Morfema morfemika birlik sifatida


O‘timli va o‘timsiz fe’llar



Yüklə 359,5 Kb.
səhifə21/46
tarix15.06.2023
ölçüsü359,5 Kb.
#130740
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46
1-44

O‘timli va o‘timsiz fe’llar. Fe’llar undan anglashilgan ish-harakatning narsaga munosabatiga ko‘ra o‘timli yoki o‘timsiz bo‘ladi.
1.Harakatning tushum kelishigidagi ot bilan ifodalangan narsaga o‘tishini bildiruvchi fe’llar o‘timli fe’l deyiladi. Masalan: ol, o‘qi, saqla, tozala fe’llari o‘timlidir.
2.Narsaga bevosita o‘tmaydigan harakatni anglatadigan fe’llar o‘timsiz fe’llardir. Masalan: bor, kel, o‘tir kabi fe’llar o‘timsizdir.
Fellardagi o‘timli yoki o‘timsizlik leksik-semantik va morfologik vositalar orqali ifodalanishi mumkin: a) o‘timli yoki o‘timsizlik fe’llarning leksik ma’nosidan anglashilib turadi. Ya’ni ular affikssiz qo‘llanganda ham o‘timli yoki o‘timsizlikka daxldor bo‘ladi. Masalan: yech, qo‘y, saqla, so‘ra, ko‘r kabi fe’llar o‘timli; bor, o‘tir, uxla, ko‘kar, tur kabi fe’llar esa o‘timsizdir. Fe’l ko‘p ma’noli bo‘lganda o‘z va ko‘chma ma’nosi bilan o‘timli yoki o‘timsiz bo‘lishi mumkin: kitob o‘qiydi- o‘timli, kitobdan yoki maktada o‘qiydi – o‘timsizdir; b) fe’lning o‘timli yoki o‘timsizligi unga qo‘shilib keladigan morfologik vositalar orqali belgilanadi. Bunda nisbat yasovchi affikslar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi: 1) orttirma nisbat affikslari o‘timsiz fe’lni o‘timliga aylantirishi mumkin: oq-oqiz, yur-yurgiz, kel-keltir, ishla-ishlat; 2) o‘zlik va majhullik nisbat affikslari esa o‘timli fe’lni o‘timsiz fe’lga aylantiradi: och-ochil, ko‘r-ko‘rin, tara-taran, tort-tortin. Ba’zan mustaqil fe’l tarkibida nisbat qo‘shimchalari ketma-ket qo‘shilib kelishi mumkin.
Mustaqil so'z turkumining xususiyatlari tiplari o'zgaruvchan va o'zgarmas turkumlar
Mustaqil so’z turkumlarini tilning sintaksis, punktuatsiya, orfografiya, leksikologiya kabi bo’limlari bilan bog’liq holda o’rganish imkoniyati mavjud. Mustaqil so’z turkumlarini o’rganish jarayonida ularning gapdagi sintaktik vazifasi haqida ham ma’lumot beriladi. Masalan, ot so’z turkumi barcha gap bo’laklari vazifasini bajarsa, sifat aniqlovchi, hol, kesim vazifalarida keladi. Fe’l turkumi esa kesim vazifasiga xoslangandir. Bunday ma’lumotlar berib borish morfologiya sathini sintaksis sathi bilan bog’lash imkoniyatini beradi. So’z turkumlarini o’rganishda imloviy bilimlar ham berib boriladi. Masalan, juft otlar, takroroy otlar, qo’shma otlar, qisqartma otlar o’rgatilganda ularning yozilishi haqida ham ma’lumot beriladi. Shunga doir mashqlar ishlanadi. Qolgan so’z turkumlarini o’rgatishda ham shunday ma’lumotlar beriladi. Bu esa so’z turkumlarini orfografiya bilan bog’liqligini ta’minlaydi.
So’z turkumlarini tilning fonetika, leksikologiya sathlari bilan ham yuqoridagi kabi bog’liqlikda olib borish mumkin. Bunday bog’lanish nazariy ma’lumotlarni berish, amaliy-ijodiy ishlarni bajarish jarayonida, test savollari bilan ishlashda yo’lga qo’yilishi mumkin.
Har bir mashg’ulotda morfologik tahlil o’tkazib borilishi lozim. Morfologik tahlil quyidan yuqoriga qarab murakkablashib boradi. So’z turkumiga oid nazariy tushuncha berila borilgani sari morfologik tahlil ham kehgaya boradi. Ko’plab metodistlar, o’qitivchilar so’z turkumi oxirida shu turkum bo’yicha tahlil o’tkazishni tavsiya qiladilar. Masalan, fe’l turkumi o’rganib bo’lingach, fe’l so’z turkumi yuzasidan tahlil o’tkaziladi. Bizningcha, tahlilni har bir mashg’ulotda yuqoridagi kabi quyidan yuqoriga qarab murakkablashtirib borish kerak. Masalan, 6-sinfda harakat va holat fe’llari o’rganilgach, o’quvchilar berilgan gapdan fe’lni topib, so’rog’ini aytadilar, uning harakat yoki holat ekanligini aniqlaydilar.
O’timli va o’timsiz fe’llar mavzusi o’rgatilgach esa yuqoridagi tartibda tahlil o’tkaziladi va o’quvchi fe’lning so’rog’ini harakat va holat fe’li ekanligini, o’timli yoki o’timsiz ekanligini aniqlaydilar. Tahlil shu tarzda kengayib, murakkablashib boradi.
3.Morfologik tahlilni sintaktik tahlil bilan qo’shib olib borish yaxshi samara beradi. Bunday yo’l tutish morfologiya va sintaksis o’rtasidagi bog’liqlikni taminlaydi. Bu esa o’quvchilarga morfologiya o’rganish jarayonida sintaktik bilimlarni unutmaslik, sintaksisga oid bilimlarni o’rganishga tayyorlanib borish imkoniyatini beradi.
4.So’z turkumlarining ma’noviy guruhlarini o’rgatish, ularni bir-biridan ajrata olishga o’rgatib borish talab etiladi. Bu orqali o’quvchilar umumiylikdan xususiylikni farqlashga o’rganib boradilar.
5.So’z tarkibi yuzasidan o’tkaziladigan tahlilni so’z turkumlariga mos ravishda o’tkazib borishning ahamiyati katta. Buni fe’l so’z turkumi yuzasidan o’tkaziladigan tahlil misolidan tushunishga o’rganib ko’ramiz.
Bunday tahlil ham soddadan murakkabga qarab kengayib boradi. Fe’l nisbatlarini o’rganish jarayonida o’quvchilar berilgan gap tarkibidagi fe’l turkumiga oid so’zni aniqlaydilar va uni tarkibiy qismlarga bo’ladilar: Masalan Ilm zehnimizni o’stiradi. O’quvchi fe’lni shunday tarkibiy qismga bo’ladi: o’s-asos, tir-orttirma nisbat shaklini hosil qiluvchi Qo’shimcha, -a kelasi zamon fe’li qo’shimchasi, -di shax-son qo’shimchasi, III shaxs, birlik.

Yüklə 359,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin