni uzil-kesil tasdiqlash va ushbu sohaga tegishli tahlil metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi.
Har bir tilda so‘z yasashning usullari va vositalariga etarlicha e’tibor qaratilsa-da, mazkur masalani qiyosiy o‘rganish nisbatan kam ishlangan. Hatto yaxshi o‘rganilgan tillarda ham so‘z yasovchi vositalar atroflicha o‘z ifodasini topmagan. Bundan tashqari, bu sohada qilingan ishlar turli tadqiqot metodlarini qo‘llash orqali, har xil maqsadni ko‘zlagan va o‘rganilayotgan hodisaga turlicha yondashgan holda amalga oshirilganligi ma’lum tillar guruhi uchun tadqiqot natijalarini qiyoslash imkoniyatini qiyinlashtiradi yoki umuman iloji bo‘lmaydi. Tipologik tahlil muammolari, asosan, turli tillarning morfologik xususiyatlarini tadqiq etishda vujudga keladi. Til strukturasining boshqa tomonlari bu nuqtai nazardan nisbatan kam o‘rganilgan. Masalan, leksika va semantika sohasida universal hodisalar tadqiqi birinchi bosqichda turibdi. “Konkret leksik tarkibning mavjud bo‘lishiga qaramay, bir necha tillar guruhiga xos bo‘lgan umumiy leksik-semantik modellar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash kerak. Agar mavjud bo‘lsa, ularning qonuniyatlari va xususiyatlariga oidinlik kiritish kerak bo‘ladi” (M.M.Maковский, 1969, c.24). Tipologik tadqiqotning asosiy vazifasi - har bir alohida olingan til sistemasi uchun umumiy bo‘lgan modellar munosabatini o‘rnatishdan iboratdir.
So‘z yasalishini ko‘rib chiqish davomida, bu sohada tillarning tipologik o‘xshsashligi yaqqol ko‘zga tashlanganidek, ularning farqlari ham shunchalik aniq-ravshan ko‘rinib turishining guvohi bo‘lish mumkin. Bu fikrning tasdig‘i sifatida beshta slavyan tillari ustida (V.A.Nikonov 1962, c. 103-116) va uchta german tillari ustida olib borilgan (V.V.Gurevich 1970) tadqiqot natijalarini keltirish mumkin.
Ingliz va rus tillari hind-ovrupa tillariga mansub bo‘lganliklari uchun ularning so‘z yasashda ko‘pgina o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lishi tabiiydir. Ammo shu bilan birga, yuqorida aytilgan tillarning alohida so‘z yasovchi vositalar o‘rtasidagi munosabatlarning turli xususiyatlarga egaligi, o‘ziga xos so‘z yasash usullari mavjudligi hamda har bir tilda so‘z yasashning u yoki bu usullarining mahsuldorligi darajasi bilan namoyon bo‘ladigan individualligi bilan ajralib turadi.
So‘z yasashda asosan morfologik, morfologik-sintaktik, leksik-semantik va leksik-sintaktik usullar mavjud. Hozirgi zamon ingliz va rus tillari leksikasini boyituvchi eng mahsuldor usullardan biri – bu so‘z yasashning morfologik usulidir. Bu usul affikslar va so‘z qo‘shish yordamida hamda affikslarsiz so‘z yasash orqali amalga oshiriladi. Affikslarsiz so‘z yasashda tovushlar almashinuvi va so‘z yasash vositasi sifatida urg‘uni ko‘chirish orqali amalga oshiriladi. Lekin so‘z yasashning bu usuli ko‘p tarqalmagan. U ayniqsa fe’llardan va sifatlardan ot yasashda ko‘proq kuzatiladi. Masalan: рус. свистеть – свист, звать – зов, глухой-глушь, тихий –тишь; ингл. to lose-loss, to bleed-blood, to live-life, to ob΄ject-΄object, to pre΄sent-΄present.
Affikslarsiz so‘z yasash usuliga ingliz tilida keng tarqalgan konversiyani, ya’ni berilgan o‘zakni so‘z o‘zgartirishning boshqa paradigmasiga ko‘chirish orqali so‘z yasash usulini kiritish mumkin. Bunda yangi so‘zning sintaktik birikuvi o‘zgargani sababli konversiya so‘z yasashning morfologik-sintaktik usulini taqozo etadi. Konversiya yo‘li bilan yasalgan so‘zlarning ko‘pchiligini fe’llar tashkil qiladi: chair - to chair, light - to light, free - to free, wet - to wet, down – to down va hokazo.

Yüklə 359,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin