8
―Ekologiya‖ yunoncha so’z bo’lib, ―oykos‖–uy va ―logos‖–fan, ta’limot degan
ma’nolarni anglatadi. Bu atamani 1866 yilda nemis biolog-darvinist olimi Ernest
Gekkel ―Organizmlar marfologiyasining umumiy prinsiplari‖ asarida izohlab bergan
edi. E.Gekkel ―umumiy ekologiya‖ ni tirik organizmlarning atrof-muhit bilan o’zaro
aloqalarini va ta’sirini o’rganadigan fan deb, ta’riflagan edi.
Umumiy ekologiya biologiya fanining bir bo’lagi bo’lsa-da,
ammo botanika,
zoologiya nisbatan yangi fan bo’lib, u XX asrning boshlarida rivojlana boshladi.
Ekologiya tirik organizmlarning yashash sharoiti va ulariing o’zi yashab turgan
muhit bilan o’zaro murakkab munosabatlari, hamda shu asosda vujudga keladigan
qonuniyatlarni o’rganadi. Ya’ni tirik mavjudot va uning ma’lum hududiga mos
keladigan muhitlaridan iborat tizimlar tabiatini tadqiq yetadi. Bu esa ekologik tizimlar
yoki ekotizimlar deb ataladi.
Populyasiyalar, turlar, biosenozlar, biogeosenozlar va biosfera kabi tushunchalar
ekologiya fanining asosiy tushunchalari va manbalari hisoblanadi.
Shuning uchun
umumiy ekologiya 4 bo’limga bo’lib o’rganiladi.
1. Autekologiya
2. Populyasiyalar ekologiyasi
3. Sinekologiya
4. Biosfera
1. Autekologiya (―autos‖– yunoncha so’z bo’lib, ―o’zi‖ degan ma’noni bildiradi)
ayrim turlarning yashab turgan muhiti bilan o’zaro munosabatini,
turlarning qanday
muhitga ko’proq va uzviy moslashganini o’rganadi.
2. Populyasiyalar ekologiyasi (―populyasion‖– fransuzcha so’z bo’lib, ―aholi‖
degan ma’noni bildiradi) populyasiyalar tuzilmasi va dinamikasi. ma’lum sharoitda turli
organizmlar sonining o’zgarishi (biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi.
3. Sinekologiya ("sin"– yunoncha so’z bo’lib, ―birgalikda‖ degan ma’noni
bildiradi) biogeosenozning tuzilishi va xossalarini, ayrim o’simliklar va hayvonot
turlarining o’zaro aloqalarini, hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatini
o’rganadi.
4. Ekotizmlarni tadqiq qilish va ularning rivojlanishi biosfera (yunoncha ―bios‖–
hayot, ―sfera‖–shar) haqidagi ta’limotni vujudga keltirdi. Sayyoramizda tarqalgan
organizmlar, ya’ni Er qobig’idagi barcha mavjudotlar tizimi biosfera deb ataladi. Ushbu
ta’limotning asoschisi akademik V.I.Vernadskiy (1863-1945) hisoblanadi.
Ekologiya
fanining
rivojlanishiga
taniqli
olimlar
YA.N.Pavlovskiy,
V.L.Sukachev, S.I.Vavilov, K.A.Timiryazev va xususan V.I.Vernadskiy salmoqli hissa
qo’shganlar.
Ingliz olimi Ch.Darvin (1809-1885)ning ―Tirik organizmlarning
yashash uchun
kurash" qonuni ekologiya fanining negizini tashkil yetadi.
Tabiiy muhitda tirik organizmlarning issiqlikka, namlikka, bosim va qurg’oqlikka
moslanishi va turlarning bir-biri bilan o’zaro munosabatlari asosida vujudga keladigan
o’zgarishlar ushbu qonunning negizi (asosi) hisoblanadi.
Rus olimi, Moskva Davlat Universiteti professori K.F.Rul`e (1814-1858) tirik
organizmlarning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarini ―tabiat qonuni‖ yoki
―munosabat qonuni‖ deb atagan edi.
Markaziy Osiyo xalqlari qadimdan ekologik madaniyat merosiga ega. Markaziy
9
Osiyo, shuningdek O’zbekiston tabiatini, o’simliklar va hayvonot dunyosini o’rgangan
olimlar
D.N.Kashkarov,
E.P.Korovin,
T.Z.Zohidov,
A.M.Muhammadiev
va
boshqalarning ilmiy maktablari, shogirdlari bilan birga olib borilgan ilmiy-tadqiqot
ishlarining natijalari ekologiyaning yanada rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ―ekologiya‖ va ―ekonomika‖
atamalari bir
ildizli yunoncha so’zlardir. Agar ―oykos‖-uy, ro’zg’or, xo’jalik bo’lsa, ―nomos‖-qoida,
qonun demakdir. ―Ekonomika‖ (iqtisodiyot fani)–uy–ro’zg’or xo’jaligini boshqarish
san’atidir. Demak, ―ekologiya‖ fani ―iqtisodiyot‖ faniga chambarchas bog’liqdir.
Bundan tashqari, ekologiya fani fizika, matematika, kimyo, biologiya,
fiziologiya,
mineralogiya, geografiya, metrologiya, tibbiyot, huquqshunoslik va boshqa fanlar bilan
chambarchas bog’liq fandir.
Oxirgi 20-25 yil davomida insonning atrof-muhitga bevosita ta’siri tufayli
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tubdan o’zgarib, sohalar ekologiyasi (ijtimoiy ekologiya,
iqtisodiy ekologiya, suv ekologiyasi, energetika ekologiyasi, qurilish ekologiyasi, sanoat
ekologiyasi va hokazolar) vujudga keladi. Lekin ekologiya fanini o’rganmasdan, sanoat
ekologiyasini o’rganib bo’lmaydi.
―Ekologiya‖ fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Hayot jarayoni qonuniyatini o’rganish, shuningdek, insonning tabiiy tizimlarga
va biosferaga ko’rsatayotgan ta’sirini bir butun holda o’rganish.
2. Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqarish,
inson faoliyati tufayli o’zgargan tabiatdagi jarayonlar va o’zgarishlarni oldindan
bashorat qilish, ularni boshqarish va inson uchun eng qulay muhitni saqlash.
Z. Populyasiyalar sonini boshqarish, ya’ni kimyoviy moddalardan oqilona
foydalanish.
4. Ekologik-huquqiy qonun-qoidalarni o’rganish va ularga qat’iy rioya qilish.
5.
Zararli chiqindilar, ularni zararsizlantirish yoki qayta ishlov berish yo’llarini
ko’rsatish.
Dostları ilə paylaş: