Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
141
degim keladi.
Eng muhimi, men unga samolyotga oʻtirib, Massachusets shtatidagi
Gʻarbiy Nyuton shaharchasida yashayotgan nuroniyni ertaroq – u
xastalanib raqsga tushish qobiliyatini yoʻqotmasidan oldin borib
koʻrishi kerakligini aytgim keladi.
Bilaman, bu qoʻlimdan kelmaydi. Hech birimiz oʻtgan ishlarni
oʻzgartira olmaymiz, allaqachon tasmaga muhrlangan hayotimizni
ham qayta yashash imkonsiz. Ammo Professor Morri Shvarts
menga bergan eng muhim saboq bu
– hayotda “endi juda kech”
degan tushunchaning mavjud emasligi. U soʻnggi nafasigacha oʻzini
tarbiyalashda davom etdi.
Morrining oʻlimidan koʻp oʻtmay, Ispaniyadagi ukam bilan
suhbatlashishga muvaffaq boʻldim. Uzoq gaplashdik. Uning maʼlum
masofa saqlash istagini hurmat qilishimni, men bor-
yoʻgʻi oʻtmish
xotiralari bilan yashash oʻrniga, aynan hozir xabarlashib turishni va
u imkon berganicha munosabatlarimizni tiklashni xohlashimni
aytdim.
– Sen mening yakka-yu yolgʻiz ukamsan, – dedim men. – Seni
yoʻqotishni xohlamayman. Seni yaxshi koʻraman.
Shu paytgacha unga bunday gaplarni hech aytmagandim.
Bir necha kun oʻtib, faks orqali xabar oldim. Xabar matni bosh
harflar bilan yozilib, tinish belgilari pala-
Dostları ilə paylaş: