Моррининг сешанба дарслари


Koʻrgazmali qurollar: uchinchi qism



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

 
Koʻrgazmali qurollar: uchinchi qism
 
“Tungi  xabarlar”  jamoasi  Morrinikiga  uchinchi  va  oxirgi  marotaba 
tashrif buyurdi. Bu galgi koʻrsatuvdagi ruhiyat mutlaqo oʻzgacha edi. 
Odatiy  suhbatdan  koʻra  koʻproq  qaygʻuli  vidolashuv  sahnasini 
eslatardi.  Ted  Koppel  kelishidan  oldin  bir  necha  marta 
qoʻngʻiroq 
qilib,  Morridan  qayta-
qayta  “Suratga  olish  jarayoni  sizni  charchatib 
qoʻymaydimi?” deb soʻradi. 
Morrining  koʻrsatuv  oxirigacha  turib  bera  olishiga  ishonchi  komil 
emasdi. 
– Hozirda har daqiqa oʻzimni horgʻin sezaman, Ted. Tez-tez nafasim 
boʻgʻilib qoladi. Agar baʼzi soʻzlarni aytolmay qolsam, oʻrnimga nima 
demoqchi boʻlganimni izohlab turasizmi? 
–  Albatta,  —  dedi  Koppel.  Keyin  esa  tabiatan  qatʼiyatli  boʻlgan 
teleyulduz: 
– Agar koʻrsatuvda qatnashgingiz kelmasa, ayting, buni 
xijolatli  yeri  yoʻq,  Morri.  Har  qanday  holatda  ham  xayrlashgani 
boraman yoningizga, 
– deya qoʻshib qoʻydi. 
Goʻshakni qoʻygach, Morri ayyorona jilmaydi. 
– Va nihoyat, uning ham qalbini eritdim. 
U  haq  edi.  Koppel  Morrini  “doʻstim”  deb  atay  boshlagandi.  Keksa 
professorim,  hattoki,  telebiznes  vakillarining  qalbida  ham  rahm-
shafqat uygʻotishga muvaffaq boʻlgandi. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
120
 
Juma kuni peshindan keyin oʻtkazilgan suhbatda Morri bir kun oldin 
kiygan kiyimida oʻtirdi. Bu paytga kelib, u ust-boshini har ikki kunda 
almashtirardi va hali ikki kun toʻlmagani sababli belgilangan tartibni 
buzgisi kelmadi. 
Avvalgi  ikki  Koppel-
Shvarts  koʻrsatuvidan  farqli  ravishda  bu  galgi 
tasvirga  olish  ishlari  faqatgina  Morrining  kabinetida  olib  borildi.  U 
xonada  turgan  kursiga  bandi  edi.  Keksa  professorim  bilan  oʻpishib 
koʻrishgan  Koppel  kitob  javoni  yoniga  qisilibgina  joylashdi,  aks 
holda, kadrga sigʻmay qolardi. 
Suhbatni  boshlashdan  oldin  Koppel  Morrining  dardi  qanchalik 
ogʻirlashganini soʻradi. 
– Ahvolingiz qanday oʻzi, Morri? 
Morri  bemajol  qoʻlini  koʻtardi  –  zoʻrgʻa  qornigacha  koʻtarildi.  Undan 
yuqoriga  koʻtarishga  madori  yetmasdi.  Koppel  savoliga  javob 
olgandi. 
Tasvirga olish ishlari boshlandi: uchinchi va 
soʻnggi suhbat. Koppel 
Morridan  “oʻlimingiz  yaqinlashgani  sari  qoʻrquvingiz  ortib 
boryaptimi?”  deb  soʻradi.  Morri  “yoʻq”  deb  javob  qaytardi.  Aslini 
olganda,  hozir  qoʻrquv  avvalgidan  ancha  kamaygandi.  U  tashqi 
olamdan  tobora  uzilib  borayotgandi:  avvalgidek 
gazeta  oʻqib 
berishlarini soʻramas, pochta orqali kelayotgan xatlarga ham uncha 
eʼtibor  bermas,  bularning  oʻrniga  koʻproq  musiqa  tinglar  va 
derazadan barglar rangi oʻzgarishini tomosha qilardi. 
Morri  ALSdan  aziyat  chekkan  boshqa  kishilar  borligini  ham  bilardi; 
ulardan  ayrimlari  mashhur  shaxslar  edi,  masalan,  buyuk  fizik, 
“Vaqtning qisqacha tarixi” kitobi muallifi Stiven Xoking. U tomogʻidan 
ochilgan teshik bilan kun kechirar, kompyuter sintezatori yordamida 
gapirar  va  koʻz  harakatlarini  ilgʻab  oluvchi  sensor  yordamida  kiprik 
qoqish orqali harf terardi. 
Morri  uning  matonatiga  qoyil  qolar,  biroq  oʻzi  bu  tarzda  yashashni 
xohlamasdi.  U  Koppelga  hayot  bilan  xayrlashish  vaqti  qachon 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
121
 
kelishini bilishini aytdi. 
– Ted, hayot men uchun muloqot degani. Oʻz his-tuygʻularimni ifoda 
etish, boshqalar bilan suhbatlashish, qaygʻu va quvonchlariga sherik 
boʻlish  tirikligimni  anglatadi.  –  Morri  chuqur  nafas  oldi.  –  Bular 
poyoniga yetganda, Morrining ham paymonasi toʻladi. 
Ular 
xuddi 
qadrdonlardek 
suhbatlashishdi. 
Oldingi 
ikki 
s
uhbatdagidek, Koppel “ketni artish sinovi” haqida soʻradi – aftidan, 
hazilomuz  javob  kutgandi.  Biroq  Morrining  jilmayishga  ham  holi 
qolmagandi. U faqat bosh chayqab qoʻydi: 
–  Hozir  hatto  tuvakda  ham  qaddimni  tik  tutib  oʻtirolmayman.  Har 
yonga  ogʻib  ketaveraman,  shu  sababli  meni  ushlab  turishadi. 
Ishimni  tugatgach,  ketimni  artib  qoʻyishadi.  Ahvolim  shu  darajaga 
kelib qolgan. 
U Koppelga osoyishtalikda jon berishni xohlashini aytdi. Va oʻzining 
yangi  yozilgan  hikmatli  soʻzi  bilan  boʻlishdi:  “Juda  erta  ketishga 
oshiqma, lekin juda uzoq ham qolib ketma”. 
Koppel  tushkun  kayfiyatda  bosh  irgʻatdi.  “Tungi  xabarlar”ning 
dastlabki soni olinganidan beri atigi olti oy oʻtgan boʻlsa-da,  hozirgi 
Morri Shvarts deyarli murdaga aylangandi. Koʻrsatuv tomoshabinlari 
oʻlim  haqidagi  miniserial  koʻrayotgandek  edi,  Morri  ularning  koʻz 
oʻngida  soʻlib  borardi.  Biroq  uning  jismi  nurab  borgani  sari,  shaxs 
sifatida oldingidan-da yorqinroq porlardi. 
Suhbat  oxirlab  qolganda,  tasvirda  Morrining  bir  oʻzini  qoldirishdi, 
Koppelning  esa  faqat  ovozi  eshitilib  turardi.  Koppel  keksa 
professorimdan 
“sizning 
muxlisingizga 
aylangan 
millionlab 
teletomoshabinlarga  aytadigan  biror  soʻzingiz  bormi?”  –  deya 
soʻradi.  Koppel  buni  xayoliga  ham  keltirmagan  boʻlsa-da,  uning 
savoli oʻlimga hukm qilingan shaxsga soʻnggi soʻzini aytishga imkon 
berayotgandek yangradi. 
–  Mehr-shafqatli  boʻling,  –  shivirladi  Morri.  –  Bir-biringizga  tayanch 
boʻling.  Agar  shu  narsalar  bizga  saboq  boʻlganida  edi,  dunyo 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
122
 
yashash uchun yaxshiroq joyga aylangan boʻlardi. – Soʻng bir nafas 
ti
n olib, qoʻshimcha qildi – “Bir-biringizga mehr-muhabbat koʻrsating, 
yoʻqsa halokatga yuz tutasiz”. 
Suhbat  yakunlandi.  Lekin  negadir  tasvirchi  video-kamerani 
oʻchirmadi va oxirgi sahna ham tasvirga tushdi. 
– Barakalla, suhbatni yaxshi oʻtkazdingiz, Morri, – dedi Koppel. 
Morri bazoʻr jilmaydi. 
– Qoʻldan kelgancha harakat qildim, – dedi keyin. 
– Har doimgidek. 
–  Ted,  xastalik  ruhimga  chang  solmoqda.  Lekin  uni  sindirolmaydi. 
Jismimni barbod qilishi mumkin. Ruhimni emas. 
Koppelning koʻzlari yoshga toʻldi. 
– Juda yaxshi insonsiz, Morri. 
–  Shunday  deb  oʻylaysizmi?  –  Morri  koʻzini  shiftga  tikdi.  –  Hozir  U 
bilan 
muzokara 
olib 
boryapman. 
Undan 
qayta-qayta: 
“Farishtalaringdan 
biriga 
aylanamanmi 
yoki 
yoʻq?” 
deb 
soʻrayapman. 
Morri Xudoga murojaat qilishiga ilk bora iqro
r boʻldi. 
 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin