Oʻn birinchi seshanba: jamiyatimizda mavjud anʼanalar
haqida suhbatlashamiz
– Qattiqroq ur.
Morrining orqasini qoqaman.
– Qattiqroq.
Yana uraman.
– Yelkasiga yaqinroq qismiga...ha, sal pastrogʻiga.
Pijama ishton kiyib olgan Morri yotoqda yonboshlab yotibdi, ogʻzini
lang
ochib, yuziga yostiq bosib olgan. Fizioterapevt menga oʻpkada
yigʻilib qolgan zaharni qotishga ulgurmasidan oldin qanday qoqib
tashlashni koʻrsatayotgandi. Morri nafas olishda davom etishi uchun
endilikda ushbu muolajani muntazam bajarib turish zarur edi.
– Meni... urib-urib olish istaging... borligini doim... sezardim, —
yutoqib nafas oldi Morri.
– Boʻlmasam-chi, — hazillashdim men terisi boʻrdek oppoq tusga
kirgan orqasiga mushtlashda davom etarkanman.
– Mana bu
ikkinchi kursda menga B qoʻyganingiz uchun! Qars!
Xonada asabiy kulgi koʻtarildi – odatda tagi chin noxush hazillarga
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
114
shunday kulamiz. Agar hammamiz buning oʻlim oldi jismoniy
mashqlari ekanini bilib turmaganimizda, ushbu kichik sahna yoqimli
tuyulishi mumkin edi. Bu paytga kelib, Morrining dardi s
oʻnggi
manzil
– uning oʻpkasiga yetib qolay degandi. U havo
yetishmasligidan boʻgʻilib oʻlishini bashorat qilardi: bundan
dahshatliroq yakunni tasavvurimga sigʻdirolmasdim. Baʼzan Morri
koʻzlarini yumgancha ogʻiz va burun orqali ichiga havo tortishga
urina
r, tashqaridan qaragan odamga goʻyoki u butun boshli langarni
koʻtarishga chiranayotgandek koʻrinardi.
Oktyabrning ilk kunlari. Tashqarida sovuq tushib qolgan, butun
Gʻarbiy Nyuton shaharchasini barg-xazonlar uyumi qoplagan.
Morrining fizioterapevti erta tongda kelardi, men odatda hamshiralar
va boshqa mutaxassislar uni koʻrikdan oʻtkazishga kelganida
xonadan chiqib turardim. Ammo hafta ketidan hafta oʻtib borarkan,
vaqtimiz
poyoniga
yetib
borayotgani
sababli
ortiq
keksa
professorimning
yalangʻoch
tanasini
koʻrishdan
uyalmay
qoʻygandim. Uning yonida boʻlishni xohlardim. Butun jarayonni oʻz
koʻzim bilan koʻrishni xohlardim. Oʻzimga oʻxshamasdim, lekin
Morrining uyida soʻnggi oylarda sodir boʻlayotgan voqealar ham
odatdagidan mutlaqo farq qilardi-da.
Shunday q
ilib, yotoqda yotgan Morrini tekshirib koʻrayotgan
fizioterapevtning ishini kuzatdim: qovurgʻalarining orqa qismiga
qayta-
qayta mushtlab, undan oʻpkadagi tiqin yumshayaptimi, deb
soʻrardi. Shifokor bir oz nafas rostlash uchun toʻxtaganida, mendan
ham uning
harakatlarini takrorlashga urinib koʻrishni soʻradi. Rozi
boʻldim. Yuzini yostiqqa bosib yotgan Morri nim tabassum qildi.
– Juda qattiq urma, — dedi u. – Qarib qolganman, axir.
Men shifokor koʻrsatmasiga binoan yotoqni aylanib, Morrining orqasi
va yon tomonlariga ura boshladim. Morrining yotoqqa mixlanib
qolishi mumkinligi haqidagi fikr yuragimni tilka-
pora qilar, qulogʻim
ostida uning soʻnggi hikmatli soʻzlari jaranglardi: “Yotogʻingdan
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
115
turmabsan, demakki, sen
– murdasan”. Yonboshga gʻujanak boʻlib
yotgan
holida uning kichrayib, zaiflashib qolgan nimjon jismi koʻproq
yosh bolaning gavdasiga oʻxshardi. Boʻrdek oqarib ketgan terisi,
toʻkilib ado boʻlay degan oppoq sochlari, jonsiz osilib turgan qoʻllarini
koʻrdim. Shunda qomatimizga chiroyli shakl berish uchun qancha
vaqtimizni tosh koʻtarish-u oʻtirib-turishlarga sarflashimiz, tabiat esa,
alaloqibat, bularning barini puchga chiqarishi xayolimdan oʻtdi.
Shifokor aytganidek, Morrining orqasiga qattiq-qattiq urarkanman,
barmoqlarim ostida uning suyaklarini oʻrab turgan shalviragan etini
his qildim. Aslida Morrini qoʻyib, uning oʻrniga devorni mana
shunday mushtlagim kelardi.
– Mich? — dedi Morri yutoqib nafas olarkan. Men orqasiga
mushtlashda davom etayotganim sababli uning ovozi uzilib-uzilib
chiqardi.
– Ha?
– Qachon… men senga… B… qoʻygandim?
Morri odamlar tabiatan ezgulikka moyil boʻlishlariga ishonardi. Shu
bilan birga ular nimalarga qodirligini ham anglardi.
– Kishilar faqat ularga nimadir xavf tugʻdirsagina xudbin boʻlib
qoladilar,
– dedi u keyinroq, – jamiyatimiz esa doim xavf-xatarga
toʻla. Iqtisodimiz ham. Hatto oʻz ishiga ega odamlar ham tahlika
ostida yashaydi, chunki ular ishini yoʻqotishdan qoʻrqadi. Xavf ostida
qolganingda esa, faqat oʻzing haqingda qaygʻura boshlaysan. Va
pulga sigʻinishni boshlaysan. Barchasining negizi jamiyatimizda
mavjud anʼanalarga borib taqaladi, – xoʻrsindi Morri. – Men buni
qabul qilolmayman.
Men bosh
irgʻatdim va uning qoʻlini siqdim. Biz endilikda tez-tez qoʻl
ushlashib oʻtirardik. Mendagi yana bir yangi oʻzgarish shu edi.
Avvallari men qilishga uyaladigan yoki irganadigan ishlar endi odatiy
holga aylangandi. Naychasi Morrining tanasiga ulangan va nosrang
peshob bilan toʻlgan kateter qopchasi oyogʻim ostida, kursi yonida
|