Муќаддима


Atmosfera havosining ifloslanish darajasi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/75
tarix19.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#58585
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

 
Atmosfera havosining ifloslanish darajasi 
Ifloslanish deganda, mazkur muhitda oldin uchramagan moddalarning paydo 
bo’lishi, sifat jihatidan muhitning oldingi gabiiy holatiga teng bo’lmagan holati 
tushuniladi. 
Atmosfera havosining ifloslaiishi har bir zaharli moddaning ruxsat etilgan 
chegaraviy konsentrasiya (RECHK)si bilan belgilanadi. 
Zaharli moddalar deb, mehnat faoliyati jarayonida inson sog’ligiga salbiy ta’sir 
etib ish qobiliyatini pasaytiradigan, yurak, qon, o’pka va asab tuzilmalarini buzadigan 
darajada zaharlanishini vujudga keltiruvchi moddalarga aytiladi. Ular gazsimon, suyuq 
va qattiq holatlarda bo’lishi mumkin. 
Ish joyida zararli moddalarning RECHK si deb, 8 soatlik yoki undan ko’proq vaqt 


74 
davomida, biroq haftasiga 40 soatdan oshmagan mehnat qilish jarayonida, butun :ish 
faoliyati davomida inson va undan qoladigan avlodning sog’ligiga salbiy ta’sir 
etmaydigan, ya’ni surunkali ta’siridan kelib chiqadigan kasalliklarni chiqarmaydigan 
zararsiz miqdoriga aytiladi va mg/m
2
birlikda o’lchanadi. 
Atmosfera havosining ifloslanish darajasi butun dunyo sog’likni saqlash 
tashkiloti tomonidan 4 guruhlarga bo’lingan: 
1. Atmosfera havosining zararsiz tarkibi. 
2. Kasallik ko’zg’atuvchi darajasi. 
3. Surunkali kasalliklarni keltirib chiqaruvchi darajasi. 
4. O’tkir kasalliklarni ketirib chiqaruvchi darajasi. 
Atmoefera havosi tarkibidaga zararli moddalarning RECHKsi 2 o’lchamda 
beriladi: 
1. Birdaniga maksimal RECHK. 
2. O’rtacha sutkalik RECHK. 
Birdaniga maksimal RECHK zararli moddalarning inson uchun xavfliligini 
ifodalovchi asosiy ko’rsatgich bo’lib, qisqa vaqt davomida atmosferadagi ifloslanuvchi 
moddalar ta’siridan hidni sezish, nurlarni sezish va bosh miyaning biologik faoliyatini 
o’zgarishidan ogohlantiradi. 
SHuni alohida ta’kidlash joizki, birdaniga maksimal RECHK texnologik 
jarayonlarning izdan chiqishi yoki shikastlanishi paytida atmosfera havosiga 
ko’shiladigan tashlamalar miqdorini ifodalaydi. 
O’rtacha sutkalik RECHK esa, bir sutka vaqt davomida atmosfera havosida 
mavjud bo’lgan zararli moddalarning eng kichik konsentrasiyalarini ifodalaydi. 
O’rtacha sutkalik RECHK inson organizmiga ta’sir yetadigan zaharli moddalardan
ya’ni mutagen, kanserogen va umumiy zaharlanish xususiyatiga ega bo’lgan 
moddalardan ogohlantiradi. 
Er sathida 20 min. vaqt davomida zararli moddalarning eng yuqori 
konsentrasiyalari S
max
ularning birdaniga maksimal RECHK sidan kichik bo’lishi kerak, 
ya’ni 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin