76
17
Ammofos
0,4
0,2
4
DAVAN 12.1007-88. ―Zararli moddalarning turlari va ularga nisbatan xavfsizlik
talablari‖da barcha zaharli hisoblangan moddalar 4 sinflarga bo’linadi:
1. O’ta xavfli zaharli moddalar. Ularning RECHKsi 0,1 mg/m
3
dan kichik
bo’ladi.
2. YUqori darajada xavfli zaharli moddalar. Ularning RECHKsi 0,1 mg/m
3
dan
1,0 g/ m
3
gacha bo’ladi.
3. O’rtacha darajada xavfli zararli moddalar. Ularning RECHKsi (1,0-10) mg/ m
3
atrofida bo’ladi.
4. Kam zararli moddalar. Ularnint RECHKsi 10 mg/ m
3
dan ortiq bo’ladi. SHuni
alohida ta’kidlash kerakki, muhandislik amaliyotida zararli moddalar ta’sirini bir onda
sezish qiyin. Masalan, azot oksidi hidsiz, rangsiz va mazasiz gaz bo’lib, uning yuqori
konsentrasiyasi yurak falajiga giriftor qilishi mumkin. YOki simob bug’lari ta’sirini bir
lahzadayoq sezib bulmaydi. Lekin u nefas olish yo’llari orqali organizmga singib borib,
jigar kasalliklarini keltirib chiqaradi. Simob bug’lari bilan zaharlanish eng og’ir kasallik
bo’lib, uning ta’sirida inson organizmi susayadi va ma’lum vaqt o’tgandan keyin ta’siri
sezila boshlaydi. Ma’lumotlarga
qaraganda, har bir kunduzgi lyuminessent yorug’lik
lampasida 150 mg simob bug’lari bo’ladi. Bitta mana shunday siniq lampa 500 ming m
2
havoni RECHK darajasida ifloslantiradi. Moskvadagi ―ZIL‖ avtomobilsozlik zavodidan
yiliga 200 ming dona lyuminessent lampalar chiqarilib tashlanadi. Xuddi mana shu
ahvol ―Buxoroteks‖ XJ da ham kuzatilmoqda.
Hozirgi paytda atmosfera havosining ifloslantiruvchi 750
tadan ziyodroq zararli
moddalar uchun ularning RECHK lari aniqlangan.
Zaharli moddalarning xavflilik darajalari ba’zi-bir hayvonot turlari (sichqon,
quyonlar)ga o’tkazilgan tajribalar asosida aniqlangan va quyidagi formula bilan
hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: