14-§.Fe’llarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Fe’llar tuzilishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.Sodda fe’llar bir o‘zak morfemadan iborat bo‘lgan tub: o‘qi,kut,kel, ol va yasama: ishla, tozala, oqar, ko‘rsat so‘zlardan tashkil topadi.
2.Qo‘shma fe’llar ikki o‘zak morfemaning birikishidan hosil bo‘ladi va tarkiban quyidagicha tuzilishga ega bo‘ladi: a) ot yoki boshqa turkumga oid so‘zlar+fe’l: qaror qilmoq, ahd etmoq, taq etmoq, dod demoq, bayon qilmoq; b) fe’l+fe’l: ishlab olmoq, olib chiqmoq, borib kelmoq, sotib olmoq. Zamon va shax-son qo‘shimchalari qo‘shma fe’lning ikkinchi qismiga qo‘shiladi: borib keldim, olib chiqding kabi. Bunday qo‘shma fe’llar ikkita mustaqil ma’noli fe’lning bir umumiy ma’no doirasida birlashuvi va leksikalizatsiyasi asosida shakllanadi;
Murakkab fe’llar mustaqil va yordamchi (ko‘makchi) fe’l-larning analitik shakli asosida shakllanadi. Bunda aslida mustaqil lug‘aviy ma’noli bo‘lgan ikkinchi fe’lning grammatikalizatsiyalashu-vi sodir bo‘ladi: yuvib bo‘lmoq, ko‘rib qolmoq, bilib olmoq kabi.
Juft va takroriy fe’llar. Fe’llarning juft va takroriy shakllari ham mavjud. Ular quyidagicha xususiyatlarga ega bo‘ladi:
Fe’lning turli ma’nolarga ega bo‘lgan analitik shaklini hosil qiladi: a) bir xil gammatik shaklga ega bo‘lib, fe’lning yetakchi ko‘makchi shaklini hosil qilib turli modal ma’nolar ifodalaydi: aytdi-qo‘ydi, yozdi-qo‘ydi, o‘tdi-ketdi, qirdi-tashladi; b) qismlari turli gammatik shaklga ega bo‘lgan mustaqil fe’llar takrorlanib, harakatni ta’kidlash, kuchaytirish uchun xizmat qiladi: aytsam-aytay, borsang-bor, ketsang-ket, olsang-ol.
Nutq jarayonida boshqa turkumga ko‘chgan (konversiyaga uchragan) holda ishlatiladi: a) fe’llarning juft va takorlanishi natijasida otga xos ma’no hosil qiladi: qo‘ydi-chiqdi, oldi-berdi, dedi-dedi, keldi-ketdi; b) ravishga ko‘chadi: uzul-kesil, ag‘darto’ntar, bilinar-bilinmas, bora-bora, turib-turib, ura-sura, qotib-qotib.