Motivasiyasi. Anglangan va anglanmagan motivlar



Yüklə 295,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix07.12.2022
ölçüsü295,08 Kb.
#72957
1   2   3   4   5   6   7   8
5-Ma\'ruza

shaxsiy dispozitsiyalar ham deb ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanishi yoki 
anglanmasligi ham mumkin. Ya’ni, ba’zan shunday bo’ladiki, shaxs o’zi amalga 
oshirgan ishi yoki o’zidagi o’zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning 
haqiqiy sababini o’zi tushunib yetmaydi, «Nega?» degan savolga «O’zim ham 
bilmay qoldim, bilmayman», deb javob beradi. Bu anglanmagan dispozitsiyalar yoki 
ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barcha 
sir-asrorlarini egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq 
bo’ladi, ya’ni, dispozitsiya anglangan, ongli hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan motiv - konkretroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu 
xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni 
nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, 


shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng hamrovli tadqiqotlar olib borib, 
shu narsani aniqlaganki, har bir odam o’ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok 
qilish va baholashga moyil bo’ladi.
Shunisi ajablanarliki, o’sha bir konkret vaziyat xususidagi turli shaxslarning 
baholari ham turlicha bo’ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o’zi ham o’zidagi holat, 
kayfiyatga bog’liq xolda bir xil vaziyatni alohida xollarda turlicha idrok qilishga 
moyil bo’larkan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini 
o’sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki 
reaktsiyasi sifatida qaramay, balki unda shunga o’xshash holatlarni idrok qilishga 
ichki bir hozirlik - dispozitsiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to’g’riroq bo’ladi. 
Shu ma’noda shaxs xulqining motivatsiyasi turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga 
tayangan, ongli tahlillar, hattoki, ijtimoiy tajriba normalarining ta’sirida 
shakllanadigan sabablar kompleksini o’z ichiga oladi. Masalan, texnika 
oliygohlarida: «Materiallarning qarshiligi» nomli kurs bor deylik. Shu kursni 
o’zlashtirish va undan sinovdan o’tish ko’pchilikka osonlikcha ro’y bermaydi. Hali 
kurs boshlanmasdanok, yosh talabalarda shu kurs va uning talablariga nisbatan 
shunday ustanovka shakllanadiki, albatta, bu kurs qiyin, uni olib boruvchi o’qituvchi 
o’ta talabchan, kattiqqo’l va hokazo degan. Bunday motivatsiya mana necha avlod 
talabalar boshdan kechirayotgan holat. Endi konkret shaxsning dars jarayoni 
boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq talaba 
uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o’z vaqtida darslarni 
tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun (dangasaroq talaba uchun) bu darsdan keyin 
dars yo’q va u qachon shu semestr tugashini kutib harakat qiladi.
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Ya’ni, maqsadli 
hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo’ladi va aynan ularning tabiati 
va zaruratiga bog’liq tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi. Misol uchun talabaning 
o’quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qiziquvchanlik 
ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyyotning ma’lum bir davrida, masalan, 
bog’cha yo shidan boshlab qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, 
daftar va boshqa o’quv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan 


shartsharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o’zi, bola 
uchun motiv o’rnini bosadi. Yana bir oddiy misol: qo’lingizda kitob bor. Siz hali uni 
o’qishni boshlamadingiz. Lekin o’qish istagi bor, shu istakning ortida esa, o’sha 
mazmunni bilish va uning mohiyatini bilib olish ehtiyoji turadi. Rus olimi R.Nemov 
shaxsdagi motivatsion sohani quyidagicha tasavvur qiladi. Umuman, har qanday 
shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo’lish mumkin:
1. 

Yüklə 295,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin