73
6,8 mln dona va Janubiy Koreyada esa, 850 ming dona avtomobil ishlab chiqariladi.
Bir km bir qatorli avtomobil yo’lini qurish uchun 56,3 ming t dizel yoqilg’isi, 4
qatorli yo’l qurish uchun 338 ming t va 1 km yo’lni ta’mirlash uchun 3,6-6,0 ming t
yoqilg’i sarflanadi.
Avtotransport vositalari 200 dan ortiq kanserogen moddalar bilan ataosfera
havosini ifloslantirmoqda. Er sharida 400 mln donadan ziyodroq
avtomobillar mavjud
bo’lib, ular har yili atmosfera havosiga 300 mln t ga yaqin zaharli moddalarni ajratib
chiqaradi. SHundan 200 mln t sini SO
2
, 50 mln t sini uglevodorodlar, 30 mln t sini azot
oksidi, qolgan qismi esa gazlar, chang va qattiq chiqindilar tashkil yetadi.
O’zbekiston Respublikasida transport vositalaridan ajralib chiqadigan
chiqindilarning miqdori 50-70% ni tashkil etmoqda. Lekin shuni alohida ta’kidlash
joizki, transport vositalaridan ajralib chiqadigan chiqindi manbalari 2 xil bo’ladi:
1. Ko’chmas CHiqindi manbalari. Masalan, mashina, traktor parklari,
avtojamlanmalar va boshqa shunga o’xshash korxonalarda yig’ilib
qoladigan chiqindi
manbalari.
2. Harakatlanuvchi chiqindi manbalari. Bu guruhda asosan harakatlanadigan
avtotrasport vositalari kiradi.
Umuman olganda, Respublikamizda ko’chmas va harakatlanuvchi chiqindi
manbalaridan 4 mln t dan ziyodroq zaharli moddalar atmosfera havosiga ajralib chiqadi.
Ularning 50% SO
2
, 15%ni uglevodorodlar, 14%ni oltingugurt oksidi, 9% ni azot oksidi,
8%ni qattiq chiqindilar va qolgan 4%ni kanserogen moddalar tashkil etmoqda.
Zaharli gazlar miqdorini kamaytirish maqsadida 1978 yildan buyon Toshkent
shahridagi avtotransport vositalarida benzin o’rniga
yoppasiga quyuqlashtirilgan
propan-butan yoqilg’isi ishlatib kelinmoqda.
Hozirgi paytda benzinda oktanlar sonini ko’paytirish maqsadida uning tarkibida
tetraetil qo’rg’oshin (S
2
N
5
)
4
RV qo’shayaptilar. Bunday benzinlarni etillangan benzin
deyiladi. YOqilg’i yonganda benzin tarkibidagi qo’rg’oshin gaz bilan birga divigatel
(motor) dan chiqib, atmosfera havosini
ifloslantiradi, tuproq va o’simliklarga qo’nadi.
Bir km
2
etillangan benzin yonganda 1g qo’rg’oshin atmosfera havosiga tarqaladi. Lekin
qo’rg’oshinning havodagi RECHK 0,0007 mg/m
2
ga teng bo’lishi kerak. Matordagi gaz
bilan aralash bo’lib chiqqan qo’rg’oshin (1g) 1 mln 400 ming m
2
havoni RECHK
darajasida ifloslantiradi.
Dostları ilə paylaş: