Motivasiyasi. Anglangan va anglanmagan motivlar



Yüklə 295,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix07.12.2022
ölçüsü295,08 Kb.
#72957
1   2   3   4   5   6   7   8
5-Ma\'ruza

4. Motivlarning turlari  
Motivlar quyidagi turkumlarga ajratiladi: shaxsning ijtimoiy ehtiyojlariga mos 
motivlar; umumiylikka ega bo’lgan motivlar; faoliyatga mos motivlar; paydo bo’lish 
xususiyati, muddatiga ko’ra motivlar; aks etish darajasi nuqtai-nazaridan ierarxik 
vujudga kelgan motivlar.
Psixologik ma’lumotlarga ko’ra har qanday faoliyat muayyan motivlar 
ta’sirida vujudga keladi va yetarli shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshadi. 
Shuning uchun ta’lim jarayonida o’zlashtirish, egallash va o’rganishni amalga 
oshirishni ta’minlash uchun o’quvchilarda o’quv motivlari mavjud bo’lishi lozim.
Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o’rganishda motivlar xarakterini bilish 
va ularni o’zgartirish muammosi ahamiyatga ega. Shunday motivlardan biri turli xil 
faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo’lib, bunday nazariyaning 
asoschilari amerikalik olimlar D.Makklelland, D. Atkinson va nemis olimi 
X.Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishini 
ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi hamda 
muvaffaqiyatsizliklardan qochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli 
faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga mo’ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. 
Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan 
shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo’lsa ham yutuqka erishish ular uchun oliy 
maqsad bo’ladi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni 
amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. 
Bu yo’lda ular nafaqat o’z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar 
- tanish-bilishlar, mablag’ kabi omillardan ham foydalanadilar.


Boshqacha xulq-atvorni muvaffiqiyatsizlikdan qochish motiviga tayangan 
shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli, ishni boshlashdan 
avval nima bo’lsa ham muvafikiyatsizlikka duchor bo’lmaslikni o’ylaydilar. SHu 
tufayli ularda ko’proq ishonchsizlik, yutuqka erishishga ishonmaslik, pessimizmga 
o’xshash holat kuzatiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir 
muvaffiqiyatsizlikka uchrab, «O’zi sira omadim yurishmaydigan odamman-da» 
degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffiqiyatli 
tugatgach, ko’tarinki ruh bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, har 
qanday ishni yakunlagandan so’ng, uning natijasidan qat’iy nazar, ruhan 
tushkunlikka tushadilar va og’rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu o’rinda 
talabchanlik degan sifatning roli katta. Agar muvaffiqiyatga yo’nalgan shaxslarning 
o’zlariga nisbatan qo’ygan talablari darajasi ham yuqori bo’lsa, ikkinchi toifa 
vakillarining talablari aksincha, past bo’ladi. Bunday tashqari har birimizdagi 
o’zimizdagi real qobiliyatlar to’g’risidagi tasavvurlarimiz ham ushbu motivlarning 
faoliyatdagi o’rniga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, o’zidagi qobiliyatlarga ishongan 
shaxs hattoki, mag’lubiyatga uchrasa ham, unchalik qayg’urmaydi, keyingi safar 
hammasi yaxshi bo’lishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbeh 
yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qayg’urib boshdan kechiradi. Uning 
uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg’urish sifati ham ma’lum ma’noda 
motivlar xarakterini belgilaydi.
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va o’z-
o’ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham 
belgilaydi. Ularning har birimizda real shartsharoitlarda namoyon bo’lishini biror 
mas’uliyatli ish oldidan o’zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan 
baholasak bo’ladi. Masalan, mas’uliyatli imtixon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi 
talabalar imtixon oldidan juda qayg’uradilar, hattoki, qo’rqadilar ham. Ular uchun 
imtixon topshirish juda katta tashvishday. Boshqalar esa bu jarayonni bosiqlik bilan 
boshdan kechirib, ichidan hayajonlanayotgan bo’lsalar ham, buni boshqalarga 
bildirmaydilar. Yana uchinchi toifa kishilari umuman beg’am bo’lib, sira 
koyimaydilar. Tabiiy, shunga muvofiq tarzda, har bir toifa vakillari ishining 


muvaffaqiyati va faoliyatning samarasi turlicha bo’ladi. Bunga har bir shaxsdagi 
da’vogarlik darajasi ham ta’sir qiladi. Da’vogarlik darajasi yuqoriroq bo’lganlar 
bilganbilmaganini isbot qilishga o’rinsalar, ana shunday darajasi pastlar bor bilganini 
ham yaxshi aytib berolmay, yana o’qituvchi bilan tortishmaydilar ham.
Shuning uchun ham har birimiz ijtimoiy faoliyat motivlaridan tashqari, shaxsiy 
hislatlarimizni ham bilishimiz va ongli tarzda xulqimizni boshqara olishimiz kerak.

Yüklə 295,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin