shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng hamrovli tadqiqotlar olib borib,
shu narsani aniqlaganki, har bir odam o’ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok
qilish va baholashga moyil bo’ladi.
Shunisi ajablanarliki, o’sha bir konkret vaziyat xususidagi
turli shaxslarning
baholari ham turlicha bo’ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o’zi ham o’zidagi holat,
kayfiyatga bog’liq xolda bir xil vaziyatni alohida xollarda turlicha idrok qilishga
moyil bo’larkan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini
o’sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki
reaktsiyasi sifatida qaramay, balki unda shunga o’xshash holatlarni idrok qilishga
ichki bir hozirlik - dispozitsiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to’g’riroq bo’ladi.
Shu ma’noda shaxs xulqining motivatsiyasi turli sharoitlardan
orttirilgan tajribaga
tayangan, ongli tahlillar, hattoki, ijtimoiy tajriba normalarining ta’sirida
shakllanadigan sabablar kompleksini o’z ichiga oladi. Masalan, texnika
oliygohlarida: «Materiallarning qarshiligi» nomli kurs bor deylik. Shu kursni
o’zlashtirish va undan sinovdan o’tish ko’pchilikka osonlikcha ro’y bermaydi. Hali
kurs boshlanmasdanok, yosh talabalarda shu kurs va
uning talablariga nisbatan
shunday ustanovka shakllanadiki, albatta, bu kurs qiyin, uni olib boruvchi o’qituvchi
o’ta talabchan, kattiqqo’l va hokazo degan. Bunday motivatsiya mana necha avlod
talabalar boshdan kechirayotgan holat. Endi konkret shaxsning dars jarayoni
boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq talaba
uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o’z
vaqtida darslarni
tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun (dangasaroq talaba uchun) bu darsdan keyin
dars yo’q va u qachon shu semestr tugashini kutib harakat qiladi.
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Ya’ni, maqsadli
hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo’ladi va aynan ularning tabiati
va zaruratiga bog’liq tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi. Misol uchun talabaning
o’quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qiziquvchanlik
ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyyotning ma’lum bir davrida, masalan,
bog’cha yo shidan boshlab qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar,
daftar va boshqa o’quv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan
shartsharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o’zi, bola
uchun motiv o’rnini bosadi. Yana bir oddiy misol: qo’lingizda kitob bor. Siz hali uni
o’qishni boshlamadingiz. Lekin o’qish
istagi bor, shu istakning ortida esa, o’sha
mazmunni bilish va uning mohiyatini bilib olish ehtiyoji turadi. Rus olimi R.Nemov
shaxsdagi motivatsion sohani quyidagicha tasavvur qiladi. Umuman, har qanday
shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo’lish mumkin:
1.
Dostları ilə paylaş: