Motivasiyasi. Anglangan va anglanmagan motivlar



Yüklə 295,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix07.12.2022
ölçüsü295,08 Kb.
#72957
1   2   3   4   5   6   7   8
5-Ma\'ruza

mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador 
materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan 
bog’liq murakkab faoliyat turi;
 
fikrlash faoliyati - aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar 
va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat;
 
imajitiv - («image» -obraz so’zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy 
jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan 
narsalarning xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni taqozo etadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida 
shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo’lishi mumkin. Agar tashqi faoliyat 
asosida psixik jarayonlarga o’tish ro’y bergan bo’lsa, bunday jarayonni 
psixologiyada interiorizatsiya deb ataladi, aksincha, aqlda shakllangan g’oyalarni 
bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko’chirilishi eksteriorizatsiya 
deb yuritiladi.
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko’ra ham 
farqlanadi. Masalan, shunday bo’lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir 
elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat va 
ongning yo’nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o’tgach, borabora unda ongning 
ishtiroki kamayib, ko’pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga 
o’girilganda, malaka hosil bo’ldi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat 
yozishga o’rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, 
faoliyatning maqsadi va talablariga ko’ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni 
ta’minlasa, biz buni ko’nikmalar deb ataymiz. Ko’nikmalar - doimo bizdagi aniq 
bilimlarga tayanadi. Masalan, ko’nikma va malakalar o’zaro bog’liq bo’ladi, shuning 
uchun ham o’quv faoliyati jarayonida shakllanadigan barcha ko’nikmalar va 


malakalar shaxsning muvaffaqiyatli o’qishini ta’minlaydi. Ikkalasi ham mashqlar va 
qaytarishlar vositasida mustahkamlanadi. Agar, faqat malakani oladigan bo’lsak, 
uning shakllanish yo’llari quyidagicha bo’lishi mumkin:
 
oddiy namoyish etish yo’li bilan;
 
tushuntirish yo’li bilan;
 
ko’rsatish bilan tushuntirishni uyg’unlashtirish yo’li bilan. Hayotda ko’nikma 
va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni 
yengillashtiradi. O’qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga 
erishishimizni ta’minlaydi.
Faoliyatni klassifikatsiya qilish va turlarga bo’lishning yana bir keng tarqalgan usuli 
- bu barcha insonlarga xos bo’lgan asosiy faollik turlari bo’yicha tabaqalashdir. Bu - 
muloqot, o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlaridir. Muloqot - shaxs individual 
rivojlanishi jarayonida namoyon bo’ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu 
faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri - inson bo’lish, odamlarga o’xshab 
gapirish, ularni tushunish, sevish, o’zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga 
qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. SHaxs o’z taraqqiyyotini aynan shu faoliyat 
turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar
(noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin 
yaratadi.
O’yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar 
yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-
xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan 
o’zlashtiriladi. Bola toki o’ynamaguncha, kattalar hatti-harakatlarining ma’no va 
mohiyatini anglab yetolmaydi.
O’qish faoliyati ham shaxs kamolotida katta rol o’ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu 
shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko’nikmalar 
o’zlashtiriladi.
Mehnat qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo’lib, uning maqsadi 
albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyyotiga 
hissa qo’shishdir.


 Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga 
oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina 
biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador bo’lgan ma’lumotlarni 
eslab qolish va kerak bo’lganda yana esga tushirish orqali uni bajarish bo’lmay, balki 
ham ichki (psixik), ham tashqi (predmetga yo’naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda 
bajarish bilan bog’liq murakkab jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir 
shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan shug’ullanishiga majbur qilgan psixologik 
omillar - sabablar muhim bo’lib, bu faoliyat motivlaridir.  

Yüklə 295,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin