Mavzuning dolzarbligi.
Kichkintoylarning kelajakda estetik jihatdan yetuk bo‘lishi uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy san’at va boshqa fanlar qatori boshlang‘ich musiqiy tarbiya ham sifatli berilmog‘i lozim.
Demak, tarbiyachi kichkintoylarni musiqaga oshno qilishda ta’limning turli usullaridan munosib foydalanishi kerak. Bolalar qo‘shiqlarini kichkintoylarga o‘rgatishda musiqa rahbari kasbiy malakalarga ega bo‘lib mashg‘ulotlar jarayonida bolalarni faollashtirish, mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan qilib tarbiyalashi lozim.
Chunki bolalar kuy-qo‘shiqlari, raqslari kelajakda kichkintoylarni jamiyatimizga sodiq farzandlar qilib tarbiyalashda munosib o‘rin tutadi. Albatta, estetik tarbiya berishda, kichkintoylar musiqiy madaniyatini shakllantirishda musiqaning tutgan o‘rni beqiyosligini hisobga olgan holda bitiruv malakaviy ishimiz mavzusini “Kichik yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning o’ziga xos xususiyati” deb tanladik.
Bitiruv malakaviy ishimiz maqsadi kichik yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning tutgan o’rnini tatqiq qilishdan iborat.
Tadqiqotimiz ob’yekti maktabgacha ta’lim muasasasalaridagi ta’lim jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishimiz predmeti. Maktabgach ta’lim muassasalari mashg’ulotlari jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishini bajarish davomida quyidagi vazifalarni amalga oshirishga harakat qildik:
Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy mashg‘ulotlarni olib borilishi jarayonini o‘rganish.
Kichkintoylarning estetik madaniyatini shakllantirishda musiqaning munosib o‘rniga tavsif berish.
Bolalar qo‘shiqlarini o‘rgatishga quyiladigan pedagogik talablarni tahlil qilish.
Texnologiyalar asosida bolalar qo‘shiqlarini o‘rganishning samarali tashkil etilganlik darajalarini aniqlash.
Tarbiyaviy musiqiy tadbirlar vositasida kichkintoylarni musiqiy estetik madaniyatini shakllantirishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: |