Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
126
egalladi: uning iqrorini qabul qilish oʻz otamga xiyonat qilishdek
tuyuldi. Biroq boshimni koʻtarib Morriga qaraganimda, uning yosh
toʻla koʻzlari bilan jilmayib turganini koʻrdim va angladimki, bunday
lahzalarda xiyonatga oʻrin qolmaydi.
U bilan vidolashishga toʻgʻri kelishi yuragimga qoʻrquv solgandi.
– Men dafn uchun oʻzimga joy tanladim.
– Qayerda ekan u joy?
– Bu yerdan uzoq emas. Hovuz yaqinidagi tepalikda, daraxtlar
ostida. Sokin. Fikrlash uchun yaxshi joy.
– Oʻsha yerda xayol surmoqchimisiz?
– U yerda oʻlib yotmoqchiman.
Morri qiqirlab kuladi.
Men ham unga
qoʻshilaman.
– Meni koʻrgani kelib turasanmi?
– Koʻrgani?
– Shunchaki, suhbatlashgani kelib tur. Seshanba kunlari. Har doim
seshanba kuni kelasan-ku.
– Ha, biz seshanba odamlarimiz.
– Shunday. Seshanba odamlari. Suhbatlashgani kelasanmi,
shunday qilib?
Oxirgi kunlarda u shu qadar tez zaiflashib borayotgandiki.
– Menga qara, – deydi u.
– Qarab turibman.
– Qabrimga koʻrgani kelasanmi? Muammolaring haqida soʻzlab
bergani?
– Muammolarim?
– Ha.
– Unda siz ham muammolarimga yechim topib berasizmi?
– Qoʻlimdan kelgancha harakat qilaman, albatta. Har doimgidek.
Oʻzimni hovuz yonidagi tepalikda – uning qabri yonida tasavvur
qilaman. Morri joylashtirilib, ustiga tuproq tashlab koʻmilgan va
qabrtoshi oʻrnatilgan bir parcha yer. Ehtimol, bir necha haftadan
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
127
keyindir? Yoki bir necha kundan keyinmikan? U yerda qoʻllarim bilan
tizzalarimni quchoqlagancha, boʻshliqqa tikilib oʻtirganimni koʻz
oldimga keltiraman.
– Bari bir u hozirgidek boʻlmaydi-da, — deyman. – Gaplaringizni
eshitolmayman.
– Qanday gapiraman…
U koʻzlarini yumib, jilmayadi.
– Kel, bunday qilamiz. Oʻlganimdan keyin sen gapirasan. Men esa
eshitaman.
Dostları ilə paylaş: