Motivasiyasi. Anglangan va anglanmagan motivlar


Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o’zgartirish



Yüklə 295,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix07.12.2022
ölçüsü295,08 Kb.
#72957
1   2   3   4   5   6   7   8
5-Ma\'ruza

 
5.Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o’zgartirish 
muammosi 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni hattiharakatlarimizning sabablari 
biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida keltirilgan 
barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli 
faoliyatni 
amalga 
oshirayotganligini, 
nima 
sababdan 
muvaffaqiyatga 
erishayotganligi yoki mag’lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy 
xulqimizning sabablari bizga ayon bo’lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy xulq 
motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizcha «attitud») hodisasi orqali 
tushuntiriladi.
Ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy ob’ektlar, hodisalar, guruhlar va 
shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik 
holatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq 
anglamaydi. Masalan, Vatanimizni hammamiz sevamiz, bayrog’imiz muqaddas, 
nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga raxmimiz keladi, tijorat ishlari bilan 
shug’ullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hakozo. Bu
tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o’rnashib 
qolganligiga e’tibor bermasdan yuqorida sanab o’tgan hissiyotlarni boshdan 
kechiraveramiz. Mana shularning barchasi ijtimoiy ustanovkalar bo’lib, ularning 
mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va 
uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda ruyobga chiqadi.
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini 
ishlab chiqqan:


A. Kognitiv komponent - ustanovka ob’ektiga aloqador bilimlar, g’oyalar, 
tushuncha va tasavvurlar majmui;
B. Affektiv komponent - ustnovka ob’ektiga nisbatan sub’ekt his qiladigan real 
hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar);
V. Harakat komponenti - sub’ektning ob’ektga nisbatan real sharoitlarda 
amalga oshirishi mumkin bo’lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo’lish).
Bu uch xil komponentlar o’zaro bir-birlari bilan bog’liq bo’lib, vaziyatga qarab 
u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo’lishi mumkin. Shuni aytish lozimki, 
komponentlararo monandlik bo’lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar 
talabalik burchi va tartib - intizom bilan juda yaxshi tanish bo’lsalar ham, har doim 
ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish», «jamoatchilik joylarida 
tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat komponentlarida uyg’unlik 
yo’qligini ko’rsatadi. Bu bir qarashda so’z va ish birligi tamoyilining turli shaxslarda 
turlicha namoyon bo’lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy 
xulqqa zid harakat qilsa, va bu narsa bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o’rganib 
qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy 
normalar va sanktsiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut 
bo’lmasligiga yoshlarni o’rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va 
faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.

Yüklə 295,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin