Моррининг сешанба дарслари



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
78
 
– Ha. Uzilyapman. Bu nafaqat men kabi oʻlim yoqasidagilar uchun, 
balki  sendek  tamomila  sogʻlom  odamlar  uchun  ham  muhim. 
Voqelikdan uzilishni oʻrgan. 
U koʻzlarini ochdi. Nafas chiqardi. 
– Bilasanmi, buddistlar nima deydi? Buyumlarga bogʻlanib qolmang, 
chunki hech biri boqiy emas. 
–  Toʻxtang,  toʻxtang,  —  dedim  men.  –  Axir,  doim  hayotda  hamma 
narsani  tatib  koʻrish  kerak  degan  oʻzingiz  emasmi?  Barcha  yaxshi 
hislarni, yomonlarini ham. 
– Ha. 
– Xoʻsh, agar voqelikdan uzilsangiz, qanday qilib tatib koʻrasiz? 
–  Hmm.  Fikrlayapsan,  Mich.  Ammo  uzilish  bu  voqelikning  ichingga 
kirib  borishiga  monelik  qilish  degani  emas.  Aksincha,  uning  senga 
toʻliq singib ketishiga imkon berish. Shundagina uni tark eta olasan. 
– Hech vaqoni tushunmayapman. 
–  Istalgan  tuygʻuni  olaylik  –  xoh  u  ayolga  muhabbat  boʻlsin,  xoh  u 
yoʻqotilgan  suyukli  insoning  gʻamida  kuyish  yoki  men  boshdan 
kechirayotgan  hislar:  ogʻriq  va  bedavo  dard  qoʻrquvi  boʻlsin.  Agar 
hislaringni  hadeb  jilovl
ayversang,  tuygʻularingga  erk  bermasang, 
hech  qachon  ulardan  qutila  olmaysan,  qoʻrquv  iskanjasida  qolib 
ketasan.  Ogʻriq,  gʻam  seni  dahshatga  solaveradi.  Muhabbat  seni 
zaif qilib qoʻyishidan qoʻrqasan. Ammo oʻzingni hech bir hadiklarsiz 
tuygʻular  ummoniga  otib,  unga  tamoman  gʻarq  boʻlgach,  erkingni 
butunlay 
his-
tuygʻular  ixtiyoriga  topshirish  orqaligina  ularni 
toʻlaligicha  his  etasan.  Ogʻriq  nimaligini  anglaysan.  Muhabbat 
nimaligini  anglaysan.  Qaygʻu  nimaligini  tushunib  yetasan.  Faqat 
shundan  keyingina  “Boʻldi.  Men  bu  tuygʻuni  boshimdan  kechirdim. 
Uni tanib oldim. Endi esa bir lahzaga bu tuygʻudan uzilishim kerak”, 
deya olasan. 
Morri  gapidan  toʻxtab,  uning  soʻzlarini  toʻgʻri  tushunayotganimga 
ishonch hosil qilish uchun menga sinovchan nigoh tashladi. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
79
 
– Bilaman, gap faqat oʻlim haqida borayotgandek tuyulyapti senga, 
–  dedi  u.  –  Lekin  senga  takror  va  takror  taʼkidlaganimdek,  oʻlishni 
oʻrgangan kuning yashashni ham oʻrganasan. 
Morri  boshidan  oʻtgan  eng  qoʻrqinchli  onlari  haqida  gapirib  berdi: 
koʻkrak  qafasi  xurujlar  iskanjasida  qolib  ketgandek  yoki  keyingi 
nafasi soʻnggisi boʻlishi mumkindek tuyulgan paytlar. 
–  Dahshatli  onlar,  —  dedi  u.  –  Bunday  paytda  eng  birinchi  boʻlib, 
qoʻrquv, vahima va sarosimaga tushib qolasan. 
Biroq u ushbu hislarni, ularning tuzilishi, t
aʼmi, etni jimirlatib, miyaga 
chaqmoqdek qaynoq qon yugurtirishini bilib  olgach,  oʻziga “Yaxshi. 
Bu  qoʻrquv.  Undan  chekinish  kerak.  Chekinish”,  deya  oladigan 
boʻldi. 
Men  bu  kuch  kundalik  hayotda  qanchalar  asqatishi  mumkinligi 
haqida  oʻyladim.  Baʼzan  oʻzimizni  shunchalar  yolgʻiz  his  qilamizki, 
oʻksib  yigʻlagimiz  keladi;  lekin  yigʻlash  uyat  deb,  koʻz  yoshlarimizni 
ichimizga  yutamiz.  Yoki  umr  yoʻldoshimizga  nisbatan  mehrimiz 
joʻshib 
ketgan 
paytlar 
ham, 
tuygʻularimizni 
izhor 
etish 
munosabatlarimizga aks  taʼsir  oʻtkazishidan qoʻrqib,  indamay qoʻya 
qolamiz. 
Morrining  yondashuvi  toʻlaligicha  buning  aksi  edi.  Joʻmrakni 
oxirigacha  och.  Oʻzingni  tuygʻular  bilan  pokla.  Bu  senga  ozor 
bermaydi.  Faqatgina  yordami  tegadi.  Qoʻrquv  ichingga  kirib 
borishiga  imkon  berib,  uni  x
uddi  koʻylak  kabi  bemalol  egningga  ilib 
ketaveradigan  boʻlganingdagina,  oʻzingga  “Hammasi  yaxshi,  bu 
shunchaki qoʻrquv, xolos. U meni boshqarishiga imkon bermasligim 
kerak. Uning nimalarga qodirligini bilaman”, deya olasan. 
Yolgʻizlik bilan ham xuddi shunday yoʻl tut: unga erk ber, yum-yum 
koʻz-yosh toʻk. Keyin esa, “Mana, yolgʻizlik taʼmini ham totib koʻrdim. 
Oʻzimni  yolgʻiz  sezishdan  qoʻrqmayman,  lekin  endi  uni  bir  chetga 
surib,  bu  olamning  boshqa  koʻplab  tuygʻulari  bilan  tanishib,  ularni 
ham his qilib ko
ʻraman”, deyishga kuch top. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
80
 
– Voqelikdan uzil, – takrorladi Morri. 
U koʻzlarini yumib, yoʻtaldi. Keyin yana. 
Uchinchisida yanada qattiqroq yoʻtaldi. 
Bir  payt  u 
boʻgʻila  boshladi:  oʻpkasida  yigʻilib  qolgan  tiqin  uni 
masxaralayotgandek  yarim  yoʻlgacha  koʻtarilib,  keyin  yana  orqaga 
qaytar,  nafas  olishga  imkon  bermasdi.  U  tomogʻiga  nimadir  tiqilib, 
oʻtirgan joyida sakrab-sakrab tushar, qoʻllarini oldinga uzatib, qattiq 
silkitardi.  Koʻzlari  yumuq  holda  qoʻllarini  silkitishidan  vas-vas  boʻlib 
qolgandek  koʻrinardi.  Peshonamni  ter  bosganini  sezdim.  Men 
beixtiyor  uni  oʻzimga  tortib,  ikki  kuragi  oʻrtasiga  shapatiladim;  u 
sochiqcha  bilan  ogʻzini  berkitib,  yoʻtaldi-da,  balgʻam  xalqobini 
tupurib yubordi. 
Yoʻtal toʻxtadi; Morri oʻzining yumshoq yostiqlariga yastanib, yutoqib 
nafas oldi.  
– Yaxshimisiz? Oʻzingizga keldingizmi? – soʻradim men, qoʻrquvimni 
yashirishga urinib. 
–  Ha…  yaxshiman,  –  shivirladi  Morri  qaltirayotgan  barmogʻini 
koʻtarib. – Hozir… Bir daqiqa. 
Uning  nafas  olishi  bir  maromga  tushgunicha  jim  oʻtirdik.  Boshim 
terlab  ketganini  his  qildim.  U  derazani  yopishimni  soʻradi  –  yengil 
shabadada  ham  sovuq  yerdi.  Tashqarida  havo  26  daraja  issiqligini 
aytish esimdan chiqibdi. 
– Qanday oʻlishni xohlashimni bilaman, – va nihoyat shivirladi u. 
Jimgina uning gapida davom etishini kutdim. 
–  Men  xotirjam,  osoyishta  oʻlim  topishni  xohlayman.  Hozir 
koʻrganingdek  emas.  Mana  qayerda  voqelikdan  uzila  bilish  qoʻl 
keladi.  Agar  hozirgidek 
yoʻtal  tutganda  jonim  uzilsa,  qoʻrquvdan 
xalos  boʻlib,  “Vaqti-soatim  yetdi”,  deya  olishim  zarur.  Bu  dunyoni 
yuragimda qoʻrquv bilan tark etishni xohlamayman. Men nima sodir 
boʻlayotganini  anglash,  holatni  boricha  qabul  qilib,  sokinlikda  jon 
berishni xohlayman. Nima deyotganimni tushunyapsanmi? 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
81
 
Men bosh irgʻatdim. 
– Faqat hali ketmay turing, – shoshib qoʻshib qoʻydim men. 
Morri zoʻrgʻa jilmaydi: 
– Yoʻq. Hali erta. Hali qiladigan ishlarimiz bor. 
– Reinkarnatsiyaga ishonasizmi? – soʻrayman men. 
– Qaydam. 
– Nimaga aylanib qaytgan boʻlardingiz? 
– Agar tanlash imkonim boʻlsa, ohuga. 
– Ohu? 
– Ha, ohu. Ular biram nazokatli. Biram uchqur. 
– Ohu? 
Morri menga qarab, jilmayadi: 
– Senga tanlovim gʻalati tuyulyaptimi? 
Uning  ozib-
toʻzib  ketgan  gavdasi,  qopdek  keng  kiyimlari,  qalin 
paypoq  kiydirilib,  gʻalvirak  rezina  yostiq  ustiga  tashlab  qoʻyilgan, 
mahbusning  temir  kishan  urilgan  oyoqlari  kabi  qimirlashga  ojiz 
oyoqlarini  koʻzdan  kechiraman.  Sahroda  shamoldek  yelayotgan 
chopqir ohuni tasavvur qilaman. 
– Yoʻq, – deyman keyin. – Hecham gʻalati emas. 
 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin