mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador
materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan
bog’liq murakkab faoliyat turi;
fikrlash faoliyati - aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar
va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat;
imajitiv - («image» -obraz so’zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy
jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan
narsalarning xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni taqozo etadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida
shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo’lishi mumkin. Agar tashqi faoliyat
asosida psixik jarayonlarga o’tish ro’y bergan bo’lsa, bunday jarayonni
psixologiyada interiorizatsiya deb ataladi, aksincha, aqlda shakllangan g’oyalarni
bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko’chirilishi eksteriorizatsiya
deb yuritiladi.
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko’ra ham
farqlanadi. Masalan, shunday bo’lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir
elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat va
ongning yo’nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o’tgach, borabora unda ongning
ishtiroki kamayib, ko’pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga
o’girilganda, malaka hosil bo’ldi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat
yozishga o’rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa,
faoliyatning maqsadi va talablariga ko’ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni
ta’minlasa, biz buni ko’nikmalar deb ataymiz. Ko’nikmalar - doimo bizdagi aniq
bilimlarga tayanadi. Masalan, ko’nikma va malakalar o’zaro bog’liq bo’ladi, shuning
uchun ham o’quv faoliyati jarayonida shakllanadigan barcha ko’nikmalar va
malakalar shaxsning muvaffaqiyatli o’qishini ta’minlaydi. Ikkalasi ham mashqlar va
qaytarishlar vositasida mustahkamlanadi. Agar, faqat malakani oladigan bo’lsak,
uning shakllanish yo’llari quyidagicha bo’lishi mumkin:
oddiy namoyish etish yo’li bilan;
tushuntirish yo’li bilan;
ko’rsatish bilan tushuntirishni uyg’unlashtirish yo’li bilan. Hayotda ko’nikma
va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni
yengillashtiradi. O’qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga
erishishimizni ta’minlaydi.
Faoliyatni klassifikatsiya qilish va turlarga bo’lishning yana bir keng tarqalgan usuli
- bu barcha insonlarga xos bo’lgan asosiy faollik turlari bo’yicha tabaqalashdir. Bu -
muloqot, o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlaridir. Muloqot - shaxs individual
rivojlanishi jarayonida namoyon bo’ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu
faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri - inson bo’lish, odamlarga o’xshab
gapirish, ularni tushunish, sevish, o’zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga
qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. SHaxs o’z taraqqiyyotini aynan shu faoliyat
turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar
(noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin
yaratadi.
O’yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar
yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-
xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan
o’zlashtiriladi. Bola toki o’ynamaguncha, kattalar hatti-harakatlarining ma’no va
mohiyatini anglab yetolmaydi.
O’qish faoliyati ham shaxs kamolotida katta rol o’ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu
shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko’nikmalar
o’zlashtiriladi.
Mehnat qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo’lib, uning maqsadi
albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyyotiga
hissa qo’shishdir.
Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga
oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina
biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador bo’lgan ma’lumotlarni
eslab qolish va kerak bo’lganda yana esga tushirish orqali uni bajarish bo’lmay, balki
ham ichki (psixik), ham tashqi (predmetga yo’naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda
bajarish bilan bog’liq murakkab jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir
shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan shug’ullanishiga majbur qilgan psixologik
omillar - sabablar muhim bo’lib, bu faoliyat motivlaridir.
Dostları ilə paylaş: |