Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
140
turar, oʻrdaklar qanotlarini qoqib suzib yurardi.
Yuzlab kis
hilar marosimda ishtirok etishni xohlagan boʻlsa-da,
Sharlotta marosim ixcham oʻtishini xohladi: faqat bir necha yaqin
doʻstlari va qarindoshlari keldi. Ravvin Akselrod bir nechta sheʼr
oʻqidi. Bolaligida poliomiyelit bilan ogʻrigani tufayli hali ham
oqsoq
lanib yuradigan Morrining ukasi Devid, anʼanaga koʻra,
belkurakda qabrga tuproq tashladi.
Morrining kuli qabrga joylashtirilgach, yon-
atrofni koʻzdan kechirdim.
Morri haq edi
– ajoyib joy. Daraxtlar, oʻt-oʻlanlar va qiya tepalik.
“Sen gapirasan, men esa eshitaman”, – degandi u oʻshanda.
Morri aytganidek, u bilan xayolan suhbatlashib koʻrdim. Bu xayoliy
suhbat rostdan ham tabiiydek tuyuldi. Beixtiyor bilagimga qarab, qoʻl
soatimga koʻzim tushdi va buning sababini angladim: kun seshanba
edi.
“Tark etar onda ham kuyladi otam,
Xonish kurtaklarga hadya etdi jon.
(Bilardik bahor ham aylashin xirom
Otamning qoʻshigʻin eshitgan hamon)...”
Dafn marosimida Morrining oʻgʻli Rob tomonidan oʻqilgan sheʼr,
muallifi
– E. E. Kammings.
Dostları ilə paylaş: