Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
89
shikoyat qilib kelgan bolalarning barchasi hayotni gʻam-hasratga
toʻla deb bilib, shu qadar tushkunlikka tushganidan oʻzlarini
oʻldirishni xohlardi… Shuncha badbaxtliklar kamdek, yoshlarga
donolik ham yetishmaydi. Ular hayot haqida juda sayoz
tushunchaga ega. Nimalar sodir boʻlayotganini tushunmagach, kim
ham har kuni yashagisi keladi? Odamlar istaganicha qarashlaringga
ishlov beradi, “Mana bu atirni sotib olsang, goʻzal boʻlasan” yoki
“Mana bu jinsi shimni olsang, jozibador koʻrinasan” deyishadi va sen
ularga ishonasan! Gʻirt bemaʼnilik!
– Hech keksayishdan qoʻrqmaganmisiz? — soʻradim men.
– Mich, men keksalikni quchoq ochib kutib olaman.
– Quchoq ochib?
– Bu juda oddiy. Yoshing oʻtgani sari hayotiy tajribang ham oshib
boraveradi. Agar yigirma ikki yoshligingcha qolganingda, bir umr
yigirma ikki yoshingdagi kabi johil boʻlib yasharding. Bilasanmi,
keksayish bu faqatgina soʻlish degani emas. Bu oʻsish degani.
Ajaling yaqinlashayotgani yomon,
albatta, ammo oʻlim muqarrarligini
anglab yetishing va shu sababli ham mazmunliroq hayot
kechirishing
– keksayishning ijobiy tomoni.
– Toʻgʻri, — dedim men. – Lekin keksayish shuncha afzalliklarga
ega boʻlsa, nega odamlar doim “Qaniydi, yoshligimga qaytib
qolsam!” deydi? Kimningdir “Oltmish besh yosh boʻlib qolsam edi!”
deganini hech eshitmaysiz.
U jilmaydi.
– Bilasanmi, bu nimadan darak beradi? Oʻz hayotidan qoniqmaslik.
Behuda kechgan umr. Mazmuni topilmagan hayot. Sababi, agar sen
hayoting mazmunini top
gan boʻlsang, ortga qayting kelmaydi. Olgʻa
intilging keladi. Yana-
da koʻprogʻini koʻrishni, kattaroq ishlarni
amalga oshirishni xohlaysan. Oltmish besh yoshingni orziqib
kutasan. Quloq sol. Sen bir narsani tushunishing kerak. Barcha
yoshlar buni bilishi kerak. Agar nuqul keksayishga qarshi kurashish
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
90
bilan band boʻlsang, bir umr baxtsizligingcha qolaverasan, chunki
keksalikdan qochib qutula olmaysan. Ha, yana bir gap, Mich,
— u
ovozini pastlatdi.
– Haqiqat shuki, sen ham oxir-oqibat oʻlasan.
Men bosh irgʻatdim.
– Oʻzingni nimalar deb ovutishingdan qatʼiy nazar.
– Bilaman.
– Biroq, umid qilamanki, — dedi u, – ungacha hali juda, juda koʻp
vaqt bor.
U yuzida xotirjam ifoda bilan koʻzlarini yumdi, keyin esa mendan
boshining orqasidagi yostiqlarni
toʻgʻrilab qoʻyishni soʻradi. U oʻzini
qulay his qilishi uchun tana holatini muntazam oʻzgartirib turish
zarur edi. U oppoq yostiqlar, sariq porolon va koʻk sochiqlar bilan
yasatilgan kresloda yastanib yotardi. Bir qarashda Morri yuk sifatida
joʻnatishga tayyorlanib, qadoqlanayotgandek tuyulardi.
– Rahmat, — dedi u, yostiqlarni surib qoʻyar ekanman.
– Arzimaydi, — dedim men.
– Mich, nima haqida oʻylayapsan?
Javob berishdan oldin bir oz oʻylanib turdim.
– Mayli, — dedim keyin. – Qanday qilib yosh, sogʻlom kishilarga
hasad qilmasligingiz mumkinligi haqida bosh qotiryapman.
– Xah, albatta, hasad qilaman, — u koʻzlarini yumdi. – Ularning
sport klublari yoki suzishga borish imkoni borligiga hasad qilaman.
Yoki raqs tushishiga. Asosan, raqs tushish imkoni hasadimni
keltiradi. Lekin hasad kirib keladi, men uni his qilaman, keyin esa
koʻnglimdan chiqarib yuboraman. Voqelikdan uzilish haqidagi
gaplarim esingdami? Qoʻyib yubor. “Bu hasad, hozir men undan
ajralib chiqaman”, deb ayt oʻzingga. Keyin esa undan uzoqlash.
Mo
rri yoʻtaldi: uzoq, tomoqni yirtadigan darajada qattiq yoʻtal.
Sochiqchani ogʻziga bosib, zaifgina tupurdi. Uning qarshisida oʻtirar
ekanman, oʻzimni undan koʻra ancha kuchli, kulgili darajada
kuchliroq, his qildim, goʻyoki uni bir qop undek koʻtarib, osongina
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
91
yelkamga ortib oladigandek. Bu ustunligimdan uyalib ketdim, chunki
boshqa hech bir jabhada undan ustun jihatim yoʻq edi.
– Hasad qilishdan qanday tiyilasiz?
– Kimga?
– Menga.
U jilmaydi.
– Mich, qarilarning yoshlarga hasad qilmasligi ilojsiz. Hamma gap
oʻzingni boringcha qabul qilib, bundan quvona bilishingda. Hozir
oʻttiz yosh boʻlish navbati seniki. Men ham bir paytlar oʻttiz yoshli
boʻlish gashtini surganman, endi esa yetmish sakkiz yoshli boʻlish
vaqtim keldi. Ayni paytdagi hayotingning ijobiy, goʻzal va asl
tomonlarini koʻra bilishing zarur. Ortga boqish odamda raqobat
ruhini uygʻotadi. Yosh esa raqobatlashadigan masala emas.
U nafas chiqarib, goʻyoki yoyilib ketayotgan havoni tomosha
qilmoqchidek, pastga qaradi.
– Rostini aytsam, menda barcha yoshlar mujassam. Men uch
yoshdaman, besh yoshdaman, oʻttiz yetti yoshdaman, ellik
yoshdaman. Men ularning barchasini boshimdan kechirganman,
demak, muayyan yoshda boʻlish qandayligini bilaman. Bola boʻlish
joiz boʻlsa, oʻzimni boladek tutishdan zavqlanaman. Dono qariya
boʻlishning oʻrni kelganda, dono qariyaligimdan quvonaman.
Tasavvur qilib koʻrgin, a, nechta insonga aylana olaman! Hozirgi
paytimgacha boʻlgan barcha yoshda boʻla olaman. Nima
deyayotganimni tushunyapsanmi?
Men bosh irgʻatdim.
– Qanday qilib sening hozirgi holatingga hasad qilishim mumkin,
oʻzim ham shu yoʻlni bosib oʻtgan boʻlsam?
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
92
Dostları ilə paylaş: |