Toʻqqizinchi seshanba: mehr barhayot qolishi toʻgʻrisida
suhbatlashamiz
“Har tun uyquga ketganimda, oʻlaman. Ertasi kuni tongda
uygʻonganimda esa, qayta tugʻilaman”.
Mahatma Gandi.
Daraxtlar bargi sargʻayib, Gʻarbiy Nyuton shaharchasi oralab oʻtgan
yoʻl oltin va zang tusini olayotgan palla. Detroytda kasaba
uyushmasi va nashri
yotlar oʻrtasidagi mojaro boshi berk koʻchaga
kirib
qolgan,
tomonlar
bir-birini
murosa
qilishdan
bosh
tortayotganlikda
ayblash
bilan
ovora.
Televideniye
orqali
uzatilayotgan xabarlar esa undan battar yurakni ezadi. Kentukki
qishloqlaridan birida uch erkak
qabrtosh boʻlaklarini koʻprikdan
pastga uloqtirib, koʻprik tagidan oʻtayotgan mashinaning old oynasini
sindirgan, mashinada oilasi bilan ziyoratga ketayotgan oʻsmir qiz
esa voqea joyida vafot etgan. Kaliforniyada O. J. Simpsonning sud
ishi yakuniga yetay deb qolgan va butun aholining fikr-u xayoli shu
ishga qaratilgandi. Hattoki aeroportlarda ham zallarga oʻrnatilgan
televizorlar CNN kanaliga toʻgʻrilangan boʻlib, to parvozingizga
chiqish uchun yoʻlakdan kirib ketguningizcha O.J. Simpsonning
ishiga taalluql
i yangiliklardan boxabar boʻlishingiz mumkin edi.
Ukamning holini soʻrash uchun bir necha marta Ispaniyaga
qoʻngʻiroq qildim. Chindan ham u bilan suhbatlashishni juda
xohlashimni, soʻnggi paytlarda munosabatlarimiz haqida koʻp
oʻylayotganimni aytib, telefon avtojavobbergichida xabarlar
qoldirdim. Bir necha hafta oʻtib, ukamdan ishlari joyida ekani, lekin
xastaligi haqida umuman gaplashishni istamasligi va bundan
afsusdaligi aytilgan qisqa xabar oldim.
Keksa professorimni esa xastalik toʻgʻrisidagi suhbatlar emas, balki
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
98
xastalikning oʻzi domiga tortib ketayotgandi. Oxirgi tashrifimdan beri
hamshira uning olatiga peshobni naycha orqali tortib olib, kursi
poyida turgan plastik qopga boʻshatuvchi kateter oʻrnatibdi. Uning
oyoqlarini muntazam toʻgʻrilab turish zarur edi (ALSning shafqatsiz
hazillaridan biri
– professor oyoqlarini qimirlata olmasa-da, hali ham
ogʻriq his qilardi), chunki oyoqlar penoplast toʻshamadan aynan
maʼlum dyuymga osilib turmasa, kimdir ularga sanchqi tiqib
olayotgandek azob berardi. Naq suh
batning oʻrtasida Morri
mehmonlardan uning oyoqlarini koʻtarib, bir dyuymginaga surish
yoki rang-barang yostiqlarga qulayroq joylashish uchun boshini
toʻgʻrilab qoʻyishni soʻrardi. Oʻz boshingizni qimirlatishga ham
qurbingiz yetmay qolishini tasavvur qila olasizmi?
Har tashrifimda Morri kursisiga tobora chuqurroq singib, uning
umurtqa pogʻonasi ham kursi shakliga kirayotgandek tuyulardi.
Shunga qaramasdan, har tong uni yotoqdan olib, aravachasiga
oʻtqizib, kitoblar va qogʻozlarga toʻla, deraza tokchasida hibiskus guli
oʻsayotgan shaxsiy kabinetiga eltib qoʻyishlarini soʻrardi.
Odatdagidek, Morri shu harakatdan ham falsafiy maʼno topardi.
– Oxirgi yozilgan hikmatli soʻzlarim shu haqida, — dedi u.
– Qani, eshitaylik-chi.
– Yotogʻingdan turmabsan, demakki, sen – murdasan.
Morri jilmaydi. Faqatgina Morri shu holatida ham bu kabi hazillarga
kula olardi.
“Tungi xabarlar” koʻrsatuvi xodimlari va hattoki Ted Koppelning oʻzi
ham unga bir necha marta qoʻngʻiroq qilishdi.
– Uyga kelib, men haqimda yana bitta koʻrsatuv olishmoqchi, —
dedi u.
– Lekin yana bir oz kutaylik, deyishdi.
– Nimani kutadi? Soʻnggi nafasingizni kameraga muhrlashnimi?
– Qaydam. Bari bir unga ham koʻp qolmadi.
– Unday demang.
– Uzr.
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
99
– Joningiz uzilishini kutayotganliklari gʻashimni keltiryapti.
– Menga joning achigani uchun ham bu seni gʻashingga tegyapti, —
jilmaydi Morri.
– Mich, balki ular tomoshabinlarga qaygʻuli tomosha
koʻrsatish maqsadida mendan foydalanmoqchidir. Qarshiligim yoʻq.
Ehtimol, men ham ulardan foydalanayotgandirman. Ular fikrlarimni
millionlab odamlarga yetkazishimga koʻmaklashmoqda. Ularsiz bu
narsa qoʻlimdan kelmasdi-ku, toʻgʻrimi? Shunday ekan, bu ikki
tomonlama manfaatli bitim.
Uni yana uzoq, tomoqni qiruvchi yoʻtal tutib, oxiri quyuq balgʻam
koʻchishi bilan yakunlandi.
– Nima boʻlganda ham, — dedi Morri. – Men ularga koʻp kutmaslikni
maslahat berdim, chunki yaqinda ovozimdan ham tamoman
ayrilishim mumkin. Bu dard oʻpkamga yetib kelishi bilan tildan
qolsam kerak. Hozir dam olmasdan uzoq gapirolmayman. Meni
koʻrgani kelmoqchi boʻlganlarning ham koʻpchiligiga rad javobini
berdim. Mich, ular biram koʻpki. Juda holdan toyganman. Ularga
yetarlicha eʼtibor qaratmasdan yordam berolmayman.
Oʻzimni aybdor his qilgancha, magnitofonga qaradim. Goʻyoki uning
qimmatli soʻzlashish vaqtini oʻgʻirlayotgandek edim.
– Buni qoldirib tursakmikan? — soʻradim men. – Sizni ancha
charchatsa kerak?
Morri koʻzlarini yumib, boshini chayqadi. U qayeridadir turgan sassiz
ogʻriq bosilishini kutayotgandek koʻrindi.
– Yoʻq, — dedi u va nihoyat. – Biz davom etishimiz kerak. Axir bu
bizning soʻnggi ilmiy ishimiz-ku.
– Soʻnggi ishimiz.
– Uni qoyilmaqom qilib yozish istagidamiz-ku.
Universitetda diplom ishimni birgalikda yozganimiz yodimga tushdi.
Gʻoya Morridan chiqqandi, albatta. U menga aʼlo darajali diplom ishi
yozish uchun bilimim yetarli ekanini aytgandi, ungacha men bu
narsani xayolimga ham keltirmagandim.
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
100
Mana endi, xuddi oʻsha ishni yana birgalikda bajaryapmiz. Yana
barchasi bitta gʻoyadan boshlandi. Oʻlayotgan odam yashashda
davom etayotgan odamga u nimalarni bilishi zarurligi haqida soʻzlab
bermoqda.
Faqat
bu
safar
men
ishni
yakunlashga
oshiqmayotgandim.
– Kecha menga bir qiziq savol berishdi, — dedi Morri, yelkam osha
devorga osigʻliq turgan kiltni tomosha qilib. Doʻstlari kiltni ezgu
tilaklar bitilgan quroqlardan tikib, Morrining 70 yillik yubileyiga sovgʻa
qilishgan. Kiltning har bir qurogʻida turlicha tilaklar bildirilgandi:
Dostları ilə paylaş: |