Моррининг сешанба дарслари


Bardam  bo ʻling,  Morri,  eng  katta  yutuqlar  hali  oldinda!



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Bardam  bo
ʻling,  Morri,  eng  katta  yutuqlar  hali  oldinda! 
Ruhshunoslik sohasida birinchi raqamli mutaxassis! 
– Savol nima haqida edi? — soʻradim men. 
– Vafotimdan soʻng meni unutib yuborishlaridan qoʻrqamanmi? 
– Xoʻsh? Qoʻrqasizmi? 
–  Unutilaman  deb  oʻylamayman.  Men  bilan  samimiy,  oʻta  yaqin 
munosabatda boʻlgan qalin doʻstlarim juda koʻp. Mehr – bu dunyoni 
tark etganingdan keyin ham barhayot qolish vositasi. 
– Qoʻshiq soʻzlariga oʻxshaydi: mehr barhayot qolish vositasi. 
Morri qiqirlab kuldi. 
–  Ehtimol,  shundaydir.  Qaragin,  Mich,  mana  shu  uzoq 
suhbatlarimiz-chi?  Uyingga  qaytgan  paytlaring  ovozim  yozilgan 
tasmani hech eshitib koʻrasanmi? Yolgʻiz qolganingda? Balki parvoz 
vaqtidadir? Ehtimol, mashinada ketayotganingda? 
– Ha, — iqror boʻldim men. 
–  Demak,  men  bu  dunyoni  tark  etganimdan  keyin  ham  sen  meni 
unutib  yubormaysan.  Ovozimni  yodga  olgan  oningdayoq  men  sen 
turgan yerda boʻlaman. 
– Ovozingizni yodga olaman… 
– Oʻsha lahzada koʻzing bir oz yoshlansa ham mayli, hechqisi yoʻq. 
Eh, Morri. Birinchi kursligimdan beri meni yig
ʻlatishni xohlaydi. 
– Bari bir bir kun yigʻlataman, — derdi u nuqul. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
101
 
– Heh, qoʻysangiz-chi, — deb javob berardim. 
–  Men  qabrtoshimda  qanday  bitik  boʻlishini  istashim  toʻgʻrisida  bir 
qarorga keldim, 
— dedi u. 
– Qabrtoshlar haqida eshitishni xohlamayman. 
– Nega? Ularni eslasang, asabiylashasanmi? 
Men yelka qisdim. 
– Mayli, mavzuni oʻzgartiramiz. 
– Yoʻq, gapiravering. Nima qarorga keldingiz? 
Morri lablarini choʻchchaytirdi. 
–  “Soʻnggi  nafasigacha  dars  bergan”  deb  yozdirish  haqida 
oʻylayapman. 
Morri bu yangilikni hazm qilib olgunimcha bir oz kutdi. 
– Soʻnggi nafasigacha dars bergan. 
– Boʻladimi? — dedi u. 
– Ha, — dedim men. – Juda yaxshi. 
Xonaga  kirib  kelishim  bilan  Morrining  yuzi  quvonchdan  yorishib 
ketishini  yaxshi  koʻraman.  Bilaman,  u  kelganlarning  koʻpchiligini 
shunday  kutib  oladi,  ammo  Morri  har  bir  mehmonda  faqat  u 
kelgandagina  yuziga  shunday  tabassum  yuguradigandek  taassurot 
qoldirish qobiliyatiga ega edi. 
–  O-o,  qadrdonim  keldi-ku,  —  derdi  u,  meni  koʻrishi  bilan,  baland, 
xirildoq  ovozda.  Ushbu  yoqimli  holat  faqat  salomlashish  bilan 
tugamasdi.  Morri  yoningizda  oʻtirganida  chindan  ham  siz  bilan 
boʻlardi.  U  nigohini  koʻzingizdan  uzmay,  soʻzlaringizni  goʻyoki  siz 
dunyoda  mavjud  yagona  insondek  tinglardi.  Agar  odamlarning  har 
tongi,  ofitsiant,  avtobus  haydovchisi  yoki  boshliqlarining  javrashini 
eshitish  bilan  emas,  balki  mana  shunday  insonni  uchratishdan 
boshlanganida  edi,  jamiyatdagi munosabatlar  qanchalar  iliqlashgan 
boʻlardi deysiz? 
–  Tamomila  faqat  bir  yerda  hozir  boʻlish  mumkinligiga  ishonaman, 
—  dedi  Morri.  –  Bu  butun  vujuding  va  fikr-u  xayoling  bilan 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
102
 
suhbatdoshing  yonida  boʻlishni  anglatadi.  Masalan,  sen  bilan 
suhbatlashayotgan  boʻlsam,  Mich,  men  bor  diqqatimni  faqat 
ikkimizning  oʻrtamizda  borayotgan  muloqotga  qaratishga  harakat 
qilaman.  Oʻtgan  hafta  gapirgan  gaplarimiz  toʻgʻrisida  oʻylamayman. 
Kelasi  jumaga  qanday  rejalarim  borligi  haqida  ham  oʻylamayman. 
Koppel  bilan  keyingi  koʻrsatuvni  olish  yoki  qaysi  dorilarni  qabul 
qilayotganim  haqida  ham  oʻylamayman.  Men  sen  bilan 
gaplashyapmanmi, demak, fikrim faqat sen bilan band. 
Morrining  Brandeysda  “Guruhlardagi  jarayon”  darsida  bizga  ushbu 
gʻoyani uqtirishga uringani yodimga tushdi. Oʻsha paytlar “shu  ham 
universitetda  oʻtiladigan  dars  boʻldi-yu”,  deb  ensam  qotgan.  Eʼtibor 
qaratishni  oʻrganish?  Nimasi  muhim  buni?  Hozir  esa  shu  koʻnikma 
universitetda 
oʻrgatilgan 
narsalarning 
deyarli 
barchasidan 
ahamiyatliroq ekanini tushunib yetganman. 
Morri qoʻlimga ishora qilib imladi va qoʻlimni unga uzatar ekanman, 
ichimni  aybdorlik  hissi  qamrab  oldi.  Qarshimda,  agar  xohlasa,  har 
lahzasini  oʻziga  achinish,  yemirilib  borayotgan  jismini  kuzatish  va 
har  nafasini  sanash  bilan  oʻtkazishi  mumkin  boʻlgan  inson  oʻtirardi. 
Koʻplab  kishilar  arzimas  muammolar  girdobida  yashaydi,  gapingiz 
oʻttiz  soniyadan  uzoqroq  davom  etsa,  nigohidan  ularning  xayoli 
sizdan  chalgʻiganini  kuzatish  mumkin.  Ularning  fikri  allaqachon 
boshqa  ish  bilan  band  boʻladi:  qaysidir  doʻstiga  qoʻngʻiroq  qilish, 
kimgadir  faks  yuborish  yoki  suyuklisi  haqida  xayol  surish  bilan. 
Faqat  gapingizni  tugatganingizdagina,  ularning  bor  eʼtibori  sizga 
qaytadi  va  “Ha,  ha”  yoki  “Yoʻgʻ-e,  rostdanmi?”  kabi  jumlalar  bilan 
oʻzini xuddi sizni diqqat bilan tinglagandek koʻrsatadi. 
–  Qisman  muammoning  sababi  shundaki,  Mich,  kishilar  nuqul 
qayergadir shoshadi, 
— dedi Morri. – Odamlar hali hayot mazmunini 
topmagan  va  shu  sababli,  ular  doim  uni  topishga  oshiqadi.  Ular 
mazmun  keyingi  mashina,  keyingi  uy,  keyingi  ishda  deb  oʻylaydi. 
Keyin  esa  bular  ham  hayotga  mazmun  berolmasligini  tushunib, 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin