Barglarijuft patsimon, murakkab, oval yoki teskari tuxumsimon shaklda, yashil yoki to‘q yashil yaproqlardan iborat. Barg bandi va yaprog'i tukli.
Guli bitta yoki ikki-uchtadan bo‘lib barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Rangi sariq, to‘q sariq. Guli o‘zidan changlanadi. Yeryong‘oqning yer usti poyasidagi gullaridan boshqa, poyasining yer osti qismida mayda kleystogam gullari bor. Bu gullar rangsiz, ochilmaydi. Gul urug'langandan keyin, ko‘p o‘tmay, uchi o'tkirlashgan, naycha shak- lidagi ginofor o‘sa boshlaydi. Uchida urug'langan tuguncha bo'lgan ginofor o‘sib 8—9 sm chuqurga kiradi. Tuguncha gorizontal holatda o‘sa boshlaydi, oqaradi, dukkakka aylanadi. Tuproqqa tegmay qolgan ginofor quriydi, meva hosil qilmaydi.
Mevasi — pillasimon yoki silindrsimon dukkak, bir necha joyi bu- kilgan uzunligi 2—6 sm. Rangi somonsimon, yuzasi to‘rsimon. Po‘chog‘i dukkak vaznining 25—40 % ini tashkil qiladi. Tup shaklidagi o'simlikda dukkagi ildiz atrofida g‘uj bo‘lib joylashadi, yer bag'irlab o‘sadigan shaklida tarqalib joylashadi. Dukkaklaming 1000 vazni 500—1900 g. Dukkaklar chatnamaydi. Urug‘i yumaloq, oval, cho‘zinchoq, bo‘yi 1—2 sm, och pushti, och qizil, kulrang, 1000 vazni 200-1200 g. O'rtacha 400—500 g.
Biologiyasi. Yeryong'oq — issiqsevar o‘simlik. Urug'lari 12 °C ha- roratda ko'kara boshlaydi. Maysalari —1 °C sovuqda, voyaga yetgani 2 °C da nobud bo'ladi. O‘simlikning rivojlanishi uchun eng maqbul harorat 25—28 °C. Harorat 12 °C dan pasaysa mevalar hosil bo‘lmaydi. Yangi kovlangan dukkaklarining urug'i —3 °C da unuvchanligini yo'qotadi.
Yeryong‘oq namsevar, issiqsevar qisqa kun o'simligi. Namga eng talabchan davri gullash boshlanishidan mevalar hosil bo'lishining oxid-
gacha. Bu davrda namlik yetishmasligi gullash va meva hosil bo'lishining to'xtashiga olib keladi, hosil keskin pasayadi. Ekishdan gullashgacha yeryong'oqning namga talabchanligi past, qurg'oqchilikka ham chiday oladi. Dukkaklarning pishishi bilan suvga bo‘lgan talabi kamayadi. O‘suv davri oxirida ortiqcha namlik o‘suv davrini uzaytira- di, pishishni kechiktiradi.
O‘zbekistonda yeryong‘oq unumdor, g'ovak, yaxshi ishlov berilgan, begona o'tlar bosmaydigan yerlarga joylashtiradi. Og‘ir, sho‘rxok va botqoq tuproqlar yeryong‘oq uchun yaroqsiz. Mexanik tarkibi yengil tuproqlarda yaxshi o'sadi, yuqori hosil to'playdi.
O‘sish davri navlar, agrotexnikaga bog‘liq holda 120—160 kun.