Motivasiyasi. Anglangan va anglanmagan motivlar


 Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi



Yüklə 295,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix07.12.2022
ölçüsü295,08 Kb.
#72957
1   2   3   4   5   6   7   8
5-Ma\'ruza

3. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi 
Yuqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o’z-o’zidan ro’y bermaydi. 
shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o’zini qanday tutishi, egallagan mavqei ham 
sababsiz, kuzatilmaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq - atvorini 
tushuntirish uchun psixologiyada «motiv» va «motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi.
«Motivatsiya» tushunchasi «motiv» tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga 
ega. Motivatsiya - inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini 
tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu 
shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima 
uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo’lida?» degan savollarga javob 
qidirish - motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini 
yoritishga olib keladi.
Motiv va motivatsiya muammolarini tadqiq etishda rus va sobiq ittifoq psixologlari 
o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar, jumladan, K.D.Ushinskiy, 
I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterov, A.F.Lazurskiy, V.M.Myasishchev, 
A.A.Uxtomskiy, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.Yakobson va 
boshqalar.
O’z zamonasining buyuk eksperimentatori A.F.Lazurskiy psixik jarayonlar va shaxs 
xususiyatlarini tadqiq etayotganida motivlar masalasiga qiziqish bilan yondashadi. 
Buning uchun muallif o’z izlanishlarida ―mayllar va xohishlar kuchi hamda 
zaifligi‖, ―motivlar kurashiga moyilligi‖, ―motivlar muhokamasiga ortilganligi‖, 
―xohishning qadriyatga ega ekanligi, aniq xususiyatliligi‖ singari kontekstlar orqali 


o’rganishga intiladi. Shuning bilan birga A.F.Lazurskiy intilish rivojining darajasi 
ongli irodaviy zo’r berish bilan bog’liq ekanligini alohida ta’kidlaydi. Motiv 
muammosi D.N.Uznadze tomonidan o’rganilgan bo’lib, uning mohiyatini 
tushntirish, ustanovka nazariyasiga asoslangan. SHuning uchun motivni muallif 
sub’ekt faolligining manbai, deb tushuntiradi, motivatsiyani esa irodaviy aktga olib 
keluvchi bosqich deb hisoblaydi. A.N.Leontev motivatsiya masalasini 
tushuntirishda inson ongining namoyon bo’lishini tahlil qilish vositasi orqali 
yondashadi. U hatti-harakat xulq motiviga aylanishini psixologik mexanizmlarini 
tahlil 
qiladi.V.N.Myasishev 
fikricha, motiv harakat ob’ektiga nisbatan 
munosabatning ifodalanishidir.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini tutishi sabablarini o’rganish 
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati 
farqlanadi:
a) ichki sabablar, ya’ni hatti-harakat egasining sub’ektiv psixologik xususiyatlari 
nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar va 
xokazolar);
b) tashqi sabablar - faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bo’lar 
ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir.
Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda

Yüklə 295,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin