Hosilni yig‘ishtirish. Yeryong‘oq hosilining pishishi, o'simlikning sarg‘aya boshlashi, dukkaklarning toMishi, ginoforlarning oson uzilishi bilan belgilanadi. Hosil sentabr oyida pishib yetiladi. Hosil AP—70 rusumli yeryong‘oq yig‘ishtiruvchi maxsus pritsepli mashinalar bilan ikki fazali usulda yig'ishtiriladi. Dastavval o'simlik ildizlari qirqiladi, o‘simlik tuproqdan sug'urib olinadi, qoqiladi, dastalanadi va mashina- ning uch yurishida olti qator yanchiladigan qilib taxlanadi. O‘simlik kovlab olingandan keyin 3—5 kun o‘tgach, dukkaklardagi namlik 20—25 % bo'lganda hosil SK—5 kombaynlari MA—1,5 inoslamalari bilan jihozlanib, yanchib olinadi. Namlik yuqori bo‘lsa dukkaklar quri- tiladi. Namlik 8 % bo'lgan holda dukkaklar saqlanadi.
MOYLI ZIG‘IR Moyli zig‘ir muhim texnikaviy ekinlardan biri — poyasidan tola, urug'idan qimmatbaho moy olinadi. Urug'i tarkibida 30—47,8 % moy bor. Zig‘ir moyi texnikada, lak, bo'yoqlar tayyorlashda, lenoleum, klyonka, yomg'ir o'tmaydigan materiallar, sharlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Kunjarasi tarkibida 33,3 % oqsil va boshqa to'yimli moddalar saqlaydi. 100 kg kunjarasida 186 o.b. bor. To‘yimliligi yuqori. Pishib yetilmagan urug‘lar tarkibida zaharli sinil kislotasi bor. Bunday kun- jaralarni mollarga qizdirib (dimlab) berish kerak.
Zig‘ir poyalaridan sifatli qog‘oz tayyorlanadi, tola olinadi. Sershox poyalardan sifatsiz tola olinadi. Poyasidan tolaning chiqishi 10—13 %.
Kalta tolalardan arqon va dag‘al materiallar tayyorlanadi. Zig'ir poya- lari issiq saqlovchi vosita sifatida foydalanilishi mumkin. Uning to‘poni yaxshi oziqa.
Moyli zig‘ir O‘zbekiston, Ukraina, Tojikiston va Rossiyaning ay- rim viloyatlarida ekiladi. Ammo moyli zig‘ir tolali zig‘irga nisbatan kam ekiladi.
Moyli zig'ir hosildorligi tuproq-iqlim sharoitlariga ko‘ra turlicha. O‘zbekistonning lalmikor maydonlarida urug‘ hosili 4—5 s/ga, shartli sug'oriladigan yerlarda 16—20 s/ga.
Bu ekin juda qadim zamonlardan buyon Markaziy Osiyoda yetish- tirila boshlangan (g‘o‘zadan ham oldin). Vatani O‘rta dengiz sohili va Osiyo. Dunyoning hamma joyida uchraydi, sifatli tola va moy olinadi.