Morfema morfemika birlik sifatida


O'zbek tilida leksemani grammatik shakillanturuvchi vosita va uning turlari



Yüklə 359,5 Kb.
səhifə15/46
tarix15.06.2023
ölçüsü359,5 Kb.
#130740
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
1-44

O'zbek tilida leksemani grammatik shakillanturuvchi vosita va uning turlari
So`zning biror grammatik ma’no ifodalaydigan ko`rinishi uning grammatik shakli deyiladi. Grammatik shakl grammatik ma’noni ifodalashning eng zaruriy sharti, tilda ular biri ikkinchisiz mavjud bo`lmaydi. Masalan, otlardagi ko`plik ma’nosi –lar affiksli shakl orqali ifodalanadi: gullar; tushum kelishigi ma’nosini –ni affiksli shakl ko`rsatadi va h.k.
O`zbek tilida so`zlar bir grammatik ko`rsatkichli, ko`p grammatik ko`rsatkichli yoki grammatik ko`rsatkichsiz shaklda bo`lishi mumkin. Masalan: mamlakat – grammatik ko`rsatkichsiz so`z shakli; mamlakatlari – bir grammatik ko`rsatkichli so`z shakli; mamlakatlarida – ko`p grammatik ko`rsatkichli so`z shakl.
Hozirgi o`zbek tilida so`zlarning grammatik shakllari affikslar, yordamchi so`zlar vositasida, so`zlarni juftlash yoki takrorlash orqali hosil qilinadi. SHunga ko`ra so`zlarning quyidagi grammatik shakllari farqlanadi:
1. Sintetik shakl. Bu shakl shakl yasovchi affikslar vositasida hosil bo`ladi: kitobning, kitobni, kitobga, kitobda; o`qimoqdaman, o`qimoqdasan, o`qimoqdamiz, o`qimoqdasiz kabi.
2. Analitik shakl. Mazkur shakl yordamchi so`zlar orqali yuzaga keladi: bolalar uchun, zavq bilan, o`qib tur, o`qib ko`r kabi.
3. Juft va takroriy shakl. Ikki so`zni juftlash yoki bir so`zni takrorlash bilan ham grammatik shakl yasaladiki, bunday shakl juft va takroriy shakl deb yuritiladi: tog`-tosh, katta-kichik juft shakli umumlashtirish ma’nosini, savat-savat (non), tog`-tog` (paxta) takrorlash shakli ko`plik, mo`llik ma’nosini ifodalaydi, katta-katta, tez-tez takroriy shakl ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi.

So`zning shakllari tizimida ko`rsatkichga ega bo`lmagan so`zning maxsus ko`rinishi nol ko`rsatkichli (Ø ko`rsatkichli) shakl deb yuritiladi. So`zning bunday ko`rinishi so`z shakllari tizimida belgilanadi.


So`zning grammatik shakllari tizimi paradigma (yunoncha paradeima – «namuna») deyiladi.
Paradigma o`z xususiyatiga ko`ra ikki turga bo`linadi: 1) xususiy paradigma, to`liq paradigma.
Bir turkumga oid so`zning muayyan shakllari tizimi xususiy paradigmani yuzaga keltiradi. Masalan, otlardagi son paradigmasi (kitob-kitoblar), kelishik paradigmasi (kitob – kitobning – kitobni – kitobga – kitobda - kitobdan) va boshqalar xususiy paradigmalar hisoblanadi.
Bir turkumga xos xususiy paradigmalar yig`indisi to`liq paradigmani hosil qiladi. Masalan, otga xos to`liq paradigma: kitob-kitoblar-kitob-kitobning-kitobni-kitobga-kitobda-kitobdan-kitobim-kitobing-kitobi-kitobimiz-kitobingiz... Bunda son, kelishik va egalik paradigmalari to`liq paradigmani tashkil etgan.
Grammatik kategoriya
Bir-biriga qiyosan olinadigan ikki yoki undan ortiq grammatik ma’no bilan shu ma’noni ifodalovchi grammatik shakllar tizimi grammatik kategoriya deyiladi.
Grammatik kategoriya so`zlarni, so`z shakllarni, so`z o`rinlarini, so`z qurilmalarini birlashtiradi, umumlashtiradi. Shunga ko`ra grammatik kategoriyalarning to`rt turi farqlanadi: 1) so`zning grammatik kategoriyalari; 2) so`z shakllarning grammatik kategoriyalari; 3) so`z o`rinlarining grammatik kategoriyalari; 4) so`z qurilmalarining grammatik kategoriyalari.
So`z va so`z shakllarning grammatik kategoriyalari tizimi tilning morfologiyasini tashkil etsa, so`z o`rinlari va so`z qurilmalarining grammatik kategoriyalari tizimi tilning sintaksisini tashkil etadi.

Yüklə 359,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin