Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
109
qilgandirman. Naqadar ahmoqlik.
– Shunaqa gaplar… Janin, — dedi Morri.
Rafiqam jilmaydi.
– Juda latofatlisiz. Qoʻlingizni bering.
Rafiqam qoʻlini uzatdi.
– Michning aytishicha, professional xonanda ekansiz.
– Ha, shunday — dedi Janin.
– U yana betakror ovozingiz borligini ham aytgandi.
– Voy, — kuldi u. – Yoʻq, u ogʻizda shunday deydi, xolos.
Morrining qoshlari koʻtarildi.
– Men uchun kuylab berasizmi?
Rostini aytganda, Janinni taniganimdan beri odamlar undan biror
qoʻshiq kuylab berishni soʻraydi.
Odamlar qoʻshiq aytib tirikchilik qilishingizni eshitishlari bilan doim
“Nimadir kuylab bermaysizmi?” deb soʻrashadi. Tortinchoqligi va
sharoitga talabchanligi bois Janin hech qachon bunday iltimoslarni
bajarmasdi, xushmuomalalik bilan rad etardi. Hozir ham u shunday
qiladi deb oʻylab turganimda, u kuylay boshladi:
Xayolimga kelganing hamon
Bu dunyoda har
nimaki bor
Unutaman barin batamom,
Voqelik ham etilar inkor...
Janin matni Rey Nobl qalamiga mansub, 30-yillarda mashhur
boʻlgan qoʻshiqni Morrining koʻzlariga tikilgancha betakror nafislik
bilan kuylardi. Men yana bir bora Morrining odatda tuygʻularini
pinhon tutuvchi odamlarning ham hissiyotlarini namoyon qildirish
mahorat
iga tan berdim. Morri qoʻshiq ohangiga mahliyo boʻlgancha
koʻzlarini yumdi. Rafiqamning nafis ovozi xonani toʻldirar ekan,
Morrining yuzidagi tabassum yarim oy shaklini olardi. Vujudi bir qop
qumdek jonsiz boʻlsa-da, ichida raqsga tushayotgani yaqqol sezilib
turardi.