Mevasi — oq, tuksiz, yaltiroq, to‘rt qirrali — oval, asosiga torayib boradigan pistacha. Pistachaning po‘chog‘i qattiq, qalqonli, qalin, pista vaznining 50—60 % ini tashkil qiladi, 1000 pistacha vazni 40—50 g.
Biologik xususiyatlari.Maxsar issiqsevar, qurg‘oqchilikka chidamli, yozi quruq, qishi sovuq kontinental iqlim sharoitiga moslashgan o'simlik. U gullash va pishish fazasida issiqlikka juda talabchan bo‘ladi. Maysalari 5—6 °C sovuqqa bardosh beradi. Maxsar O'zbekiston sha- roitida kuzda ekilganda maysalari yaxshi qishlab chiqadi. Kuzda ekil- gan maxsar bahorda ekilganiga nisbatan yuqori hosil beradi.
Gullash davrida sernam, bulutli ob-havo kuzatilsa, gullar yomon changlanadi, pistachalar kam hosil bo‘ladi, savatcha chiriy boshlaydi.
Maxsar tuproqqa talabchan emas. U lalmikorlikda, sug'oriladigan mintaqadagi bo‘z, o‘tloq, o‘tloq-bo‘z tuproqlarda o‘sadi. Sho'rga chidamliligi tufayli sho‘r tuproqlarda ham o‘sa oladi. Unumdorligi yuqori, nam bilan ta’minlangan tuproqlarda yuqori hosil beradi.
Navlari. Maxsarning Milyutinskiy—114 navi O‘zbekiston «G‘alla» IICH birlashmasida yaratilgan. Tikonsiz, bo‘yi 60—70 sm, 4—5 bi- rinchi tartib shoxlari bor. Savatchasining diametri 3,0—3,5 sm, bitta
o‘simlikda 6—8 savatcha bo‘ladi. Guli zarg‘aldoq-qizil, so'liganda qi- zaradi. 1000 pistacha vazni 34—50 g.. Qisuv davri 95—120 kun, po‘chog‘ining chiqishi 41 %, tarkibida 32 % moy bor. Urug‘ va ko‘k massa hosili ynqori. Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent va boshqa viloyatlarda lalmikorlikda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Maxsarni lalmikorlikda va suvlikda yetishtirish.O‘zbekistonda max- saming Milyutinskiy—114 navi Davlat ro‘yxatidan o‘tgan va u lalmikorlikda, suvlikda o'stiriladi. Almashlab ekishlarda maxsar kuzgi g‘alla ekinlari, toza shudgor, band shudgordan keyin joylashtiriladi. Sug‘oriladigan yerlarda g‘o‘za, makkajo'xori, dukkakli don ekinlari, sabzavot ekinlaridan keyin ekilsa, yaxshi natija beradi. Maxsarning o‘zi ham boshoqli don ekinlari uchun o'tmishdosh.
Lalmikor yerlarda maxsar ekiladigan maydonlar 20—22 srn chu- qurlikda haydaladi. Sug‘oriladigan yerlarda maxsar uchun tuproq 25—27 sm chuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi. Yerni ekishga tayyor- lash erta bahorda nam saqlaydigan boronalashdan iborat.