Моррининг сешанба дарслари


Oʻn toʻrtinchi seshanba: xayrlashamiz



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/55
tarix18.02.2022
ölçüsü1 Mb.
#52758
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Oʻn toʻrtinchi seshanba: xayrlashamiz
 
Havo  sovuq  va  nam  edi.  Zinapoyalardan  Morrining  uyiga 
koʻtarilayotib,  avvalgi  tashriflarimda  ilgʻamagan  mayda-chuydalarga 
ham  eʼtibor  berayotganimni  sezdim.  Tepalik  shakli.  Uyning  tosh 
urilgan  devorlari.  Pastak,  hamisha  yashil  butalardan  iborat  yoʻlak 
chetidagi  devordaraxtlar.  Men  shoshmasdan,  oyogʻim  ostida 
tekislanib qolayotgan hoʻl xazonlarni bosib, sekin yurib borardim. 
Bir  kun  oldin  Sharlotta  qoʻngʻiroq  qilib,  Morrining  ahvoli 
ogʻirlashganini  aytgandi.  Bu  bilan  u  “soʻnggi  kunlar  yetib  keldi” 
demoqchi  edi.  Morri  hamma  uchrashuvlarini  bekor  qilib,  juda  koʻp 
vaqtini uyquda oʻtkazayotgandi: bu hecham Morriga oʻxshamasdi. U 
hech  qachon  uxlashga  ishtiyoqmand  boʻlmagan,  ayniqsa, 
gaplas
hish uchun tayyor suhbatdoshlar boʻlganda. 
– U sizni kelsin deyapti, — dedi Sharlotta. – Lekin, Mich… 
– Labbay? 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
135
 
– U juda darmonsizlanib qolgan. 
Kirish  eshigiga  olib  chiquvchi  zinapoyalar.  Eshikning  oynali  qismi. 
Men  bu  narsalarni  sekin,  kuzatuvchan  nigoh  bilan  xotiramga 
singdirib  borardim,  goʻyoki  ularni  ilk  marta  koʻrayotgandek. 
Yelkamga  osilgan  sumkadagi  magnitofonni  paypaslab  koʻraman, 
keyin esa tasmalarni ham olganimga ishonch hosil qilish maqsadida 
sumkaning ichini ochib koʻraman. Nega bunday qildim – bilmayman. 
Tasmalarni doim yonimda olib yuraman-ku. 
Eshikni Konni ochdi. Tabiatan xushchaqchaq Konni bugun gʻamgin 
koʻrinardi. Deyarli shivirlab salomlashdi. 
– Uning ahvoli qanday? — soʻradim men. 
–  Unchalik  yaxshimas,  —  deya  labini  tishladi  u.  –  Bu  haqida 
oʻylashni ham xohlamayman. Shunday yaxshi odam, a? 
– Bilaman. 
– Kulfat-ku bu! 
Sharlotta koridordan chiqib kelib, meni quchoqladi. Soat ertalabki 10 
boʻlayotgan  boʻlsa-da,  Morri  hali  uygʻonmabdi.  Oshxonaga  oʻtdik. 
Stol  ustida  qatorlashib  turgan  oq  telpakli  jigarrang  plastik 
askarchalar 
–  dori  idishchalarini  koʻrib,  unga  oshxonani 
yigʻishtirishga  koʻmaklashdim.  Keksa  professorim  nafas  olishni 
yengillashtirish uchun morfiy qabul qilardi. 
Oʻzim  bilan  olib  kelgan  oziq-ovqatlarni  muzlatgichga  joyladim: 
shoʻrva, sabzavotli pishiriq, tuna salati. Yana ovqat koʻtarib kelganim 
uchun  Sharlottadan  uzr  soʻradim.  Morri  bu  kabi  yeguliklarni 
chaynolmay  qolganiga  ancha  boʻlganini  ikkalamiz  ham  bilardik, 
ammo  bozorlik  qilib  kelish  odat  tusiga  kirib  qolgandi-
da.  Baʼzan 
kiming
nidir  yoʻqotayotganingda,  mayda-chuyda  odatlarga  ham 
choʻkayotgan odam xasga yopishganidek amal qilarkansan. 
Morri 
va 
Ted 
Koppelning 
ilk 
suhbati 
tasvirga 
olingan 
mehmonxonada  kutib  oʻtirdim.  Stolda  yotgan  gazetani  oʻqiy 
boshladim. Minnesotada ikki bolakay 
otasining qurollari bilan oʻynay 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
136
 
turib,  bir-
birini otib qoʻyibdi. Los-Anjeles koʻchalaridan biridagi axlat 
qutisidan chaqaloq topilibdi. 
Gazetani  joyiga  qoʻyib,  boʻm-boʻsh  kaminga  tikildim.  Poyabzalim 
bilan parket polni ohista depsiy boshladim. Va nihoyat, eshik ochilib-
yopilgani,  keyin  esa  Sharlottaning  men  tomon  kelayotgan  qadam 
tovushlari qulogʻimga chalindi. 
– Boʻldi, — dedi u mayin ovozda. – U seni koʻrishga tayyor. 
Men  oʻrnimdan  qoʻzgʻalib,  odatiy  joyimizga  tomon  yurarkanman, 
koridor  oxirida,  yigʻma  kursida  oyoqlarini  chalishtirib  oʻtirgancha 
kitob  oʻqiyotgan  begona  ayolga  koʻzim  tushdi.  U  oʻlim  toʻshagida 
yotgan  bemorlar  kasalxonasidan  kelgan  hamshira  boʻlib,  Morridan 
yigirma toʻrt soat boxabar boʻlib turuvchi navbatchi jamoa aʼzosi edi. 
Morrining  kab
inetida  hech  kim  yoʻq  edi.  Bundan  bir  oz  gangib 
qoldim.  Keyin  ikkilanibgina  yotoqxonaga  qayrildim,  ha,  mana  u, 
yotoqda choyshablarga oʻranib yotibdi. Men uni bu holda oldin faqat 
bir  marta  koʻrgandim:  u  uqalash  muolajasini  olayotganida.  Yana 
uning  “Yotogʻingdan  turmabsan,  demakki,  sen  –  murdasan”  degan 
hikmatli soʻzlari miyamda aks-sado berdi. 
Yuzimda  zoʻraki  tabassum  bilan  xonaga  kirdim.  U  tepasiga  sariq 
rangli  tungi  koʻylak  kiyib  olgan,  koʻkragidan  pastki  qismiga  esa 
koʻrpa  yopib  qoʻyilgandi.  Uning  koʻrpa  ostidagi  tanasi  shu  qadar 
ozib-
toʻzib  ketgandiki,  menga  bir  nafas  u  yerda  nimadir 
yetishmayotgandek  tuyuldi.  Uning  kichrayib  ketgan  jussasi  yosh 
bolanikidek kelardi. 
Morrining ogʻzi ochiq, yuzi terisi oqarib, yonoq suyaklariga yopishib 
turardi.  Nigohi  men
ga  tushib,  gapirishga  urindi,  ammo  boʻgʻzidan 
faqat xirillagan tovush eshitildi. 
– Mana, qayerda ekansiz! — dedim men boʻm-boʻsh ichimda qolgan 
bor kuchimni toʻplab. 
U nafas chiqardi, koʻzlarini yumdi, keyin esa jilmaydi. Shu jilmayish 
ham uni holdan toydirayotgandek edi. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
137
 
– Qadrdon… doʻstim, — dedi u va nihoyat. 
– Ha, doʻstingizman, — dedim men. 
– Bugun ahvolim… uncha yaxshimas. 
– Ertaga oʻzingizga kelib qolasiz. 
U  qiyinchilik 
bilan  yana  nafas  chiqardi  va  zoʻrgʻa  bosh  irgʻatdi. 
Choyshab tagidan nimadir qilishga qattiq urinayotgani koʻrib, qoʻlini 
chiqarmoqchiligini angladim. 
– Qoʻlimdan tut, — dedi u. 
Koʻrpani tortib, uning barmoqlarini mahkam ushladim. Ular qoʻllarim 
orasida yo
ʻq boʻlib ketdi. U tomonga engashdim, yuzim yuziga tegay 
deb turardi. Birinchi marta uni soqoli olinmagan holda koʻrishim edi. 
Endi  oʻsib  kelayotgan  oppoq  moʻylari  Morrining  yuzida  shu  qadar 
begona  tuyulardiki,  xuddi  birov  uning  yonoqlari  va  iyagiga  bir  tekis 
qilib tuz sepib chiqqandek edi. Jon hamma aʼzolarini tark etayotgan 
bir  paytda  yangi  hayot  boshlashga  quvvatni  qayerdan  oldi  ekan  bu 
soqol? 
– Morri, — chaqirdim men. 
– Murabbiy, — meni toʻgʻriladi u. 
– Murabbiy, — dedim men. 
Vujudimni titroq bosdi. U t
oʻxtab-toʻxtab gapirdi: nafas olishi – havo, 
chiqarishi 
–  soʻzlar.  Ingichka,  titroq  ovozda  soʻzlardi.  Undan 
malhamlarning hidi kelardi. 
– Sen… yaxshi odamsan. 
– Yaxshi odam. 
–  Mana  bu  yerimdan,  —  dedi  u  shivirlab,  qoʻlimni  yuragi  tomonga 
olib borarkan. 
– joy olgansan. 
Boʻgʻzimga nimadir tiqildi. 
– Murabbiy? 
– A-a? 
– Men qanday xayrlashishni bilmayman. 
U hali ham koʻksida turgan qoʻlimni ohistagina urib qoʻydi. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
138
 
– Mana… shunday… xayrlashamiz. 
Morri  ohistagina  nafas  olar,  men  uning  koʻkrak  qafasi  koʻtarilib-
tu
shishini his qilib turardim. U koʻzimga tik qarab: 
– Seni… yaxshi koʻraman, — dedi xirildoq ovozda. 
– Men ham sizni yaxshi koʻraman, murabbiy. 
–  Yaxshi  koʻrishingni  bilaman…  Yana  boshqa…  bir  narsani  ham 
bilaman. 
– Yana nimani bilasiz? 
– Har doim… yaxshi koʻrganingni... 
Uning  koʻzlari  qisildi,  keyin  esa  u  yigʻlay  boshladi.  Yuzi  xuddi  hali 
qanday  yigʻlashni  bilmaydigan  chaqaloqnikidek  bujmaydi.  Men  bir 
necha  daqiqa  uni  bagʻrimga  bosib  turdim.  Osilib  qolgan  terisini, 
sochlarini  siladim.  Kaftlarimni  uning  yuziga  bosdim,  qurigan  eti 
ostida yonoq suyaklari yaqqol sezilib turardi. Doritomizgʻichdan siqib 
chiqarilayotgan  tomchilardek  mayda  koʻz  yoshlaridan  kaftim 
namlandi. 
Nafas  olishi 
bir  maromga  tushgach,  tomogʻimni  bir  qirib  oldim-da, 
uning holdan toyganini, shu sababli keyingi seshanba kelishimni va 
ungacha ahvoli bir oz yaxshilanib qolishiga umid qilishimni aytdim. 
– Rahmat, – dedi Morri va kulishga urinib, yengil pixillab qoʻydi. Bari 
bir kulgisi ham gʻamgin chiqdi. 
Kelganimdan  beri  yopiqligicha  turgan,  magnitofon  solingan 
sumkamni  qoʻlimga  oldim.  Buni  nega  olib  keldim  oʻzi?  Undan 
foydalanmasligimizni  bilgandim-
ku.  Morri  tomonga  egilib,  uni  oʻpib 
qoʻydim.  Zora  unga  bir  lahza  boʻlsa-da  zavq  bagʻishlasa,  degan 
umidda yuzimni uning yuziga odatdagidan uzoqroq bosib turdim. 
– Boʻpti, unda, – dedim qaddimni rostlar ekanman. 
Namlangan koʻzlarimdan yosh chiqmasligi uchun kiprik qoqqanimni 
koʻrib,  uning  lablari  siqildi  va  hayratdan  qoshlari  koʻtarildi.  Oʻsha 
lahzada  keksa  professorim  oʻz  gʻalabasidan  mamnun  edi,  deb 
oʻylagim keladi: va nihoyat, u meni yigʻlashga majbur qilgandi. 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
139
 
– Boʻpti, – shivirladi u. 
 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin