Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
103
yana qidirishga kirishadi.
– Bu poygaga kirishgach, – dedim men, – odam oʻzini toʻxtatishi
qiyin.
– Unchalik qiyin emas, – dedi u bosh chayqab. – Bilasanmi, men
nima qilaman? Mashina hayday olgan paytla
rim, yoʻlda kimdir meni
quvib oʻtmoqchi boʻlsa, qoʻlimni koʻtarardim…
U shu harakatni koʻrsatmoqchi boʻldi, lekin qoʻli bor-yoʻgʻi olti
dyuymga zoʻrgʻa koʻtarildi.
– ...Qoʻlimni yoʻq demoqchidek koʻtarardim, keyin esa jilmayib,
haydovchiga qoʻl silkitardim. Oʻrta barmogʻingni koʻrsatish oʻrniga,
ularga tabassum bilan yoʻl berasan. Bilasanmi nima? Aksariyat
hollarda ular ham senga qarab jilmayadi. Haqiqat shundaki,
mashinamda qayergadir oshiqishim shart emas. Buning oʻrniga,
quvvatimni insonlarga kayfiyat ul
ashishga sarflashni afzal koʻraman.
Bu ishni men taniganlar ichida undan yaxshiroq bajaradigan kishi
yoʻq edi. Agar Morriga qandaydir koʻngilsiz hodisa haqida
gapirishsa, uning koʻzi namlanar yoki oʻxshamagan hazil qilinsa
ham, koʻzlari quvonchdan chaqnab ketardi. Mening yoshimdagi
avlod vakillaridan farqli ravishda, u har doim oʻz hissiyotini ochiq
ifoda etishga tayyor edi. Biz yuzaki suhbatlargagina ustamiz: “Nima
ish qilasiz?” “Qayerda yashaysiz?” Biroq hozirgi kunda
hamsuhbatimizga nimadir oʻtkazish, oʻzimizga ogʻdirish, biror ish
qildirish yoki evaziga qandaydir manfaat olishga urinmasdan, hech
uni chin dildan tinglaymizmi? Ishonchim komilki, oxirgi bir necha oy
davomida Morrini koʻrgani keluvchilar unga eʼtibor koʻrsatish uchun
emas, balki Morri ularga
koʻrsatgan eʼtibor tufayli unikiga serqatnov
edi. Tanidagi ogʻriq va yemirilishga qaramasdan, ushbu mitti chol
ularni oʻzlari xohlagandek diqqat bilan tinglardi.
Men Morriga u hammaning orzusidagi ota ekanini aytdim.
– Nima ham derdim, – dedi u koʻzlarini yumib, – bu borada bir oz
tajribam borligi rost…
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
104
Morri oʻz otasini oxirgi marta shahar morgida koʻrgandi. Charli
Shvarts Bronksdagi Termont xiyobonida koʻcha chirogʻi ostida
yolgʻiz gazeta oʻqishni yoqtiradigan kamgap kishi edi. Morri
bolaligida Charli ha
r oqshom kechki ovqatdan soʻng piyoda sayr
qilishga otlanardi. U kichik jussali, kulrang sochli va qizgʻish yuzli rus
kishi edi. Morri va uning ukasi Devid derazadan termilib, uning
chiroq ustuniga suyanib turishini kuzatishardi. Morri otasining uyga
kirishini va ular bilan gaplashishini juda ham xohlardi, lekin u deyarli
hech qachon bunday qilmasdi. Shuningdek, otasi ularni uxlashga
yotqizmas va uyquga ketishdan oldin oʻpib ham qoʻymasdi.
Morri oʻz-oʻziga, agar farzandli boʻlsa, ularni bu narsalardan, aslo,
mahrum qilmaslikka vaʼda bergandi. Yillar oʻtib farzandli boʻlganida
oʻz vaʼdasini bajardi.
Morri oʻz farzandlarini katta qilayotgan paytda Charli hali ham
Bronksda yashardi. U hali ham piyoda sayr qilishga chiqardi. Hali
ham gazeta oʻqirdi. Bir oqshom u kechki ovqatdan soʻng sayrga
chiqdi. Uyidan bir oz uzoqlashgach, ikki talonchi unga yaqinlashdi.
“Chiqar bor-budingni”, – dedi ulardan biri toʻpponchasini oʻqtalarkan.
Qoʻrqib ketgan Charli hamyonini ularga uloqtirib, qocha boshladi. U
to qarindoshlaridan
birining uyiga yetgunicha koʻcha oralab
toʻxtovsiz yugurdi. Shundoqqina ayvonga yetganida, holsiz quladi.
Yurak xuruji. Shu tun u olamdan oʻtdi.
Morri murdaning shaxsini aniqlash uchun chaqirtirildi. U samolyotda
Nyu-
Yorkka yetib bordi va morgga yoʻl oladi. Uni yertoʻladagi oʻliklar
saqlanadigan sovuq xonaga olib kirishdi.
– Bu sizning otangizmi? – soʻradi morg xodimi.
Morri oʻzini soʻkkan, urishgan, oʻziga ishlashni oʻrgatgan,
suhbatlashishni xohlagan vaqtlari ogʻiz ham ochmagan, onasining
xotiralarini ki
m bilandir boʻlishishni istaganida, onasini xotirlashga
yoʻl qoʻymagan shaxsning jasadiga oyna ortidan koʻz tashladi.
Boshini irgʻatdi-da, nari ketdi. Keyinchalik Morri xonaning dahshati
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
105
uning butun vujudini egallab olgani va boshqa hislarga oʻrin
qoldirma
ganini aytgandi. U ancha kungacha yigʻlay olmadi.
Shunday boʻlsa-da, otasining oʻlimi Morrini oʻz oʻlimiga tayyorgarlik
koʻrishida dastak boʻldi. Bir narsaga uning ishonchi komil edi:
quchoqlashishlar, oʻpichlar, uzoq suhbatlar va kulgi boʻladi va rozi-
riz
olik soʻramagan odam qolmaydi; otasi va onasining vafotida nasib
etmagan barcha amallar bajariladi.
Hayotining soʻnggi daqiqalari yaqinlashganda, Morri oʻz yaqinlari
uning atrofida boʻlishlari va uning hayoti uzilayotganini anglashlarini
istardi. Ulardan hech biri telefon yoki telegramma orqali xabardor
qilinmaydi yoxud ularning hech biri sovuq va yoqimsiz yertoʻlada
oyna ortidan unga tikilishga majbur boʻlmaydi.
Janubiy Amerikaning tropik oʻrmonlarida yashovchi Desana nomli
qabila dunyo barcha mavjudotlara
ro harakatlanuvchi oʻzgarmas
miqdordagi quvvatdan iborat, deb hisoblaydi. Shu sababli, har bir
tugʻilish boshqa bir oʻlimga va har bir oʻlim yangi hayotga sabab
boʻlishi lozim. Shu tarzda, dunyodagi quvvat oʻz holicha saqlanadi.
Desana qabilasi aʼzolari ov qilayotganida oʻzlari oʻldirgan jonzot
ruhiy olamda boʻshliq hosil qiladi, deb bilishadi. Ammo ushbu
boʻshliqni vafot etgan Desana qabilasi ovchilarining ruhlari
toʻldirishiga ishonishadi. Birorta ham inson oʻlmaganida edi, birorta
ham qush yoki baliq tugʻilmagan boʻlardi. Menga bu fikr yoqadi.
Morriga ham. Vidolashish oni yaqinlashgani sari, u barchamiz bitta
oʻrmondagi mavjudotlar ekanimizni koʻproq his qilayotgandek
tuyuladi. Nimani olmaylik, albatta, uning oʻrnini toʻldirib qoʻyishimiz
lozim.
– Shunisi adolatli, – deydi u.
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
106
Dostları ilə paylaş: |